Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Samarqand sammiti — 2022-yilning 15–16-sentyabr kunlari tashkilotga aʼzo davlat rahbarlarining Samarqandda boʻlib oʻtgan sammitihttps://sco-summit2022.uz/uz-Latn/documentshttps://kun.uz/ru/news/2019/01/09/samarkand-podgotovyat-k-sammitu-shos-v-2022-godu. Ushbu sammit tashkilot qayta tashkil qilingandan beri tartib boʻyicha 22-yigʻilish boʻldi.
Tarixi thumb|250px|Prezidentlar ShHTning Samarqand sammiti Oʻzbekistonda oʻtkazilgan bu kabi tadbirlarning toʻrtinchisi boʻldi. Bundan avvalgilari 2004-, 2010- va 2016-yillarda Toshkentda boʻlib oʻtgan. Samarqand sammit mezbonligini qabul qilgan 15-shahar boʻldi. Har yili bir marta ShHTga aʼzo davlatlar rahbarlari yigʻilishi oʻtkazilib kelinadi. Lekin pandemiya sababli 2020- va 2021-yillardagi sammitlar onlayn tarzda boʻlgan edi. 15-16-sentyabr kunlari prezidentlar Samarqand sammitida uch yil deganda ilk marta yuzma-yuz koʻrishishdi va unda 40 dan ortiq hujjat imzolandi. Yakunda Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi va tashkilot raisi maqomi Oʻzbekistondan ilk marta Hindistonga oʻtdi.
Sammitga tayyorgarlik Invetitsiyalar davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Laziz Qudratov Xalqaro press-klub yigʻilishida ShHTning 2022-yilgi sammiti Samarqand shahrida oʻtkazilishi haqida aytib, shunday degan edi:
„Samarkand City“ turistik zonasi va sammit oʻtkaziladigan obyektlarni joylashtirish boʻyicha Samarqand shahar bosh rejasi kontseptsiyasini ishlab chiqish bilan „China Construction Engineering Design Group Corporation Ltd.“ arxitektura-loyiha kompaniyasi shugʻullangan. Sammitga tayyorgarlik doirasida Samarqandda yangi aeroport, 8 ta yangi mehmonxona va Xalqaro turizm markazi qurildi.
Sammit Samarqand tumani va Toyloq tumani oʻrtasida joylashgan sayyohlik markazida boʻlib oʻtdi.
Avtoraqamlar Sammitda xizmat qiluvchi avtomobillar uchun vaqtinchalik SSS va SSP seriyali maxsus avtoraqamlar joriy etilib, ushbu avtoraqamlaridagi avtomobilning qaysi hududga mansubligini bildiruvchi raqamlar oʻrniga ShHT emblemasi tushirilganПрезидент мақоласи, тадбирга тайёр шаҳар ва махсус авторақамлар — ШҲТ кундалиги. Shuningdek, ShHTning inglizcha qisqartmasi boʻlmish — SCO seriyali, koʻk fonli avtoraqamlar ham chiqarildi. Davlat rahbarlari harakatlanadigan avtomobillar uchun esa SCO VIP seriyali, yashil fonli avtoraqamlar chiqarildi.
Qatnashchilar
+ Davlat rahbarlari: FISh Lavozim DavlatShavkat Mirziyoyev prezident Vladimir Putinhttps://kun.uz/uz/news/2022/09/06/putin-samarqanddagi-shht-sammitida-ishtirok-etadi prezident Si Tszinpinrais Narendra Modi bosh vazir Shahboz Sharif bosh vazir Qosim-Joʻmart Toʻqayev prezident Sadir Japarov prezident Imomali Rahmon prezident Aleksandr Lukashenko prezident Ibrohim Raisiy prezident Uxnaagiyn Xurelsux prezident Rajab Toyyib Erdoʻgʻan prezident Ilhom Aliyev prezident Serdar Berdimuhamedov prezident
Xalqaro tashkilotlar BMT BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi; YuNeSKO; MDH; Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT); Yevroosiyo iqtisodiy kengashi; Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengash; Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti; Arab davlatlari ligasi.
Qatnashmaganlar Ushbu sammitda Afgʻoniston vakillari qatnashmayotgani haqida ShHTning Oʻzbekistondan milliy koordinatori Rahmatulla Nurimbetov jurnalistlarga quyidagilarni maʼlum qildi:
Shuningdek, «Sputnik Armaniston» 13-sentyabrga oʻtar kechasi Armaniston va Ozarbayjon chegaradagi vaziyat keskinlashgani tufayli Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ShHTning 15-16-sentyabr kunlari Samarqandda boʻlib oʻtadigan sammitida qatnashmasligi haqida xabar berdi.
Sammitga tashriflar +ShHtning Samarqand sammitiga tashriflar jadvaliTashrif sanasiDavlat rahbariKutib oldi14.09.2022 Uxnaagiyn Xurelsux Abdulla Aripov14.09.202223px Rosemary DiCarlo?14.09.2022 Ibrohim Raisiy?14.09.2022 Xi Jinping Shavkat Mirziyoyev14.09.2022 Sadir Japarov Abdulla Aripov15.09.2022 Emomali Rahmon Abdulla Aripov15.09.2022 Serdar Berdimuhamedov Abdulla Aripov15.09.2022 Vladimir Putin Abdulla Aripov15.09.2022 Shahboz Sharif Abdulla Aripov15.09.2022 Aleksandr Lukashenko Abdulla Aripov15.09.2022 Ilhom Aliyev Abdulla Aripov15.09.2022 Recep Tayyip Erdoğan Abdulla Aripov Hazrati Xizr majmuasida ziyorat Lukoshenko Belarus prezidentiga ushbu majmua tarixi tanishtirildi.
Kechki tadbirlar Davlat rahbarlari Kongress markazi yonidagi maydonda daraxt ekish marosimida qatnashdilar. Davlat rahbarlari «Boqiy shahar» majmuasida sayr qilishdi.
Rahbarlar uchrashuvi Mirziyoyev va Xurelsux 14-sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Samarqandda ShHTning navbatdagi sammitida ishtirok etish uchun kelgan Moʻgʻuliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuv yakunida ikki mamlakat oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish boʻyicha «yoʻl xaritasi»ni qabul qilishga kelishib olindi. Mirziyoyev va DiKarlo Shuningdek, shu kuni Shavkat Mirziyoyev ShHTning sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga kelgan BMT bosh kotibining siyosiy masalalar va tinchlikni barpo etish boʻyicha oʻrinbosari Rozmari DiKarlo bilan uchrashdi.
Rozmari DiKarlo Mirziyoyevga BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning salomini yetkazdi va u 2022-2026 yillarda Yangi Oʻzbekistonni rivojlantirish strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarni qoʻllab-quvvatlashini bildirib oʻtdi. Uchrashuv soʻngida tomonlar Orol dengizi halokati oqibatlarini kamaytirish, Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish, Markaziy Osiyoda barqaror taraqqiyotni ilgari surish va oʻzaro bogʻliqlikni mustahkamlash borasidagi hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldilar.
Mirziyoyev va Raisiy
Samarqanddagi Kongress markazida prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Eron Islom Respublikasi prezidenti Ibrohim Raisiyning uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda prezidentlar ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va madaniy-gumanitar sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Afgʻoniston masalasi boʻyicha ham fikr almashildi. Ibrohim Raisiy Oʻzbekiston prezidentini oʻzi uchun qulay vaqtda javob tashrifi bilan Eronga borishga taklif etdi. Uchrashuv yakunida 18 ta hujjat imzolandi. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron prezidenti Ibrohim Raisiy Qoʻshma bayonot imzoladi.
Muzokaralar yakunida ikki tomonlama imzolangan bitim va memorandumlardi:
Ishbilarmonlik va ilmiy doiralar vakillari hamda sayyohlik guruhlari uchun viza tartibotlarini soddalashtirish toʻgʻrisida bitim; Diplomatik pasportlar egalarini viza talablaridan ikki tomonlama ozod etish toʻgʻrisida bitim; 2022-2025 yillarda turizm sohasidagi hamkorlik dasturi; Fan, texnika va innovatsiya sohalarida oʻzaro anglashuv toʻgʻrisida memorandum; Bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarining harakati toʻgʻrisida elektron bojxona axborotini almashish toʻgʻrisida memorandum; E-TIRga oid elektron axborotni almashish toʻgʻrisida memorandum; Fan, tadqiqotlar, ta’lim va texnologiyalar sohalarida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum; qishloq xoʻjaligi vazirliklari oʻrtasidagi bitim; Sogʻliqni saqlash, davolash, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, ta’lim, farmatsevtika va tibbiy uskunalar sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida memorandum; Sport sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida memorandum; Neft, gaz va neft-kimyo tarmoqlaridagi hamkorlik toʻgʻrisida memorandum; «Chobahor» porti orqali xalqaro yuk tashishlar va tranzitni amalga oshirish toʻgʻrisida memorandum; 2022-2024 yillarda tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi hamkorlik dasturi; Bandlik va mehnat munosabatlari masalalari boʻyicha memorandum.
Mirziyoyev va Jingping
15-sentyabr kuni Kongress markazida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy raisi Si Jinpingning uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Mintaqa taraqqiyoti va transport jihatidan oʻzaro bogʻliqligi uchun strategik ahamiyatga ega “Xitoy – Qirgʻiziston –Oʻzbekiston” temiryoʻli qurilishini boshlash toʻgʻrisida kelishuvga erishilgani qayd etildi. Gumanitar hamkorlik, sogʻliqni saqlash, vaksinalar ishlab chiqarish, fan, taʼlim va madaniyat sohalaridagi qoʻshma dasturlarni kengaytirish masalalariga ham toʻxtalib oʻtildi. 2023-yilda oʻzaro doʻstlik va anglashuvni yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan «Oʻzbekiston va Xitoy xalqlari madaniyati va sanʼati yili»ni oʻtkazishga kelishib olindi. Uchrashuv yakunida umumiy qiymati 15 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Muzokaralar yakunida Si Jinping Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni javob tashrifi bilan Xitoyga borishga taklif etdi.
Shundan soʻng Xitoy raisi Si Jinpingga Oʻzbekistonning oliy davlat mukofoti — «Oliy Darajali Doʻstlik» ordenini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Xitoy raisi ushbu ordeniga sazovor boʻlgan birinchi xorijiy davlat rahbari boʻldi.
Ushbu tadbirlar tugagach ikki rahbar Samarqanddagi «Buyuk ipak yoʻli» xalqaro turizm markazi bogʻida birgalikda daraxt ekishdi.
Mirziyoyev va Sharif Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHT sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga kelgan Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashuv oʻtkazdi. Shahboz Sharif samimiy qabul tashakkur izhor etdi.
Raxbarlar ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va transport-tranzit sohasidagi hamkorlik, logistika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga eʼtibor qaratishdi. Transafgʻon temir yoʻli loyihasini tezlashtirish, savdo uchun toʻsiqlarni bartaraf etish, tovarlarni oʻzaro yetkazib berish masalalarini batafsil koʻrib chiqildi. Mirziyoyev va Aliyev 15-sentyabr kuni prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHT sammitida faxriy mehmon sifatida ishtirok etish uchun Samarqandga kelgan Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda Oʻzbekiston-Ozarboyjon strategik sheriklik va amaliy hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash asosiy vazifalari batafsil koʻrib chiqildi. Samarqanddagi Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti kun tartibi kelishib olindi. Mirziyoyev va Rahmon 15-sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan muzokara oʻtkazdi. Prezidentlar ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil kengayib, mustahkamlanayotganini qayd etishdi. Davlat rahbarlari mamlakatlar va butun mintaqa manfaatlariga javob beruvchi loyiha — «Yavon» GESni barpo etish boʻyicha ishlar boshlangani muhim ahamiyat kasb etishini takidlashdi, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashishdi. Mirziyoyev va Lukashenko Oʻzbekiston prezidenti 15-sentyabr kuni ShHT sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga kelgan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan ham uchrashuv oʻtkazdi. Eʼtiborlisi Lukoshenko ushbu uchrashuvga galustuk taqmagan holda keldi. Lukoshenko Belarusni ushbu nufuzli xalqaro tuzilmaga qabul qilish tartibotini boshlash masalasini qoʻllab-quvvatlagani uchun Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi.
Tomonlar ikki mamlakatda savdo uylari va logistika markazlari tarmogʻini kengaytirish, oziq-ovqatni tezlashtirilgan tarzda yetkazib berish boʻyicha «Agroekspress» loyihasini ishga tushirish, tovarlar kelib chiqishini sertifikatlashtirish boʻyicha elektron tizimni joriy qilishga kelishib oldilar.
Oʻzbekiston va Belarus rahbarlari mashinasozlik, agrosanoat, kimyo, farmatsevtika va elektrotexnika tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasi boʻyicha oʻzaro manfaatli sheriklikni ilgari surish zarurligini qayd etib, davlatlar hududlari salohiyatidan samarali foydalanish muhimligi taʼkidladilar. Mirziyoyev Oʻzbekistonda ikkinchi hududlararo forumni oʻtkazishni taklif qildi.
Mirziyoyev va Berdimuhamedov