Iftixor futbol klubi () – 2017-yilda tashkil etilgan Fargʻona viloyati, Oltiariq tumanidagi oʻzbek futbol klubi.
Klub Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi vakilligi ostida tashkil etilgan. 2018-yilgi mavsumdan boshlab klub Oʻzbekiston Pro ligasining „B“ ligasida ishtirokini boshlagan.
Tarix Iftixor jamoasi 2017-yilda tashkil etilgan boʻlib, Fargʻona viloyati chempionati (Oʻzbekiston Ikkinchi ligasi mintaqalararo turniri) da ishtirok etgan va mavsum yakunida uning gʻolibiga aylangan.
2018-yil fevral oyida „Iftixor“ga mamlakat futbol divizioni saviyasi va ahamiyati boʻyicha (Superligadan keyin) 3-oʻrinda boʻlgan Oʻzbekiston Pro „B“ ligasida ishtirok etishga ruxsat berilgani eʼlon qilingan edi. 2018-yil mavsum yakuni ligada oʻz oʻrnini saqlab qolishiga qarmay 2019-yilgi mavsumda ligadagi ishtirokini toʻxtatgan va professional jamoasi sifatida musoboqalarda faoliyatini yakunlagan.
Yutuqlar
Oʻzbekiston Pro ligasi B 7-oʻrin (2018). Fargʻona viloyati chempionati gʻolibi (2017). Fargʻona viloyati hokimi kubogi finalchisi (2018).
Manbalar
Havolalar
CHAMPIONAT.asia – Tanishuv, „Iftixor“-2018 CHAMPIONAT.asia – Parvozing baland boʻlsin, „Iftixor“! CHAMPIONAT.asia – „Iftixor“ bir yilda qanday natijalarga erishdi? Jamoaning rejalari qandai?
Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari Turkum:Oʻzbekiston futbol klublari Turkum:Fargʻona viloyati futbol klublari Turkum:2017-yilda tashkil etilgan futbol klublari Turkum:Oʻzbekistonda faoliyati tugatilgan futbol klublari