Anne Elizabeth " Annabet " Gish (1971-yil 13-martda tugʻilgan) – amerikalik aktrisa. U Shag, Hiding Out, Mystic Pizza, SLC Punk!, The Last Supper hamda Double Jeopardy kabi fimlardagi rollari bilan ommaga tanilishga erishgan. Anne Elizabeth televideniyeda X-Files filmida maxsus agent Monica Reyes, The West Wingda Elizabeth Bartlet Westin, Halt and Catch Fire serialida Diane Gould, Brotherhood filmida Eileen Caffeeni, The Bridge teleserialida Charlotte Millwrightni va Sons of Anarchyning yettinchi va oxirgi faslida Sherif Althea Jarry kabi rollarni ijro etgan.

Faoliyati Gishning dastlabki bosh roli 1986-yilda oʻsmirlar uchun moʻljallangan Desert Bloom filmida boʻlgan. 1987-yilda u Jon Cryer bilan Hiding Out filmida oʻzini namoyon etgan. 1988-yilda esa Mystic Pizza filmida Julia Roberts obrazining singlisi Kat rolini gavdalantirgan. 1989-yili Gishning birinchi yirik telefilmdagi roli When He's Not a Stranger filmida zoʻrlash qurboni Lyn McKenna rolida boʻlgan. Aktrisa 1994-yilda Scarlett miniserialida Rhett Butlerning ikkinchi rafiqasi Anne Hampton obrazini tasvirlagan. U 1989-yilda Bridget Fonda, Phoebe Cates, Page Hannah, Jeff Yagher hamda Scott Coffey Shag komediyasida ham rol oʻynagan.

1994-yilda Kevin Kostner ishtirokidagi " Wyatt Earp " filmida u Vayattning bolalikdagi sevgilisi va oxirgi rafiqasi Urilla Sazerlend rolini ijro etgan. Keyingi yili u Oliver Stounning " Nikson " filmida Juli Nikson rolida paydo boʻldi. 1996-yili aktrisa Chiroyli qizlar filmida Tracey rolini ijro etgan. 1997-yilda Gish oʻzining filmlardagi dastlabki bosh rolini ijro etishi aniq boʻladi. U DC Comics super qahramoni tasvirlangan Steel filmi moslashuvida Shaquille OʻNeal bilan birgalikda Susan Sparks obrazini gavdalantirishi kerak boʻlgan. Huddi shu yili, aktrisa True Women telefilmida Dana Delany va Angelina Jolie bilan birga Euphemia Ashby rolini ijro etgan. 1998-yili Gish SLC Punk! filmidaTrish ismli bosh doʻkon egasi sifatida koʻrinish beradi.

Shaxsiy hayoti Maʼlumotlarga koʻra, Gish ovozsiz filmlar aktirsalari – opa-singil Lillian Gish va Dorothy Gish bilan bogʻlikka ega emasRoger Ebert, „Annabeth Gish plays it smart with 'Mystic' role“, Roger Ebert.com, October 16, 1998.. Aktrisa The X-Files filmida kaskadyor sifatida ishtirok etgan Wade Allen bilan 2001-yil dekabr oyida uchrashishni boshlagan Ular 2003-yilning oktyabr oyida turmush qurishdi va hozir ularning ikki nafar farzandi bor. Filmografiyasi Yil Sarlavha Rol 1986 Hero in the Family Jessie 1986 Desert Bloom Rose Chismore 1987 Hiding Out Ryan Campbell 1988 Mystic Pizza Kat Araujo 1989 Shag Caroline „Pudge“ Carmichael 1989 When He's Not a Stranger Lyn McKenna 1990 Coupe de Ville Tammy 1991 The Last to Go Lydia 1992 Lady Against the Odds Sylvia Raffray 1993 Silent Cries Hazel Hampton 1994 Wyatt Earp Urilla Sutherland 1995 The Last Supper Paulie 1995 Nixon Julie Nixon Eisenhower 1996 Beautiful Girls Tracy Stover 1996 Donʼt Look Back Michelle 1996 What Love Sees Jean Treadway Holly 1997 True Women Euphemia Ashby 1997 Mayday—Flug in den Tod Maria Philips 1997 Steel Susan Sparks 1998 SLC Punk! Trish 1998 To Live Again Karen Holmes 1999 Double Jeopardy Angie Green/Angie Ryder 1999 God’s New Plan Claire Hutton 1999 Different Hope Goodell 1999 Sealed with a Kiss Robbie 1999 No Higher Love Claire Hutton/Young (obraz) 2001 The Way She Moves Amie 2001 Pursuit of Happiness Marissa 2001 Morning Lily 2001 Race to Space doktor Donni McGuinness 2002 Buying the Cow Nicole 2002 A Death in the Family Mary Follet 2004 Knots Greta Siegel 2004 Life on Liberty Street Denise Di Fiori 2005 Detective Cynthia Ernst 2006 Gillery’s Little Secret Gillery 2006 The Celestine Prophecy Julia 2006 Mojave Phone Booth Beth 2006 Desperation Mary Jackson 2006 Candles on Bay Street Lydia 2008 Of Murder and Memory Sally Linden 2009 An American Girl Chrissa Stands Strong Meg Maxwell 2010 At Risk detektiv Delma Sykes 2010 The Letter Beth 2011 The Chaperone Lynne 2011 Commerce Beth 2011 Texas Killing Fields Gwen Heigh 2011 Home Run Showdown Michelle 2012 A Mother’s Nightmare Maddie 2016 Before I Wake Natalie 2016 Grass Stains xonim Turner 2016 Term Life Lucy 2018 Nightmare Cinema Sahovatpesha 2018 A Father’s Nightmare Maddie Stewart 2018 Charlie Says Virginian Carlson2019 Rim of the WorldGrace2020 ButterButterning psixologiTBA All Fun and Games

Manbalar

Havolalar

Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1971-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Amerikalik bola aktrisalar