Lisa i zayats (; ) — Yuriy Norshteyn tomonidan suratga olingan sovet animatsion filmi.

thumb|Tulki Quyonning uyini moʻljalga olgan lavha thumb|Tulki Quyonni haydab, oʻzi uyiga joylashgan lavha

Syujeti Qish. Tulki va quyon oʻrmonda yashaydi. Birinchisi „muz kulbasida“, ikkinchisi — „yogʻoch kulba“ da yashaydi. Tulki kulbasi chiroyli, lekin u bahorda kun issib ketishi bilan erib ketadi. Shuning uchun Tulki quyonning uyini tortib olishga qaror qiladi. Jismoniy kuchdagi ustunligidan foydalanib, u hech qanday qiyinchiliksiz Quyondan uyini tortib oladi. Uysiz qolgan Quyon „toʻrt tomoni katta koʻcha“ boʻlib otirganida Boʻrini uchratadi. Boʻri kutilmaganda quyonning ahvolini tushunib, unga bosqinchini quvib chiqarishda yordam berishga qaror qiladi. Ammo tulki ogʻzaki tahdidlar yordamida Boʻrini ham haydab chiqaradi.

Keyin Quyon Ayiq bilan uchrashganda ham voqea takrorlanadi.

Quyonga keyingi yordamni Buqa berishga harakat qiladi. Lekin Buqaning urinishlari ham muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi.

Shundan keyin Quyon Xoʻroz bilan uchrashadi. Xoʻroz ham Tulki bosqinchini quvib chiqarish uchun urinadi. U oʻzining shijoati va jasoratidan foydalanib buning uddasidan chiqadi va Tulkini haydab chiqaradi. Quyon Xoʻrozni oʻzi bilan yashashga taklif etadi va ular hayotlarini birga davom ettiradilar.

Yaratilishi Lisa i zayats multfilmi rejissor Yuriy Norshteyn va uning rafiqasi rassom Francheska Yarbusova oʻrtasidagi birinchi hamkorlik natijasida yaratilgan edi. Francheska Yarbusova „Animatsiya olami yoki dunyo animatsiyasi“ dasturida filmning taqdim etilishini shunday esladi: Lisa i zayatsni birinchi marta nashr etilishida „quyonning yahudiylarning gʻamgin koʻzlari bor“ligini bahona qilib qabul qilishmadi""Mir animatsii ili animatsiya mira", avtor Irina Margolina, studiya F. A. F., 2002 god.. thumb|Lisa i zayats multfilim qahramonlari aks etgan pochta markasi Muallif tomonidan matnni Viktor Xoxryakov oʻqigan.

Mukofotlari 1974-yil — Zagrebdagi II Xalqaro animatsion filmlar festivali (Yugoslaviya) — eng yaxshi bolalar filmi uchun birinchi mukofot va Zagrebdagi maxsus mukofot; 1974-yil — Bokudagi VII Butunittifoq kinofestivali — Multfilmlar boʻlimida birinchi mukofot

Manbalar

Turkum:1973-yil filmlari Turkum:1973-yil multfilmlari Turkum:Sovet Ittifoqi filmlari Turkum:Sovet Ittifoqi animatsion filmlari Turkum:Rus tilidagi filmlar Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar