link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/55/Blackburn_Lancashire_Townscape.jpg/220px-Blackburn_Lancashire_Townscape.jpg|thumb| Blackburn Skyline sobori va Town Hall minorasi. Blackburn () — sanoat shaharchasi va Angliyaning Lankashire shahridagi Darven tumani bilan Blackburnning maʼmuriy markazi. Shahar Ribble vodiysining janubiy chekkasida Gʻarbiy Pennin Moors shimolida, Prestondan 13 km sharqda va Manchesterning shimoli-gʻarbida 34 km uzoqlikda joylashgan. Blackburn Darven shahri bilan birga kengroq unitar hokimiyat hududining asosiy markazini tashkil etadi.

2011-yilgi aholini roʻyxatga olishda Blackburn aholisi 117,963 kishidan iborat boʻlgan. Blackburnning Darven bilan hosil qilgan kengroq okrugida esa 150,030 aholi boʻlganCensus 2001: Blackburn with Darwen Local Authority, Office for National Statistics. Retrieved 28 March 2008.. 2011-yilda Blackburn aholisi 117 963 kishi edi.

Sobiq tegirmon shaharchasi boʻlgan Blackburnda toʻqimachilik XIII asrning oʻrtalarida, odamlarning uylarida jundan turli buyumlar toʻqiy boshlagan bir paytda rivojlangan. XIV asrda hududga joylashgan flamand toʻquvchilari jun kottej sanoatini rivojlantirishga yordam berishganBurrow, J. & Co. (Eds.) (1960), p. 8.. Blackburn tarixidagi eng tez oʻsish va rivojlanish davri sanoatlashtirish va toʻqimachilik ishlab chiqarishni kengaytirish bilan bir vaqtga toʻgʻri keladi.

Blackburnning toʻqimachilik sektori XX asrning oʻrtalaridan boshlab tanazzulga yuz tutadi va keyinchalik iqtisodiy nochorlik va uy-joy muammolari kabi holatlarga duch keladi. Blackburn 1958-yildan beri hukumat moliyalashtirishi va Yevropa mintaqaviy rivojlanish jamgʻarmasi hisobidan sezilarli sarmoyaga ega boʻlgan.

Tarixi

Toponimika link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/9d/BlackburnClockTower1906.jpg/170px-BlackburnClockTower1906.jpg|thumb| 1906-yilda Blackburnning eski soat minorasi Nomining kelib chiqishiga koʻra, u Blackwater daryosi va qadimgi inglizcha „burn“ soʻzining birikmasidan iborat boʻlishi mumkin, bu oqim degan maʼnoni anglatadi. Mahalliy muallif William Abram oʻzining 1877-yilda nashr etilgan Blackburn cherkovi, Lankaster okrugi: Blackburn, shahar va cherkov tarixi kitobida shaharning qadimgi nomni Black Bern deb atagan. Abram shuningdek, keyinchalik Blackburn yuzi deb nomlanuvchi mintaqa Blackberneshyre nomi bilan tanilganligini tasdiqlagan. Blackburn 1086-yilda Domesday Bookda Blacheborne nomi bilan qayd etilgan. John Speedning 1610-yilgi xaritasi chizilgan vaqtda shaharning nomi Blackburn boʻlgan. Shahar nomi shunchaki „qora kuyish“ yoki „qora oqim“ degan maʼnoni anglatishi mumkinligi haqidagi taxminlar ham mavjudMiller (1992), p. 6.Beattie (1992), p. 11.Survey and making of Domesday The UK National Archives. Retrieved 1 June 2014.

link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/09/BlackburnViewFromTank.jpg/300px-BlackburnViewFromTank.jpg|thumb|300x300px| Blackburndagi eng baland nuqtalardan biri|left

Taniqli odamlar

Siyosat va sanoat link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/5/5e/John_Morley%2C_1st_Viscount_Morley_of_Blackburn_-_Project_Gutenberg_eText_17976.jpg/170px-John_Morley%2C_1st_Viscount_Morley_of_Blackburn_-_Project_Gutenberg_eText_17976.jpg|thumb| John Morly, ingliz liberal davlat arbobi, yozuvchi va gazeta muharriri, 1838-yilda Blackburnda tugʻilgan. Jack Woker Walkersteel mahalliy poʻlat kompaniyasining egasi, 1929-yilda Balckburn shaharida tugʻilgan va 1974-yilda Kanal orollariga koʻchib oʻtgunga qadar shu yerda yashagan. U Blackburn Roversning sobiq egasi edi.

Siyosatda yetakchi sanoatchi, Blackburnning birinchi meri va Konservativ partiya raisi William Henry Hornby 1805-yilda shaharda tugʻilgan. John Morly liberal davlat arbobi, yozuvchi va gazeta muharriri 1838-yil shu shaharda tugʻilgan. U 34 yil davomida (1945 — 1979) Blackburnda deputat boʻlgan va mehnat unumdorligi boʻyicha Davlat kotibi, Birinchi Davlat kotibi va Leyboristlar hukumatlari qoshidagi ijtimoiy xizmatlar boʻyicha Davlat kotibi lavozimlarida ishlagan. Shu shaharda tugʻilgan Sajjad Karim (1970-yilda tugʻilgan) 2004 va 2019-yillar orasida Shimoliy Gʻarbiy Angliya boʻyicha Yevropa parlamenti aʼzosi boʻlib ishlagan.

Sanʼat va musiqa Tony Ashton (1946–2001), rok musiqachisi Michael Billington (1941–2005), aktyor William Billington (1825–1884), yozuvchi Josephine Cox (1938–2020), fantastika yozuvchisi Ross Eccles (1937-yil tugʻilgan), zamonaviy rassom Kathleen Ferrier (1912–1953) Clive Gardiner (1891-1960), artist, dizayner Michael Gibson (1980-yil tugʻilgan), teleboshlovchi va hujjatli film rejissyori Barry Gray (1908–1984), kompositor Kathleen Harrison (1892–1995), aktrisa"Biography for Kathleen Harrison", Internet Movie Database. Retrieved 14 May 2006 Tez Ilyas (1983-yil tugʻilgan), stand-up komiki Russell Harty (1934–1988), teleradiokompaniya egasi Ethel Carnie Holdsworth (1886–1962), yozuvchi va feminist Lee Mack, (1968-yil tugʻilgan), aktyor/komik Grace Davies, (1997-yil tugʻilgan), qoʻshiqchi Sarah Martin (1974-yil tugʻilgan), musiqachi Ian McShane (1942-yil tugʻilgan), aktyor Tony O'Neill, (1978-yil tugʻilgan), yozuvchi Steve Pemberton (1967-yil tugʻilgan), aktyor"Steve Pemberton", Internet Movie Database. Retrieved 6 September 2006. Wendi Peters (1968-yil tugʻilgan), aktrisa Ronald Stevenson (1928–2015), Shotlandiya bastakori Jeanette Threlfall (1821–1880), Xristian madhiyasichisi va shoiri Debbie Travis (1960-yil tugʻilgan), teleboshlovchi Anthony Valentine (1939–2015), aktyor Diana Vickers (1991-yil tugʻilgan), qoʻshiqchi va aktrisa Alfred Wainwright (1907–1991), qoʻllanma muallifi Jon Walmsley (1956-yil tugʻilgan), musiqachi va aktyor Michael Winterbottom (1961-yil tugʻilgan), film maker William Wolstenholme (1865–1931), koʻzi koʻr kompozitor va organ cholgʻuvchisi William Woodruff (1916–2008), tarixchi AJ Odudu (1988-yil tugʻilgan), teleboshlovchi

Manbalar

Turkum:Angliya shaharlari