Sofie Junge Pedersen (1992-yil 24-aprelda tugʻilgan) — daniyalik futbolchi. U Italiya A seriyasining „Juventus“ klubi va Daniya terma jamoasi yarim himoyachisi. Jamoalardagi faoliyati Junge Pedersen „IK Skovbakken“da klubidan 2011-yilda „Fortuna Hjorring“ga oʻtgan. Skovbakken 2010-yil aprel oyida Junge Pedersen va hamkasbi Pernil Harderni oʻzlarining ajoyib salohiyatini eʼtirof etgan holda shartnoma imzolagan edi.
2015-yil iyun oyida Junge Pedersen UEFA ayollar chempionlar ligasida „Fortuna Hjorring“ bilan oʻynagan. Shvetsiyaning Damallsvenskan chempionlarini hayratda qoldirgandan soʻng, „Rosengård“ bilan shartnoma imzoladi. Rosengårddagi faoliyati davomida Junge boshidan jiddiy jarohat oldi va bu uni 2016-yilgi mavsum davomida oʻynay olmasligiga sabab boʻldi. 2017-yilda FC Rosengård shartnomasini uzaytirmaslikni tanladi va u Ispaniya Primyerasi klubi „Levante UD“ bilan shartnoma imzoladi. 2018-yil iyul oyida „Levante“ bilan shartnomasini tugatgandan soʻng, Junge Damallsvenskanga qaytib keldi va u yerda „Vittsjö GIK“ bilan shartnoma imzoladi. 2018-yil dekabr oyida Junge Italiyaning „Juventus“ klubi bilan shartnoma imzoladi.
Xalqaro faoliyati 2008-yilda Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtgan, 17 yoshgacha ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatining ilk bosqichida Junge Pedersen chorak finalda boʻlajak chempion Shimoliy Koreyaga 4:0 hisobida magʻlub boʻlishdan oldin, oʻz guruhida gʻalaba qozongan Daniya jamoasi tarkibida edi.
2011-yil dekabr oyida Junge Pedersen oʻzining katta terma jamoasidagi debyutida, San-Pauluda Chili ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozondi. U Daniya terma jamoasiga UEFA ayollar oʻrtasidagi „Yevro-2013“ uchun kiritilgan. 2017-yilda u Nils Nilsenning UEFA Ayollar oʻrtasidagi „Yevro-2017“ uchun tarkibiga kiritilgan boʻlib, u Line Sigvardsen Jensenning jarohatidan soʻng, asosiy tarkbda Niderlandiyaga qarshi finalda oʻynagan.
Xalqaro faoliyat statistikasi Sana Joy Raqib Hisob Natija Turnir 1. 2020-yil 22-sentyabr Centenary Stadium, Taʼqali, MaltaMalta 6 — 0 8-0 UEFA ayollar oʻrtasidagi „Yevro-2022“ saralashi 2. 2020-yil 21-oktyabr Viborg stadioni, Viborg, DaniyaIsroil 4 — 0 4-0
Shaxsiy hayoti Junge Pedersen futbolchi boʻlishi bilan bir qatorda sotsialist sifatida tanilgan, ziyoli hisoblanadi. Futbolchilik faolyati va universitetda oʻqishdan tashqari, u Afrikada xayriya va rivojlanish ishlarini olib boradi.
Yutuqlari Fortuna Hjorring
Elite divizion: 2013— 2014
FK Rosengård
Damallsvenskan: 2015
Juventus
A Seriya: 2019—2020, 2020—2021, 2021—2022 Italiya kubogi: 2021—2022 Italiya Superkubogi: 2019—2020, 2020—2021, 2021—2022
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:Daniyalik ayollar