Umida Abdullaeva (1997-yil 12-iyulda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik taekvondochi. U 2017-yili Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida oʻtkazilgan Islom birdamlik oʻyinlarida ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan 62 kilogramm vazn toifasidagi musobaqada kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan 2014-yil Xitoyning Nankin shahrida boʻlib oʻtgan yozgi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlarda +63 kg bellashuvda kumush medalni qoʻlga kiritgan. Shu yili 2014-yilgi Osiyo oʻyinlarida ayollar oʻrtasida 73 kg vazn toifasida Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi. Mazkur musobaqada u ilk uchrashuvni qozogʻistonlik Feruza Yergeshovaga qarshi kurashadi, navbatdagi bahsda kambodjalik Sorn Seavmeyga qarshi bahsda esa magʻlubiyatga uchraydi.
Bundan tashqari, 2017-yili Turkmanistonning Ashxobod shahrida oʻtkazilgan Yopiq inshootlardagi va jang san’atlari boʻyicha Osiyo oʻyinlarida ayollar oʻrtasida 62 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan.
Manbalar
Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2014-yilgi Osiyo oʻyinlari taekvondochilari Turkum:Oʻzbekistonlik ayol taekvondochilar