Siyohkoron koʻchasi – Buxoro shahrida joylashgan koʻcha. Siyohkoron soʻzi „qoralovchilar, qora rangga boʻyovchilar“ maʼnosida qoʻllangan. Alohida guzar sifatida XVIII–XIX asr vaqf hujjatlarida tilga olinadi. Bu guzarda yashovchi aholining asosiy mashgʻuloti eski poyabzallarni taʼmirlash, qora rangga boʻyash va sotishdan iborat boʻlgan. Joy nomi ham shu mashgʻulot turidan kelib chiqqan.

Manbalar

Turkum:Buxoro koʻchalari