Shayxul Olam koʻchasi – Buxoro shahrida joylashgan koʻcha. Koʻcha Sayfiddin Boharziy nomi bilan bogʻliq. Shayxul Olam Sayfiddin Boharziyning (1199–1261) diniy taxallusi. Sayfiddin Boharziy Buxoroda „shayx ul-olam“ taxallusi bilan shuhrat topgan. Kubraviya tariqatining namoyandalaridan biri boʻlib, Najmiddin Kubroning shogirti hisoblanadi. U toʻgʻrisida Alisher Navoiyning „Nasoyim ul-muhabbat“ tazkirasida maʼlumotlar keltirilgan.

Manbalar

Turkum:Buxoro koʻchalari