Toʻpxona koʻchasi – Buxoro shahrida joylashgan koʻcha. Toʻpxona „toʻplar saqlanadigan joy“ maʼnosini anglatadi. Koʻchada shoyi, baxmal toʻquvchilar, duradgorlar, badavlat savdogarlar istiqomat qilgan. Avliyo Xoʻja Soʻfiyon Savri mozori shu guzarda. Nomi 1680-yil, 1695-yil, 1829-yilda tuzilgan vaqf hujjatlarida qayd etiladi.
Manbalar
Turkum:Buxoro koʻchalari