„In Plenty and In Time of Need“ — Barbados davlatining milliy madhiyasi. Madhiya soʻzlari musiqachi Irving Burgie tomonidan yozilgan va C. Van Roland Edvards tomonidan bastalangan. 1958-yildan 1962-yilgacha Vest-Indiya federatsiyasining bir qismi sifatida Barbados davlati madhiyasi „Forged from the Love of Liberty“ qoʼshigʼi boʻlishi kerak edi (hozirda bu Trinidad va Tobago milliy madhiyasi), ammo hozirgi madhiya yaratilgan. Madhiya 1966-yil 30-noyabrda mustaqillikka erishgandan soʻng qabul qilingan. Madhiya rasman qabul qilinishi esa qiyin kechgan.
Tarix Madhiyani C. Van Roland Edvards (1912—1985) bastalagan. Qisman koʻr boʻlgan bastakor Edvardsga „In Plenty and In Time of Need“ kompozitsiyasida qizlari Nannette va Eullia yordam berishdi. Qoʻshiq soʻzlarini Nyu-Yorklik (Bruklin) musiqachi Irving Burgi (1924—2019) yozgan, uning onasi barbadoslik va otasi amerikalik hisoblanadi. Bruce St. John, Frank Collymore, Enid Lynch, George Lamming, Gerald Hudson va John Fletcherlardan iborat qoʻmita Van Roland Edwards kompozitsiyasini milliy madhiya sifatida tanladi va Van Roland Edwards 500 barbados dollari bilan mukofotlandi.
Madhiya birinchi marta 1966-yil 30-noyabrda Mustaqillik kunida ijro etilgan. 1967-yilda madhiya musiqasi qirollik Barbados politsiya guruhining inspektori Prince Cave tomonidan qayta tartibga solingan va asl ohangni saqlab qolgan holda unga yanada uygʻunlik bergan.
Matn
IIII In plenty and in time of need When this fair land was young Our brave forefathers sowed the seed From which our pride is sprung A pride that makes no wanton boast Of what it has withstood That binds our hearts from coast to coast The pride of nationhood
Xor: We loyal sons and daughters all Do hereby make it known These fields and hills beyond recall Are now our very own We write our names on history's page With expectations great Strict guardians of our heritage Firm craftsmen of our fate
Madhiya boʻyicha qoidalar Barbados hukumati Davlat madhiyasi uchun quyidagi qoidalarni belgilaydi:
Madhiya ijrosi davomida harakat qilish 1. Davlat madhiyasi yangraganda, hozir boʻlgan barcha tinch aholi tik turishi va erkaklar bosh kiyimi yechilgan holatda boʻlishi kerak. Formadagi shaxslar koʻrsatmalarga muvofiq harakat qilishlari kerak.
Foydalanish qoidalari 2. Davlat madhiyasi sheʼr yoki qoʻshiqda parodiya qilinmasligi va uni rasman tan olinganidan boshqa tempda ijro etish mumkin emas.
Manbalar
Havolalar Streaming audio of the national anthem of Barbados, with information and lyrics (archive link) Turkum:Barbados Turkum:Madhiyalar