eSolntsevskaya Bratva Solntsevskaya uyushgan jinoyatchilik guruhi (), shuningdek, Solntsevskaya Bratva ()nomi bilan ham tanilgan). Rossiyadagi jinoiy sindikat guruhidir.

Nomning boshqa soddalashtirilgan versiyalari — Solntsevskaya birodarligi va Solntsevskaya toʻdasi. Guruh oddiy jinoiy guruh emas, balki yaxshigina tashkil etilgan jinoiy tashkilotdir.

Qudratga kelishi Solntsevskaya toʻdasi 1980-yillarning oxirida firibgarlik uchun qamoq jazosini oʻtagan sobiq ofitsiant Sergey Mixaylov tomonidan tashkil etilgan. Moskvaning Solntsevo tumanida joylashgan jinoiy toʻda mahalliy ishsiz, tajovuzkor yigitlarni oʻz jinoiy guruhiga, toʻda aʼzosi sifatida yollagan. Shuningdek, oʻgʻri Dzhemal Khachidzedan foydalanib, oʻz obroʻsini mustahkamlagan jinoyatchilar orasida obroʻ orttirgan. Ushbu toʻda Solntsevo tumani, shuningdek, strategik jihatdan Ukrainaga olib boruvchi M3 avtomagistrali, MKAD, Moskva halqa yoʻli, shuningdek, Vnukovo xalqaro aeroporti yaqinida joylashgan edi. Ushbu transport markazlarini nazorat qilish Solntsevo guruhiga avtomobillarni import qilish biznesiga kirishish imkoniyatini yaratdi.McMafia: A Journey Through the Global Criminal Underworld — Misha Glenny Ammo 1990-yillarning boshlariga kelib, Solntsevoning hukmronligiga chechen mafiyasi qarshi chiqdi. Orexovskaya toʻdasi va boshqa slavyan toʻdalari bilan birgalikda Solntsevo toʻdasi, chechenlarni quvib chiqarish uchun oʻzaro ittifoq tuzdi.Khlebnikov P.; Conversation with a Barbarian: Interviews with a Chechen Field Commander on Banditry and Islam — Moscow, Detekiv-Press, 2003 Toʻdalar oʻrtasidagi urush koʻplab qurbonlar keltirdi. Jumladan, Qozogʻiston kinoteatrida yuz bergan otishmada olti chechen va toʻrt rossiyalik halok boʻldi.Paul Khlebnikov — Godfather of the Kremlin Sovet Ittifoqi parchalanganidan soʻng, toʻda siyosatchilar bilan oʻzaro yaqin aloqa oʻrnatish orqali oʻzlarini kuchaytirish uchun tartibsizliklardan foydalangan. Ular endi oʻz manfaati uchun Rossiya davlatiga taʼsir oʻtkaza olish darajasiga yetgan edilar. Shuningdek, ular pul yuvish uchun bir nechta qonuniy korxonalarni, jumladan banklarni, kazinolarni va hatto Vnukovo aeroportini ham sotib oldilar.

Jinoiy guruh bir paytlar jinoiy tashkilotchi Semion Mogilevich bilan aloqador boʻlib, ular orqali pul yuvishgan. Biroq 1995-yilda Pragadagi mehmonxonada Mixaylov hamda oʻzbek narkotrafikchisi Gʻofur Rahimov ishtirok etgan ziyofatda Chexiya politsiyasi binoni bosadi va ulardan Mogilevichni mojarodan keyin oʻsha yerda oʻldirishni rejalashtirayotgani haqida maʼlumot olinadi. Ikkala guruhning niyatlari haqida oldindan maʼlumotga ega boʻlgan Mogilevichning oʻzi hech qayerda yoʻq edi.„The Billion Dollar Don“ (Transcript of BBC Panorama documentary which cites Mikhailov and Solntsevskaya in association with Mogilevich)

1990-yillarning oxiriga kelib, Solntsevskaya toʻdasi bank sektoriga oʻtishni boshlaydi. Bu ularga noqonuniy pullarini yuvish va oligarxlar bilan yaqinlashish imkonini beradi.Glenny; McMafia

Chet eldagi faoliyat 1990-yillarda Solntsevskaya toʻdasi Vyacheslav Ivankovni Nyu-Yorkdagi Brayton -Bichga va Mixail Odenussani Atlantaga (Jorjiya) yuborib, u yerdagi barcha ruslarning faoliyatini oʻz nazoratiga oladi. Biroq, FQB Ivankovning borligi haqida ogohlantiriladi va uzoq davom etgan tergovdan soʻng u hibsga olindi va tovlamachilikda ayblanib, Qoʻshma Shtatlarda sudlangan birinchi qonun oʻgʻrisi boʻladi. Ivankov unchalik muvaffaqiyatli boʻlmagan boʻlsa-da, uning hamkasbi Odenussa 20 yildan ortiq vaqt davomida Atlantada rossiyalik uyushgan jinoyatchilikni nazorat qilib, taʼqiblardan qochib yurishni uddalaydi. Odenussa shahar katta qismini oʻz nazoratida ushlab turgan, uni doimo qoʻllab-quvvatlovchi qotillar armiyasi bor edi. Atlantada doʻkon ochish uchun odamlarini yuborgan Meksikaning giyohvand kartellari kabi katta boʻlmasa-da, Odenussa va uning kogortalari Atlantadagi Meksika giyohvand kartellari va afro-amerikalik toʻdalarni ortda qoldirdi.Friedman, Robert; Red Mafiya: How the Russian Mob Has Invaded America; 2000 Solntsevskaya Isroilda ham faol boʻlib, birinchi navbatda ular u yerdan noqonuniy pullarni yuvish uchun baza sifatida foydalangan. Ammo guruhning Isroil siyosatiga singib ketishiga boʻlgan urinishlariga, hushyor huquq-tartibot idoralari yoʻl qoʻymaydi.Gentelev, Alexander; Thieves by Law; 2010

Doktor Bratvavor Solntsevskaya Bratvaning boʻlinmasi boʻlib, u Odenussa buyrugʻiga boʻysunishdan bosh tortgan va guruhlar oʻrtasida ittifoq tuzish toʻgʻrisida kelishuvga erishilganidan keyin taniqli Doktor Spatz tomonidan mustaqil ravishda boshqarilgan.Gentelev, Alexander; Thieves by Law; 2010 Spatz Nyu-York shtatining katta qismini boshqaradi. Shtat Rochester va Sirakuza kabi yirik shaharlarni oʻz ichiga oladi va uning odamlari bu hududdagi afro-amerikalik va meksikalik koʻcha toʻdalaridan koʻproq boʻlgan.Friedman, Robert; Red Mafiya: How the Russian Mob Has Invaded America; 2000 Tashkilot, shuningdek, Cuntrera-Caruana Mafia klani vositachiligidagi Kolumbiya narkotik kartellari bilan oʻzaro savdo hamkorlik aloqalari tufayli, xalqaro miqyosdagi kokain savdosi bilan ham shugʻullanadi.Glenny; McMafia

Hozirgi holati va oxirgi paytlardagi faoliyati AQSh maʼlumotlariga koʻra, 2010-yilda Wikileaks janjali paytida eʼlon qilingan Solntsevo toʻdasi Rossiya davlat xavfsizlik agentligi FSB himoyasi ostida reketerlik operatsiyalarini davom ettirmoqda.US embassy cables: Moscow mayor oversees corrupt system, says US

Fraksiyalari

Kadik's gang Monya's Bridge Doktor's Bratvavor

Ommaviy madaniyatda

Marvel Comics multiverse Earth-616- da Solntsevskaya Bratvaga Ivan Pushkin (aka Ivan the Terrible) rahbarlik qiladi va uning eng koʻzga koʻringan aʼzolaridan biri Anatoliy Rasputin, mashhur mutantlar Pyotr Rasputinning (aka Colossus) amakisi. X-odamlarda Illyana Rasputina (aka Magik) va Mixail Rasputin obrazllari mavjud. Marvel Comics multiverse Earth-1610- da Piotr Rasputin (aka Colossus) Ultimate X-Men aʼzosi boʻlishdan oldin Solntsevskaya Bratvaning yuqori martabali aʼzosi edi. Solntsevskaya Bratva, CW teleserialida „Arrow“ serialida takrorlanuvchi rolga ega. Oliver Queen tashkilotda jinoyatchilarni topish uchun foydalanadigan aloqalarga ega boʻlgan. Arrowda Solntsevskaya Bratvaning Arrowversedagi rahbari Anatoliy Knyazev (aka) KGBeast), Arrowverse va DC Universedagi eng katta super yovuzlardan biri(Devid Nykl oʻynagan).

Yana qarang

Tambov gang Uralmash gang FC Arsenal Kyiv „Kiev-Donbass“

Manbalar

Havolalar

Solntsevskaya boʻyicha FBI fayli. Transchegaraviy korrupsiya arxivi. Turkum:Pages with unreviewed translations