Hasan Xoja Nisoriy koʻchasi — Buxoro shahrida joylashgan koʻcha. Koʻcha Hasan Xoja Nisoriy nomi bilan bogʻliq. Atoqli shoir, tazkiranavis Hasan Xoja Nisoriy 1480-yilda tugʻilgan. U „Muzakkir al-ahbob“ (Doʻstlar yodi) asarining muallifidir. Mazkur asarda Movarounnahr, jumladan Buxoroda yashab oʻtgan 252 shoir, adib va buyuk shaxslarning tarjimai holi keltirilgan.

Manbalar

Turkum:Buxoro koʻchalari