Gerardo Daniel Arteaga Zamora () (1998-yil 7-sentyabrda tugʻilgan) — meksikalik professional futbolchi, Belgiya Pro-ligasi „Genk“ klubi va Meksika terma jamoasida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Santos Laguna Arteaga 2013-yilda Santos Lagunaning yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan. 2016-yil 1-oktyabrda Jose Manuel de la Torre boshchiligida Arteaga Liga MXda „Keretaro“ga qarshi professional debyutini oʻtkazgan. Oʻyin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Genk 2020-yilning 26-iyulida Santos Laguna Arteaga Belgiyaning „Genk“ klubiga 3,5 million yevro evaziga 5 yillik shartnoma asosida ketganini eʼlon qilgan. Arteaga klubdagi debyutini 24-avgust kuni Vesterloga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Oʻyin 2:2 hisobida jangovor durang bilan yakunlangan.
Xalqaro faoliyati
Yoshlar jamoasi Arteaga 2018 Tulon turnirida ishtirok etadigan yakuniy roʻyxatga kiritilgan. U barcha beshta oʻyinda maydonga tushgan, Meksika finalda Angliyaga qarshi maydonga tushdgan. Oʻyinda Meksikaliklar 2:1 hisobida magʻlub boʻlishgan.
Arteaga Jaime Lozano tomonidan 22 yoshgacha boʻlganlar jamoasi bilan 2019 Tulon turnirida ishtirok etish uchun chaqirilgan. Meksika bu turnirda uchinchi oʻrinni egallagan.
Kattalar jamoasi 2018-yil sentyabrida uni vaqtinchalik bosh murabbiy Rikardo Ferretti sentyabr oyida Urugvay va AQShga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlariga chaqirgan. Arteaga terma jamoadagi debyutini 2018-yilning 11-sentyabr kuni AQSHga qarshi oʻtkazgan, unda Meksika 0:1 hisobida magʻlub boʻlgan.
Faoliyat statistikasi
Klub Klub Mavsum Liga Kubok Kontinental Boshqa JamiDivizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Santos Laguna 2016—2017 Liga MX 16 0 2 0 — — 18 0 2017—2018 14 0 7 0 — 1 0 22 0 2018—2019 28 0 4 0 — — 32 0 2019—2020 30 1 3 0 2 0 — 35 1 2020—2021 1 0 — — — 1 0 Jami 89 1 16 0 2 0 1 0 108 1 Genk 2020—2021 Belgiya birinchi divizioni A 25 1 3 0 — — 28 1 2021—2022 32 0 2 2 8 0 — 42 2 2022—2023 4 0 — — — 4 0 Jami 61 1 5 2 8 0 0 0 74 3 Karyerada jami 150 2 21 2 10 0 1 0 182 4
Xalqaro Milliy terma jamoa Yil OʻyinlarGollar Meksika 2018 4 0 2019 1 0 2021 5 0 2022 6 0 Jami 16 0
Yutuqlar Santos Laguna
Liga MX : Clausura 2018
Genk
Belgiya kubogi : 2020—2021
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Meksikalik erkak futbolchilar