Saʼdulla Hakim (1951-yil 25-martda Samarqand viloyati, Forish tumanidagi Garasha qishlogʻida tugʻilgan) — Oʻzbekistonlik ijodkor, tarjimon.

Mehnat faoliyati ToshDU (hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetida tahsil olgan. „Hamal tonglari“ (1981), „Sen kutgan bahor“ (1986) kabi asarlar muallifi.

„Saodat“ jurnali, „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“, „Oʻzbekiston ovozi“ gazetalarida adabiyot va sanʼat bo‘limi mudiri, masʼul kotib.

„Maʼrifat“ gazetasi rahbari (1992-1996).

„Turkiston press“ Axborot agentligida bosh direktor, „O‘zbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasida bosh muharrir.

Asarlari „Hamal tonglari“ (1981), „Sen kutgan bahor“ (1986), „Yoz oqshomi“ (1996), „Ona so‘z“ (2000), „Saylanma“ (2001), „Ko‘ngil yuzi“ (2006), „Esimda qolganlar“, „Atom qaʼriga sayohat“, „Ko‘hna naql“ (2011), „Oqsaroy“.

Dostonlari „Bola Botir“ (2013), „Olis yulduz“https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-sheriyati/zamonaviy-o-zbek-she-riyati/sa-dulla-hakim-1951.

Tarjimalari Gyote, Pushkin, Lermontov, Yesenin, Yunus Emro kabi shoirlarning sheʼrlarini tarjima qilgan.

Mukofotlari „Saylanma“ kitobi uchun 2002-yili „Eng ulug‘, eng aziz“ respublika tanlovi g‘olibi.

„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“ unvoni (2002).

Manbalar

Turkum:Adiblar