link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/94/Onna_bugeisha_Ishi-jo%2C_wife_of_Oboshi_Yoshio.jpg/220px-Onna_bugeisha_Ishi-jo%2C_wife_of_Oboshi_Yoshio.jpg|thumb| Naginata tutgan Ishi-jo, rassom: Utagava Kuniyoshi Onna-musha () — hozirgi zamongacha boʻlgan Yaponiyadagi ayol jangchilarga tegishli atama. Bu ayollar samuraylar bilan birga janglarda qatnashgan. Ular feodal Yaponiyada bushi (jangchi) sinfiga mansub boʻlib, urush paytida uy xoʻjaligi, oilasi va shaʼnini himoya qilish uchun qurol ishlatishga oʻrgatilgan. Ular, shuningdek, yapon adabiyotida muhim mavqega ega, Tomoe Gozen va Hangaku Gozen onna-mushalari shular jumlasidandir. Bundan tashqari, , daimyolar urugʻ rahbarlarining xotinlari va kanizaklar haramlari hamda turar joylarining soqchilari boʻlishgan.
Kamakura davri link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/48/Tomoe-Gozen.jpg/170px-Tomoe-Gozen.jpg|thumb|Tomoe Gozen Genpey urushi (1180—1185) — Taira (Heike) va Minamoto (Genji) sulolalari oʻrtasidagi urush boʻlib, bu yaponiyalik urugʻlar Heyan davridagi eng mashhur ikki sulola hisoblanadi. „Heike haqida ertak“ dostoni XIII asr boshlarida jasur va fidoyi samuraylarning hikoyalarini xotirlash maqsadida yaratilgan. Ular orasida Minamoto sulolasidan boʻlgan Minamoto no Yoshinakaning xizmatkori Tomoe Gozen ham bor edi. U Yoshinakaga amakivachchasi Minamoto no Yoritomoning qoʻshinidan himoya qilishda yordam berdi, ayniqsa 1184-yilda Avazu jangi paytidagi uning xizmatlari beqiyosdir.
„Heike haqidagi ertak“da Tomoe Gozen shunday tasvirlangan:
Tomoe Gozen har doim ham tarixiy shaxs sifatida qayd qilinmagan. Biroq, u koʻplab jangchilar sinfiga, shu jumladan anʼanaviy Naginata maktablariga kuchli taʼsir koʻrsatdi. Uning jangdagi harakatlari Noh Tomoe pyesasi va turli xil ukiyo-e kabi sanʼat uslublarida katta eʼtiborga sazovor boʻldi. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/7/71/Hangaku_Gozen_by_Yoshitoshi.jpg/170px-Hangaku_Gozen_by_Yoshitoshi.jpg|left|thumb| Hangaku Gozen Genpei urushining yana bir mashhur ayol generali Hangaku Gozen edi. Tomoe Gozen Minamoto urugʻining ittifoqchisi boʻlsa, Hangaku Gozen Taira urugʻi bilan ittifoq tuzgan. Bu ikki taniqli ayol generalning yetishib chiqishi bu davrda ayollarning maqomi keyingi davrlarga nisbatan yuqoriroq boʻlganini tasdiqlaydi.
Oʻtgan asrlarda, ayollarning imperator taxtiga oʻtirishi odatiy hol hisoblanar edi, ammo bu kelajakda Meydzi hukmronligi paytida oʻzgaradi. Yaponiya tarixida ayollar, odatda, de-yure samuray qabilasining boshliqlariga aylanmasalar-da, bir necha hollarda de-fakto oʻz urugʻlarini boshqarganlar.
Kansler Toin Kinkata (1291—1360) oʻzining Entairyaku (園太暦) jurnalida, asosan otliq qoʻshinlar haqida eslatib oʻtadi, ammo qoʻshimcha izohlar berilmaydi. Cheklangan tafsilotlar bilan u shunday xulosaga keladi: „Ayol otliqlar juda koʻp boʻlgan“. Uning taʼkidlashicha, ayol jangchilar Yaponiyaning gʻarbiy qismidan kelgan, ehtimol, katta poytaxt shaharlardan uzoqda joylashgan gʻarbiy viloyat ayollari janglarda koʻproq qatnashgan boʻlishlari ham mumkin. Sengoku davrida (taxminan 1467 — 1600-yillar) otliq qoʻshinlarni tashkil etgan ayollar haqida ham maʼlumotlar koʻrsatib oʻtilgan.
Sengoku davri Ashikaga syogunligi davridagi keskinlik tufayli Yaponiyada yana urush boshlandi. 1460-yilda syogun Ashikaga Yoshimasa ukasi Ashikaga Yoshimiga foydasiga oʻz lavozimidan voz kechganida, Hino Tomiko (Yoshimasaning rafiqasi) bu qarorga keskin qarshilik qildi. Hino Tomiko Yamana Sozen va boshqa kuchli samuray sulolalarining rahbarlarini qoʻllab-quvvatlab, oʻgʻli tugʻilguniga qadar noib sifatida hukmronlik qilish uchun siyosiy va harbiy yordam soʻradi. Keyinchalik, Yoshimasa va uning tarafdorlariga, ayniqsa Hosokava urugʻiga qarshi urush boshladi. Vorislik uchun kechgan bu janglar Onin urushiga (1467—1477) sabab boʻldi va Sengoku davrining boshlanishiga olib keldi. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/e/ef/%E5%B0%8F%E6%9D%BE%E5%A7%AB.jpg/170px-%E5%B0%8F%E6%9D%BE%E5%A7%AB.jpg|thumb| Komatsuxime Ueda qamalida jang qilgan va Numata qal’asining kirish qismida Sanada Masayuki bilan kurashgan deb ishonilgan. Azuchi-Momoyama davrida, bir necha ishlarni Daimyo oʻz zimmasiga olgan. Hudud uchun boʻlgan kurashlarda Ikko-ikki, Ikko-shu, Saika Ikki va boshqa Ikki mazhabga mansub zodagon urugʻlarning ayollari va hatto dehqon ayollari ham jang maydonlariga borishgan. 1569-yilda gʻarbiy Yaponiyadan boʻlgan Mori oilasi askarlari jangda qatnashmagani sababli, uning rafiqasi Ichikava no Tsubone qurolli ayollar guruhi bilan Konomine qal’asini himoya qilish uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oldi. Daimyoning oʻziga xos qal’asi boʻlgan Yamashiroga (山城) qilingan hujumlar ayollarga mudofaa bilan shugʻullanishlari va agar qal’a magʻlubiyatga uchrasa, qurbonlik qilishlari uchun koʻplab imkoniyatlarni taqdim etdi.
Yaponiya Toyotomi Hideyoshi tomonidan birlashtirilgunga qadar ayollar janglarda ishtirok etganlar. 1591-yilda bir necha ayollar Kunohe qoʻzgʻolonida yonayotgan Kunohe qal’asini himoya qildilar. Hideyoshining oʻlimidan soʻng, uning kanizaki Yodo-dono Toyotomi urugʻining de-fakto rahbarligini oʻz zimmasiga oldi va 1614-yilda u va oʻgʻli Hideyori Tokugava syogunatiga qarshi kurashdilar. 1615-yilda Tokugva Ieyasu yana Osaka qal’asiga hujum qilganda, Yodo-dono va oʻgʻli Osaka qal’asi alangasi ichiga kirib, oʻz jonlariga qasd qilishdi. Yonayotgan qal’a ichida oʻz joniga qasd qilish samuray sinfidagi ayol uchun sodiqlikning soʻnggi harakati hisoblanar edi.
Ayollarning janglarda ishtirok etishiga dalillar Sengoku davrida ayollarning jang maydonida faol kurashganligi haqida bir nechta maʼlumotlar mavjud. Masalan, Oshi qamalida (1590) Toyotomi urugʻiga qarshi kurashgan 3000 Shimazu askarlarini Myorin, Kaihime, Nikaido sulolalarining vakillik rahbariga aylangan va jiyani Date Masamunega qarshi turli janglarda qatnashgan Onamihime hamda 76 yoshigacha jang qilib mashhurlikka erishgan, „Nizoli davlatlardagi eng kuchli ayol“ nomini olgan Akai Teruko ilhomlantirgan. Ohori Tsuruhime jangdagi muvaffaqiyatlari sababli „Yaponiyalik Jeanne d’Ark“ deb atala boshlandi va bu uni Yaponiya tarixidagi eng taniqli ayol jangchilardan biri ekanligini tasdiqlaydi.
Yapon ayollari faqat xotin va ona boʻlish uchun oʻqitilgan. Garchi koʻpchilik ayollar siyosat, jang sanʼati va diplomatiya haqida bilishsa-da, ularga sulola rahbariyatida muvaffaqiyat qozonishga imkoniyat berilmagan. Biroq, ayrim istisnolar mavjud edi. Jumladan, Ii Naotora oʻz oilasining barcha erkaklari vafot etganidan keyin sulola rahbariyatini oʻz qoʻliga oldi; u yetakchi sifatidagi saʼy-harakatlari sababli daimyoga aylandi. Oʻsha davrda oʻz urugʻlar orasida katta siyosiy mavqega ega boʻlgan koʻplab zodagon ayollar ham boʻlib, hatto ular de-fakto yetakchisi boʻlishgan. Onna Daimyo (ayol lordlar) sifatida tanilgan ayollarning eng mashhur vakillari — Jukei-ni va Toshoindir. Bu ikki ayol ham merosxoʻr hisoblanmagan boʻlsalar-da, uzoq vaqt davomida oʻz hududlarida hukmdor sifatida faoliyat olib borishgan.
XVI asrda faqat ayollardan iborat jangovar boʻlinmalar mavjud boʻlib, shulardan biri Shizugatake va Komaki-Nagakute janglarida 200 nafar jangchi ayolni (Teppo birligi) boshqargan Ikeda Sen ayollar boʻlinmalari hisoblanadi. Otazu no kata 18 ta qurolli xizmatkori bilan birga Tokugava Ieyasu qoʻshinlariga qarshi jang qilgan. Ueno Tsuruhime oʻttiz toʻrt ayolni Mori armiyasiga qarshi kurashda boshqargan. Tachibana urugʻining rahbari Tachibana Ginchiyo ayol jangchilari bilan Kyushu yurishida (1586) ishtirok etgan va Yanagava qamalida (1600) Sharqiy armiyaning oldinga siljishiga oʻz jamoasi bilan birgalikda qarshilik koʻrsatgan.
1580-yilda Bessho urugʻidan boʻlgan yana bir onna-musha Miki qamalida Toyotomi Hideyoshiga qarshi qoʻzgʻolonga qoʻshildi. Uning turmush oʻrtogʻi Bessho Yoshichika qoʻzgʻolon rahbarlaridan biri boʻlgan va qamal paytida u asosiy rolni oʻynagan, Bessho Yoshichika Mori urugʻi bilan ittifoq qilgan. Qoʻzgʻolon uch yil, Bessho Nagaharu qal’ani Toyotomi Hideyoshiga topshirguncha davom etdi. Bessho xonim koʻp oʻtmay oʻz joniga qasd qildi. 1582-yilda Oda Nobunaga Tenmokuzan jangi deb nomlanuvchi bir qator janglarda Takeda urugʻiga qarshi soʻnggi hujumni boshladi. Oda Nobutada (Oda Nobunaganing oʻgʻli) Takato qal’asini qamal qilish paytida, 3000 nafar Takeda ittifoqchilariga qarshi kurashda 50 000 askarlik qoʻshinga rahbarlik qilgan. Ushbu jang paytida Oda urugʻiga qarashli Shincho yilnomalarida, Suva urugʻidan boʻlgan onna-musha Nobutadaning kuchlariga qarshi chiqqani qayd etilgan. left|thumb| Yoshitsunening Horikavadagi qarorgohiga tungi hujumda ayollar va erkaklar, XVI asr (Yaponiya) Bu davrda ayol ninza (kunoichi) mavjudligi qayd etilgan. Ularning mashgʻulotlari erkak ninzanikidan farq qilardi, ular taijutsu, kenjutsu, ninjutsu boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazganlari uchun ham erkak ninzalar bilan ayrim umumiy jihatlarga ega edilarThomas A. Green, Martial Arts of the World (2001), p. 671..
Tarixiy yozuvlarda qayd etilganidan koʻra koʻproq ayollar janglarda qatnashgan deb ishoniladi. Misol uchun, 1580-yilda Takeda Katsuyori va Hojo Ujinao oʻrtasidagi Senbon Matsubaru jangi vaqtida dafn etilgan 150 ta jasad DNK tekshiruvidan oʻtkazilganda, ularning 35 nafari ayol ekanligini aniqlandi. Boshqa qazishmalar qal’alardan uzoqda, janglar boʻlgan joylarda olib borildi. Yapon arxeologi Suzuki Hiroatsuning tushuntirishicha, qasr qamal qilingan hududlarda ayollar yoki bolalarning suyaklarini topilishi odatiy hol boʻlsa-da, ular odatda mudofaa ishlarida ishtirok etgan boʻlishlari mumkin, hamda, Senbon Matsubaru mazkur hududida qal’aning yoʻqligi Suzuki Hiroatsuni „bu ayollar ushbu hududga jang qilish uchun kelgan va ular armiyaning bir qismi boʻlishgan“ degan xulosaga kelishiga sabab boʻldi. Ushbu tadqiqotlarga koʻra, qal’a hududidan uzoqroq masofada topilgan jangovar jasadlarning 30 % ayollarniki edi. Yaponiyadagi boshqa jangovar maydonlarda olib borilgan qazishmalar ham xuddi shunday natija koʻrsatdi. Stephen Turnbullning soʻzlariga koʻra, qazish ishlarining tafsilotlari onna-mushalar jang maydonida albatta boʻlganini tasdiqlaydi.
Edo davri va undan keyingi holat
Edo davrida neo-konfutsiychilik (1600—1868) taʼsiri tufayli onna-mushaning maqomi sezilarli darajada pasaydi. Onna-mushaning vazifasi erlarining lavozimiga qarab oʻzgargan. Samuraylar endi janglar va urushlarda ishtirok etmay qoʻydi, balki byurokratga aylandi. Ayollar, xususan, koʻpchilik yuqori sinf xonadonlarining qizlari, tez orada muvaffaqiyatga erishish va kuchli jangchi onna-musha boʻlish singari orzularidan voz kechdilar. Mardlik, sadoqat va fidoyilik bilan gʻururlangan qahramonlar asta-sekin sokin, passiv, fuqarolik itoatkorligini asosiy xususiyat qilib oldi.
Edo davrida ayollar sayohati koʻplab cheklovlar sabali ayniqsa ayol samuraylarga nisbatan qoʻyiladigan qattiq talablar tufayli noroziliklarga sabab boʻldi. Ularga har doim erkak hamroh boʻlishi kerak edi, chunki ular yolgʻiz sayohat qilishlari mumkin boʻlmagan. Bundan tashqari, ular oʻz tadbirkorlik faoliyatlarini yoʻlga qoʻyish uchun maxsus ruxsatnomaga ega boʻlishlari ham talab etilgan. Samuray ayollar, shuningdek, tekshiruv punktlarini boshqargan amaldorlar tomonidan koʻp tazyiqlarga uchraganlar. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/f7/Japanese_Swordswoman.jpg/170px-Japanese_Swordswoman.jpg|left|thumb| Kenjutsu amaliyotchisi (Qilichboz) duelda XVII asrning boshlanishida Yaponiyada ayollarning ijtimoiy sohalarga qabul qilinishida sezilarli oʻzgarishlar yuz berdi. Koʻpgina samuraylar ayollarga faqat bola tugʻuvchi sifatida qaragan, ayolning urushda munosib hamroh boʻlishi tushunchasi esa aqlga sigʻmas holat hisoblangan.