Grevis kasalligi — qalqonsimon bez gormonlarining gipersekretsiyasiga sabab boʻladigan immun sistemasi buzilishidir. Grevis kasalligi boshqa kasalliklarga nisbatan keng tarqalgan gipertiroidizmga olib keluvhchi sababdir.
Qalqonsimon bez gormonlari inson tanasining koʻplab funksiyalariga taʼsir qiladi shu sababli grevis kasalligi sababli kelib chiqishi mumkin boʻlgan simptomlar juda turlichadir. Ushbu kasallik asosan ayollarda va 40 yoshdan kishik shaxslarda uchraydi.
Davolash simptomatik va giperfunksiyaga uchragan qalqonsimon bez gormonlarining qondagi konsentratisyasini kamaytirishga qaratilgan.
Simptomlar Grevis kasalligining umumiy belgilari va simptomlari: thumb|394x394px|Koʻz atrofi toʻqimalari masasining ortishi sababli koʻz olmasining boʻrtib chiqishi
Bezovtalik va asabiylashish. Doimiy ovqat ratsionining oʻzgarmagan holda saqlanganligiga qaramay, vazn yoʻqotish. Qoʻl yoki oyoq barmoqlairning tremori. Issiqlikni gipersezuvchanlik va terlash, terining doimiy namligi, gipertermiya. Ayollarda hayz siklining buzulishi. Qalqonsimon bez hajmining kattalashuvi (buqoq) Erkaklarda erektil disfunktsiya yoki libidoning pasayishi. Ichak gipermotorikasi. Qorin gʻuldurashlari. Koʻzlarning boʻrtib chiqishi(Grevis oftalmopatiyasi). Charchoq. Oyoqning boldir yoki son qismida terining qizarishi(Grevis dermopatiyasi). Tez va tartibsiz yurak urishi (taxikardiya,aritmiya) Uyquning buzilishi. thumb|Grevis oftalmopatiyasi
Grevis oftalmopatiyasi Grevis kasalligi bilan ogʻrigan bemorlar orasida 30% dan koʻp hollarda koʻz bilan bogʻliq boʻlgan grevis oftalmopatiyasi uchraydi. Ushbu patalogiyada immun tizimi anormal faoliyati va yalligʻlanish jarayonlari sababli koʻz atrofi mushaklari va boshqa toʻqimalar shikastlanadi. Belgilar va alomatlar quyidagi shakilda namoyon boʻlishi mumkin:
Shishgan yoki tortilgan koʻz qovoqlari. Shishgan koʻzlar. Koʻzlar xiralashuvi. Koʻz bosimi yoki ogʻriq. Gipersezuvchanlik- nurga sezgirlik. Qizargan yoki yalligʻlangan koʻzlar. Koʻrish qobiliyatini yoʻqotish. Ikkilangan koʻrish.
Grevis dermopatiyasi Grevis kasalligi sababli koʻp hollarda grevis dermopatiyasi yuzaga keladi. Bu dermopatiya oyoqlarning boldir yoki yuqori qismida terining qalinlashuvi va qizarishi bilan namoyon boʻladi.
Etiologiyasi Grevis kasalligi organizm immun sistemasi anormal faoliyati natijasida yuzaga keladi. Ushbu jarayon nima sababdan roʻy berishi haligacha aniqlanmagan.
Immun sistemasi odatda organizmga tushgan bakteriya, virus va boshqa antigenlarni nishon hujayra sifatida taʼnib ularga nisbatan antitanachalar ishlab chiqaradi. Grevis kasalligida esa jarayon yaxshi tushunilmagan boʻlib, noaniq sababga koʻra immun sistema tomonidan qalqonsimon bez hujayralariga nisbatan antitanachalar ishlab chiqarila boshlaydi.
Normal holatda qalqonsimon bez faoliyati bosh miya pastki qismida joylashgan(turk egarchasida) gipofiz bezi tomonidan boshqarilib turadi. Grevis kasalligi sababli yuzaga keluvchi antitanachalar — triotropin retseptorlarining antitanalarini (TR-At) — boshqarib turuvchi gipofizdan ajraluvchi gormon kabi ishlaydi. Buning natijasida esa TR-At lari qalqonsimon bez normal boshqarilishini bloklab qoʻyadi va qalqonsimon bez tomonidan gormonlar gipersekretsiyasiga sabab boʻladi(hipertiroidizm).
Grevis oftalmopatiyasining etiologiyasi Grevis oftalmopatiyasi koʻz soqqasining orqa qismidagi mushak va boshqa toʻqimalarida maʼlum bir turdagi uglevodlar toʻplanishi sababli yuzaga keladi. Bu trofik jarayon sababi ham nomaʼlum. Bundan tushuniladiki qalqonsimon bez gipersekretsiyasiga sabab boʻluvchi anormal antitanalar koʻz toʻqimalariga ham taʼsir qilib uning normal morfologiyasini oʻzgartirib yuboradi.
Grevis oftalmopatiyasi koʻp hollarda gipertiroidizm bilan paralel ravishda yoki bir necha oydan soʻng paydo boʻladi. Ammo oftalmopatiya belgilari gipertiroidizm boshlanishidan bir necha yil oldin yoki keyin yuzaga chiqishi ham mumkin. Grevis oftalmopatiyasi gipertiroidizm boʻlmagan hollarda, yakka oʻzi ham paydo boʻla oladi.
Xavf omillari Har bir inson organizmida Grevis kasalligi uchrashi mumkin boʻlsa-da, ayrim omillar kasallikning yuzaga chiqishini stimullashi yoki moyillikni yuzaga keltirishi mumkin, jumladan:
Oila tarixida. Oila tarixida grevis kasalligi bilan ogʻrigan shaxslarning uchrashi, bu shu oilada ushbu kasallikka moyillik geni yoki genlar majmuasi borligidan dalolat beradi.
Jins. Ayollar grevis kasalligi bilan erkaklarga qaraganda koʻproq ogʻriydi.
Hissiy yoki jismoniy stress. Doimiy stressli turmush tarzi ushbu kasallikni qoʻzgʻatuvchi genlarga stimullovchi taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Yosh. Grevis kasalligi odatda 40 yoshgacha boʻlgan odamlarda rivojlanadi.
Boshqa avtoimmun kasalliklar. 1-tip diabet yoki revmatoid artrit kabi immun tizim kasalliklari boʻlgan odamlarda ushbu kasalliklar ham xavf omili boʻla oladi.
Homiladorlik. Homiladorlik yoki yaqin muddatdagi amalga oshirilgan tugʻruq, ayniqsa ushbu kasallik yuzaga kelishini yuzaga chiqaruvchi boʻlishi mumkin.
Chekish. Chekish immun tizimiga taʼsir qilishi sababli grevis kasalligini yuzaga keltirishi mumkin va ayniqsa chekuvchi grevis kasalligiga chalingan bemorlarda grevis oftalmopatiyasi yuzga kelishi xavfi yuqori.
Asoratlar Grevis kasalligining asoratlari quyidagilarni oʻz ichiga olishi mumkin:
Homiladorlikdagi muammolari. Homiladorlik davrida Grevis kasalligining mumkin boʻlgan asoratlari orasida abort, erta tugʻilish, homilada qalqonsimon bezning disfunktsiyasi, homilaning oʻsish jarayonining buzulishi, onadagi yurak etishmovchiligi va preeklampsiyasi kiradi. Preeklampsiya — bu yuqori qon bosimi va boshqa jiddiy belgilar va alomatlarga olib keladigan onaning homila tomonidan zaharlanish holatidir.
Yurak kasalliklari. Kasallikning oʻz vaqtida davolanmasligi, yurak ritmining buzilishi, yurak mushaklarining tuzilishi va faoliyatining oʻzgarishi, yurakning tanaga etarli miqdorda qon haydab beraolmasligi (yurak etishmovchiligi) kabi holatlar paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin.
Qalqonsimon bez inqirozi. Grevis kasalligining kamdan-kam uchraydigan, ammo hayot uchun xavfli asoratlaridan biri bu tirotoksik inqiroz deb ham ataladi. Ogʻir hipertiroidizm davolanmasa yoki etarli darajada davolanmasa ushbu holat yuzaga kelishi mumkin.
Qalqonsimon bez gormonlarining keskin oshishi gipertermiya, terlash, qusish, diareya, deliriya, kuchli zaiflik, tutilishlar, aritmiyalar, teri va koʻzlarning sargʻayishi (sariqlik), qon bosimining keskin pasayishi va koma kabi koʻplab salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Qalqonsimon bez inqirozi shoshilinch tibbiy yordamni talab qiladi.
Moʻrt suyaklar. Davo choralari amalga oshirilmaganda gipertiroidizm moʻrt va sinuvchan suyaklarga (osteoporoz) olib kelishi mumkin. Suyaklarnin mustahkamligi qisman ular tarkibidagi kalsiy va boshqa minerallar miqdoriga bogʻliq. Qalqonsimon gormonning haddan tashqari koʻpligi tanadagi kalsiyni suyaklar tomonidan oʻzlashtirilishiga xalaqit beradi.
Diagnostika Grevis kasalligini tashxislash uchun jismoniy tekshiruv oʻtkazish va grevis kasalligining belgilari va alomatlarini tekshirishi mumkin. Bundan tashqari oila kasallik tarixi ham tekshirilishi mumkin. shuningdek, quyidagi testlar ham amalga oshirilishi mumkin:
Qon testlari. Qon testlari qalqonsimon bezni ogohlantiruvchi gormon (TTG) — odatda qalqonsimon bezni ragʻbatlantiradigan gipofiz gormoni va qalqonsimon gormonlar darajasini aniqlashga yordam beradi. Grevis kasalligi bilan ogʻrigan odamlarda odatda TTG darajasi odatdagidan past va qalqonsimon gormonlar darajasi yuqori boʻladi. Tireotrop gormonining turli yosh chegaralarida qondagi miqdoriNoYoshQondagi miqdoriOʻlchov birligi1Yangi tugʻulgan chaqaloqlarda1.1-17mBirlik/l22,5 oylikgacha chaqaloq0.6-10mBirlik/l32,5 oylikdan 14 oylikgacha0.4-7mBirlik/l414 oylikdan 15 yoshgacha0.4-6mBirlik/l5Erkaklarda0.4-4mBirlik/l6Ayollarda0.4-4mBirlik/l7Homilador ayollarda0.2-3.5mBirlik/l Grevis kasalligiga sabab boʻlishi maʼlum boʻlgan antikor darajasini oʻlchash uchun boshqa laboratoriya tekshiruvini buyurishi mumkin. Odatda kasallikni tashxislash uchun bu kerak emas, ammo antikorlarni koʻrsatmaydigan natijalar hipertiroidizmning boshqa sababini koʻrsatishi mumkin. KoʻrsatkichNatijaOʻlchov birligiNormadagi koʻrsatkichTTG13.000mmME/ml,
mBirlik/l0.4-4.0
1-trimestr 0.1-2.5
2-trimestr 0.2-3.0
3-trimestr 0.3-3.0T3 erkin9.69Pmol/l2.3-6.3T4 erkin13.10Pmol/l10.3-24.5Trioglobulinga antitana(AT-TG25.90Birlik/ml0-40.0Trioperoksidazaga antita(AT-TPO)>1000Birlik/l0-35.0 Radioaktiv yodni qabul qilish. Qalqonsimon bez gormon ishlab chiqarish uchun yodga muhtoj. Bemorga oz miqdorda radioaktiv yod berib, keyinchalik ixtisoslashtirilgan skanerlash kamerasi yordamida qalqonsimon bezdagi radioaktiv yod miqdori oʻlchanadi va qalqonsimon bez tomonidan yodni oʻzlashtirish tezligi aniqlanadi. Qalqonsimon bez tomonidan qabul qilingan radioaktiv yod miqdori grevis kasalligi yoki boshqa holat gipertiroidizmning sababi ekanligini aniqlashga yordam beradi. Ushbu test radioaktiv yodni skanerlash bilan birlashtirilishi mumkin va buning natijasida chaqnash bergan radioaktiv yod vizual tasvirini hosil qilish mumkin.
Ultratovush. Ultratovush tanadagi tuzilmalarning tasvirini yaratish uchun yuqori chastotali tovush toʻlqinlaridan foydalanadi. Bu qalqonsimon bezning kattalashganligini koʻrsatishi mumkin. Bu radioaktiv yodni qabul qila olmaydigan odamlarda, masalan, homilador ayollarda foydalidir.
Tasvirli tekshiruvlar. Agar Grevis kasalligining qon tahlillari va UTT tekshiruvlari tashxisni aniqlab bera olmasa, kompyuter tomografiyasi yoki MRT kabi maxsus koʻrish testlarini buyurishi mumkin.
Grevis oftalmopatiyasini davolash Grevis oftalmopatiyasining yengil alomatlarini kunduz kunlari retseptsiz beriladigan sunʼiy koʻz yoshlari va kechasi moylash gellari yordamida boshqarish mumkin.
Kortikosteroidlar. Prednizon kabi kortikosteroidlar bilan davolash koʻz qovoqlari orqasida shishishni kamaytirishi mumkin. Nojoʻya taʼsirlar orasida suyuqlikni ushlab turish, vazn ortishi, qondagi glukoza miqdori koʻtarilishi, qon bosimining oshishi va kayfiyatning oʻzgarishi boʻlishi mumkin.
Teprotumumab (Tepezza). Ushbu dori Grevis oftalmopatiyasini davolash uchun ishlatilishi mumkin. U har uch haftada yelka venasiga yuboriladi va sakkiz marta beriladi. Bu koʻngil aynishi, diareya, mushaklarning spazmlari va qon shakar darajasining koʻtarilishi kabi yon taʼsirga olib kelishi mumkin. Ushbu dori yangi boʻlgani uchun uning Grevis oftalmopatiyasini davolashdagi roli hali aniqlanmagan.
Prizmalar. Grevis kasalligi tufayli yoki grevis kasalligi uchun jarrohlikning yon taʼsiri sifatida ikkilangan koʻrish yuzaga kelishi mumkin. Prizmalar hamma uchun ish bermasa ham, koʻzoynak prizmalari ikki tomonlama koʻrishni bartaraf qilishi mumkin.
Orbital dekompressiya operatsiyasi. Ushbu operatsiyada koʻz boʻshligʻi (orbita) va sinuslar orasidagi suyak — orbita yonidagi havo boʻshliqlari olib tashlanadi.
Orbital radiatsiya terapiyasi. Bir vaqtlar bu kasallikni davolash uchun keng tarqalgan usul edi, ammo foydalari noaniq. Koʻz olmasi orqa qismida joylashgan toʻqimalarning bir qismini yoʻqotish uchun bir necha kun davomida maqsadli rentgen nurlaridan foydalanadi. Agar koʻz bilan bogʻliq muammolar yomonlashsa va kortikosteroidlar ham samarali taʼsir bermay qoʻysa, orbital radiatsiya terapiyasi tavfsiya qilinadi.
Grevis oftalmopatiyasi Grevis kasalligini davolash bilan har doim ham yaxshilanmaydi. Grevis oftalmopatiyasining belgilari hatto uch oydan olti oygacha yomonlashishi mumkin. Shundan soʻng, Grevis oftalmopatiyasining belgilari va alomatlari odatda bir yil yoki undan koʻproq vaqt davomida barqaror ravishda saqlanib qoladi va keyin koʻp hollarda oʻz-oʻzidan yaxshilana boshlaydi.
Manbalar