Gabrielle George (; 1997-yil 2-fevralda tugʻilgan) — ingliz futbolchi, „Everton“ himoyachisi.....
Klublardagi faoliyati
Ilk faoliyati George toʻqqiz yoshida oʻgʻil bolalar bilan futbol oʻynay boshladi.. Yoshligining koʻp qismini Blackpool Girls va Manchester United bilan oʻtkazdi...
Everton George oʻzining proffesional faoliyatini 2014-yilda Everton LFCda boshlagan.. 2014-yil aprel oyida u Notts Countyga qarshi oʻyinda jamoada debyut qildi, mavsumda „koʻklar“ safida 14 oʻyin oʻtkazdi, shu jumladan atigi 17 yoshda boʻlishiga qaramay 2014-yilgi Angliya ayollar kubogi finalida ham qatnashdi.. Oʻsha yili u „Everton“ga oldingi chempion Liverpool LFCni 2:0 hisobida magʻlub etishga yordam berganidan soʻng, Angliya Ayollar kubogi oltinchi turining „Tur oʻyinchisi“ deb topildi.. Yarim finalda „Notts County“ni 2:1 hisobida magʻlub etgan.. „Everton“ finalda 15 000 dan ortiq muxlislari koʻz oʻngida „Arsenal“ ayollariga 2:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.. George 2017-yilda „Everton“ning birinchi professional futbolchisi sifatida ikki yillik shartnoma imzolaganida klub tarixiga kirdi..
Terma jamoalardagi faoliyati George Angliyani U-17, U-19, U-20 va U-21 toifalarida himoya qilgan, bitta U-20 Jahon chempionati va ikkita Yevropa finalida oʻynagan...
2017-yilda George 2017-yilda AQShda boʻlib oʻtgan SheBelieves kubogi uchun kattalar jamoasiga birinchi chaqiruvni oldi.. 2018-yilning 4-sentabr kuni Jahon chempionati saralashida Qozogʻistonga qarshi oʻyinda (6:0) debyut qilgan..
Shaxsiy hayoti Georgening amakivachchasi Jessi Lingard „Nottingem Forest“ va Angliya terma jamoasida oʻynaydi..
Yutuqlari Everton
Ayollar oʻrtasidagi Angliya kubogi gʻolibi : 2014-yil FA WSL 2 gʻoliblari: 2017-yil
Individual
North West Rising Star: 2015.. Ayollar kubogining eng yaxshi oʻyinchisi: 2014..
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik ayol futbolchilar