Natasha Ketrin Regan — britaniyalik ayol shaxmatchi. Shuningdek, u shaxmat muallifi mukofotiga sazovor boʻlgan, "Game Changer " kitobi bilan mashhur. U ikkita shaxmat olimpiadasida Angliya sharafini himoya qilganBritish Chess News page about Natasha Regan retrieved 1 December 2020.
Shuningdek, u Go da ham yaxshi oʻyinchi hisoblanadi. Matthew Cocke bilan hamkorlik qilib, u Britaniya juftliklari boʻyicha 7 marta chempionlikni qoʻlga kiritdi va Yevropa juftliklari boʻyicha chempionatda bronza medaliga loyiq koʻrildiBGA Pair Go results retrieved 1 December 2020. Natasha 2008-yil va 2012-yilda boʻlib oʻtgan birinchi Jahon aql sporti oʻyinlarida Go oʻyini musobaqasida Buyuk Britaniya shaʼnini himoya qilganBGA WMSG team page retrieved 1 December 2020BGA results summary from WMSG 2012 retrieved 1 December 2020. Aql sporti olimpiadasida uning medallari 2018-yilgi Ayollar Pentamidasida qoʻlga kirtgan bitta kumush medaldan iboratMSO Results page navigate to player retrieved 1 December 2020.
Shaxsiy hayoti Natasha Kembrij universitetiCambridge University results website retrieved 1 December 2020 Kingʻs kollejida matematika boʻyicha tahsil olgan. Uning egizak qizlari va oʻgʻli bor. U oʻgʻli Oskarga matematikadan dars berdi, bu esa uni 2010-yilda matematika boʻyicha GCSE uchun maksimal ball boʻlgan A* bahosini olgan eng yosh matematik boʻlishiga olib sabab boʻldihttps://www.bbc.co.uk/news/uk-england-surrey-11069666 „Seven-year-old maths whizz-kid gains A* in GCSE exam“, BBC, 24 August 2010.
Shaxmat Kembrij universitetida u 1992-yilgi Oksford va Kembrij universitetlari shaxmat uchrashuvida 8-raqamli (ilgari ayollar taxtasi sifatida tanilgan) taxtada oʻynagan birinchi ayol shaxmatchi boʻldi. Natasha 1992-yilda Manilladagi 30-shaxmat olimpiadasi va 1994-yilda Moskvada boʻlib oʻtgan shaxmat olimpiadalarida Angliya nomidan qatnashgan. Natasha 2002-yilda FIDE xalqaro ustasi unvoniga sazovor boʻlgan 2019-yil sentabr oyida u Angliya shaxmat federatsiyasi (ECF) kengashiga rais etib saylanganECF officers webpage , retrieved 1 December 2020..
Kitoblar Natasha ingliz shaxmati grossmeysteri Metyu Sadler bilan birgalikda ikkita shaxmat kitobiga hammualliflik qilgan. Ularning birinchi hamkorligi "Chess For Life „ ECF yilning eng yaxshi kitobi mukofotini qoʻlga kiritdiECF page on award presentation retrieved 1 December 2020. Unda bir nechta taniqli shaxmatchilarning shaxmat faoliyati davomida qoʻllagan uslublari hususida, shuningdek, oʻz oʻyinlarini qanday rivojlantirganligi haqida intervyularidagi fikrlari batafsil bayon etilgan.
Game Changer kitobi Natasha Regan oʻzi va GM Metyu Sadlerning ikkinchi hamkorlikdagi Game ChangerChessBase interview with Natasha Regan and Matthew Sadler, retrieved 1 December 2020 gʻoyasini oʻylab topdi, u FIDE yilning shaxmat kitobida nominatsiyasida gʻolib boʻldiFIDE Averbakh-Boleslavsky Award 2019 webpage retrieved 1 december 2020. Unda DeepMind’ning inqilobiy kompyuter dasturi AlphaZero shaxmat oʻynashidan qanday saboq olish mumkinligi haqida batafsil maʼlumot berilganChess Base article on FIDE book of the year 2019 retrieved 1 December 2020.
Kitob raqobatbardosh shaxmatga taʼsir koʻrsatdi. Tata Steel Chess Tournament-2019 turnirida birinchi raqamli shaxmatchi va jahon chempioni Teimur Radjabov bilan durangdan soʻng Magnus Karlsen Game Changer haqida shunday dedi:“Men kitobni juda ilhomlantiruvchi deb hisoblayman. Oʻyin davomida men bir necha marotaba oʻylayman: AlphaZero bunga qanday yondashgan boʻlardi?Hans Schut book of the year review and chess.com, retrieved 1 December 2020
Bibliografiya
Manbalar
Turkum:1971-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Shaxmatchilar Turkum:Shaxmatchi ayollar Turkum:Shaxmat grossmeysterlari Turkum:Shaxmat olimpiadasi ishtirokchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Britaniyalik ayol shaxmatchilar Turkum:Britaniyalik shaxmatchilar