Aleksis Adelen Beka Beka (; 2001-yil 29-mart, Parij, Fransiya) — fransuz futbolchi, "Nice" klubi yarim himoyachisi.
Biografiya Beka Beka Parijda kongolik oilasida tugʻilgan. 4 yoshida u ota-onasi bilan Étervillega koʻchib keldi, u yerda uni Verson akademiyasiga olib borishdi, biroq bir yildan soʻng u Kana akademiyasiga oʻtib ketdi.
Futbolchi faoliyati
Klub 2020-yil 9-iyunda u �M2�Kan�M3� bilan uch yilga moʻljallangan birinchi yirik shartnomasini imzolashga muvofaq boʻldi. 2021-yilning 23-avgust kuni u Moskvaning „Lokomotiv“ klubi bilan 5 yillik shartnomani imzoladi. Transfer summasi 6 million yevro + 1 million yevro bonus sifatida berildi. 2022-yilning 1-avgustida „Lokomotiv“ yarim himoyachini turli shartlar asosida 12 million yevro + bonus sifatida 2 million yevro evaziga „Nitstsa“ klubiga oʻtkazishga rozi boʻlganini eʼlon qildi.
Terma jamoada Beka Beka Fransiyaning oʻsmirlar va yoshlar terma jamoalarida toʻp surgan. U Tokiodagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida qatnashgan, u yerda Fransiya terma jamoasi tarkibida guruhdan chiqmagan, futbolchining oʻzi esa turnirning barcha uchta oʻyinida qatnashib, qancha harakat qilmasin baribir gol urishga muvofaq boʻlmadi.
Turkum:2001-yilda tugʻilganlar Turkum:29-martda tugʻilganlar Turkum:Parijda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari