Anxel Lopes Peres (; 5-aprel 1983-yil, Madrid) — ispaniyalik futbol murabbiyi.

Anxel Lopes Peres sport sohasida Anxel López nomi bilan tanilgan ispaniyalik futbol murabbiyi. Hozirda Oʻzbekiston Superligasining „Surxon“ (Termiz) klubida bosh murabbiy lavozimida faoliyat yuritadi.

Faoliyati Lopes Peres Madriddagi bir nechta futbol maktablarida oʻynagan, biroq 18 yoshida universitetdagi tahsil sababli futbolchilik faoliyatini boshlamaslikka qaror qilgan. Murabbiylik diplomini qoʻlga kiritgach mutaxassis „Xetafe“ jamoasi tizimiga chaqirilgunga qadar baʼzi nomdor klublarda ishlagan. Bir muddat Lopes Peres „Xetafe“ning ikkinchi jamoasi bilan ishlagan, keyin esa „Xetafe“ bazasining murabbiylar shtabiga qabul qilingan. Oʻsha paytda u Mikael Laudrup va Kosmin Kontraga yordamchi boʻlgan. Anxel Lopez ruminiyalik hamkasbi bilan „Petropul“ va Xitoyning „Guanchjou Fuli“ jamoalarida ham birga faoliyat olib borgan. 2017-yilda Lopes Peres „Rekreativo“ jamoasida mustaqil murabbiylik faoliyatini boshlagan. 2018—2019-yillarda u Ekvator Gvineyasi milliy futbol jamoasini boshqargan. 2019-yil oxirida murabbiy Ekvadorning „Delfin“ klubini boshqargani haqida maʼlumotlar uchraydi.

Lopes Peres Madrid Politexnika Universitetida jismoniy tarbiya va sport boʻyicha bakalavr darajasini, Kamilo Xose Sela nomidagi Madrid Universiteti va Kastilii-La-Mancha universitetida magistrlik darajasini olgan. Ispaniya qirollik futbol federatsiyasiÁngel LÓPEZ PÉREZ - WordPress.com murabbiylik kurslarida taʼlim olib PRO litsenziyasini olgan.

2022-yil 25-fevralda Oʻzbekiston Superligasining „Surxon“ klubi bilan shartnoma imzolagan 6.

Klublardagi faoliyati Texnik yordamchi sifatida Klub Mamlakat MavsumMurabbiy asistentiXetafe FK2007-2013Мikael LaudrupEnrike Sanches FloresBernd ShusterMíchelVíktor MuñozLuis GarcíaPetrolul Ruminiya2013-2014Kosmin KontraXetafe FK2014-2015Guanchjou Fuli2015-2016Al-Shabab Birlashgan Arab Amirliklari2017Miroslav Dukich

Bosh murabbiy sifatida

KlubMamlakat MavsumInter de Madrid --Getafe „B“2006-2007Rekreativo 2017-2018Ekvator Gvineyasi milliy futbol terma jamoasi25pxEkvator Gvineyasi2018-2019Delfin Ekvador2020VolosGretsiya2020-2021Atromitos Gretsiya2021SurxonO‘zbekiston2022-hozirga qadar

Manbalar

Havolalar

Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyalik futbol murabbiylari Turkum:Surxon murabbiylari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir futbol murabbiylar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar