Nagasaki universiteti (Nagasaki Daigaku)frameless Turi Milliy Tashkil etilgan 1949-yil Universitet prezidenti Shigeru Katamin Manzil Nagasaki Yaponiya Kampus Shahar Veb-sayt www.nagasaki-u.ac.jp/en Nagasaki universiteti (yaponcha: 長崎大学, Nagasaki daigaku) Yaponiyaning milliy universiteti, uning yana bir nomi Chodai (). Universitetning asosiy korpusi Yaponiyaning Nagasaki prefekturasi markazidagi Nagasaki shahrida joylashgan.
Tarixi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/96/Nagasaki_Medical_College.jpg/200px-Nagasaki_Medical_College.jpg|thumb|200x200px| Meiji davridagi Nagasaki tibbiyot kolleji link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/4e/Nagasaki_1945_-_Before_and_after_%28adjusted%29.jpg/200px-Nagasaki_1945_-_Before_and_after_%28adjusted%29.jpg|thumb|219x219px| Nagasaki atom bombasidan oldin va keyin. „17“: Nagasaki tibbiyot kolleji, „20“: kasalxona link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/94/NagasakiUniv_Katafuchi_KeirinHall.jpg/200px-NagasakiUniv_Katafuchi_KeirinHall.jpg|thumb|200x200px| Katafuchi kampusidagi Keyrin zali, 1919-yilda qurilgan Nagasaki universiteti 1949-yilda bir nechta milliy institutlarni, xususan, Nagasaki tibbiyot kollejini (shu jumladan, kollej kasalxonasi va farmatsevtika fanlari kolleji), Nagasaki iqtisodiyot kolleji, Nagasaki oddiy maktabi, Nagasaki yoshlar maktabi va Nagasaki oʻrta maktabini oʻz ichiga olgan holda tashkil etilgan.
Yangi asosiy kampus (Bunkyo Campus) ilgari Mitsubishi Arms Factory (Ohashi zavodi) zavodi hududida joylashgan.
Nagasaki tibbiyot kolleji Binolarining eng qadimgisi Nagasaki tibbiyot kollejidir. U 1857-yil noyabr oyida Tokugava Shogunate filiali tomonidan sifatida tashkil etilgan. Birinchi professor J.L.C. Pompe van Meerdervoort boʻlgan. Institut Yaponiyadagi birinchi gʻarbiy uslubdagi (Kampo emas) tibbiyot maktablaridan biri boʻladi. 1861-yilda Nagasaki kasalxonasiga asos solinadi va Meiji restavratsiyasidan keyin maktab jamoat (prefektura, keyinchalik milliy) tibbiyot maktabiga aylantiriladi. U 1901-yilda ga, soʻngra ga aylantiriladi.
Yaponiya Tinch okeanidagi urushda qatnashgandan soʻng, tibbiyot kolleji urushda koʻmak berish uchun bir nechta institutlarni oʻziga qoʻshib oladi, masalan, Vaqtinchalik Tibbiyot kolleji (1940) va Sharqiy Osiyo Endemik tadqiqot instituti (1942, bugungi kunda Tropik tibbiyot instituti). 1945-yil 9-avgustda kollej atom bombasidan katta zarar koʻradi, chunki u gipomarkazdan atigi 500-700 metr uzoqlikda joylashgan edi. 800 dan ortiq professor, talabalar va tibbiyot xodimlari halok boʻladi. Kollej 1945-yil sentyabr oyida Omuraga, keyin esa 1946-yilda Isahayaga koʻchiriladi. Eski kampus (Sakamoto kampusi) 1950-yilda Nagasaki universitetiga birlashtirilgandan soʻng qayta tiklanadi.
Tropik tibbiyot instituti link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/f7/Institute_of_Tropica_lMedicine_Nagasaki_University.jpg/200px-Institute_of_Tropica_lMedicine_Nagasaki_University.jpg|thumb|200x200px| Nagasaki universiteti Tropik tibbiyot instituti Tropik Tibbiyot instituti (長崎大学熱帯医学研究所, NEKKEN yoki NUITM) dastlab Sharqiy Osiyodagi endemik kasalliklar boʻyicha asosiy va amaliy tadqiqotlarni oʻtkazish uchun Nagasaki tibbiyot kolleji qoshida tashkil etilgan. 1949-yilda institut boshqa muassasalar bilan birlashtirilib, Milliy maktabni tashkil etish toʻgʻrisidagi qonunning yangi qaroriga binoan Nagasaki universiteti qoshida ochilgan.
1946-yildan beri NUITM tadqiqotchilari tropik va rivojlanayotgan kasalliklar boʻyicha fundamental va amaliy tadqiqotlar oʻtkazadilar. Bu yuqumli kasalliklar epidemiologiyasini oʻrganish va yuqumli kasalliklarga qarshi emlash va terapevtikani ishlab chiqishni oʻz ichiga oladi. NUITM tadqiqotchilari yangi paydo boʻlgan va qayta paydo boʻlgan kasalliklarni oʻrganish uchun Vetnamda Filippinda va Keniyada bir qancha xalqaro tadqiqot hamkorliklarini oʻrnatdilar. Institut Vetnam va Keniyada tadqiqot stansiyalariga ega. Uning diqqatga sazovorligi shundaki, Keniyada olib borilgan dala tadqiqotlari mashhur qoʻshiq, roman va xayriya jamgʻarmasini ilhomlantirgan, hamda The Lion standing in the wind (Shamolda turgan sher) filmida ham namoyish etilgan.
Tropik tibbiyot va sogʻliqni saqlash sohasidagi taʼlim va tadqiqot boʻyicha dunyodagi yetakchi institutlardan biri sifatida tanilgan va Yaponiya yuqumli kasalliklar tadqiqot konsorsiumining aʼzosi.
Yuzdan ortiq aspirantlar tahsil olayotgan NUITM qoʻshni mamlakatlarda shifokorlar salohiyatini kuchaytirish dasturini amalga oshiradi va MEXT, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi) orqali Afrika, Janubiy Amerika va Osiyodagi yirik muassasalar tarmogʻi bilan hamkorlik qiladihttps://www.jica.go.jp/english/publications/j-world/c8h0vm00008mqace-att/1401_03.pdf . Rivojlanishga rasmiy yordam (Yaponiya) (ODA), Yaponiya tibbiy tadqiqotlar va taraqqiyot agentligi (AMED) va JSST ham shular jumlasidandir. Institut JSSTning tropik va rivojlanayotgan virusli kasalliklarni tadqiq qilish va maʼlumot olish boʻyicha hamkorlik markazi va JSSTning COVID-19 uchun tasdiqlovchi testini taʼminlovchi referent laboratoriyalari sifatida ishlaydi.
COVID-19 pandemiyasiga javoban institut COVID-19 ga qarshi yuqumli kasalliklar boʻyicha xalqaro konsortsiumga (Favqulodda yordam jamgʻarmasi)https://www.mext.go.jp/content/20200220-mxt_senryaku-000005018_1.pdf , yangi koronavirus, SARSga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish boʻyicha xalqaro tadqiqot hamkorligiga rahbarlik qilgan. NUITM tadqiqotchilari mahalliy sogʻliqni saqlash institutlari bilan hamkorlikda SARS-CoV-2 diagnostikasi, jumladan, yangi diagnostika vositalarini ishlab chiqish boʻyicha saʼy-harakatlarni boshlaganlar. Texnologiyalarni uzatish va Janubi-Sharqiy Osiyodagi hamkasblari bilan hamkorlik natijasida, kasallik Yaponiya va Janubi-Sharqiy Osiyoda qanday tarqalishiga oydinlik kiritilgan.
Nagasaki iqtisodiyot kolleji Yana bir muhim oʻquv binosi Nagasaki iqtisodiyot kolleji hisoblanadi. U 1905-yil mart oyida sifatida tashkil etilgan. Bu Tokio (1887), Kobe (1902) va Yamaguchi (1905-yil fevral) dan keyin Yaponiyadagi toʻrtinchi milliy tijorat kolleji boʻlib, talabalarni Xitoy, Koreya va Janubi-Sharqiy Osiyo bilan biznes hamkorliklarini shakllantirib, oʻqitishga qaratilgan. 1917-yilda u savdo sohasini oʻqitish uchun tezkor kurs (bir yillik kurs) qoʻshadi va kurs talabalari uchun bino 1919-yilda qurilgan (bugungi kunda Keyrin Hall da joylashgan).
1944-yilda muassasa deb oʻzgartiriladi. 1945-yil 9-avgustda Nagasaki atom bombasi zarbasiga uchragan boʻlsa-da, kollej binolari Kompira togʻi tomonidan himoyalangani sabab zarar benihoya koʻp boʻlmaydi. Uning kampusi (Katafuchi kampusi) Nagasaki universitetining Iqtisodiyot fakulteti tomonidan foydalanilgan.
Bakalavr maktablari
Bunkyo kampusi
Global gumanitar va ijtimoiy fanlar maktabi Taʼlim fakulteti Farmatsevtika fanlari fakulteti Muhandislik fakulteti Atrof-muhitni oʻrganish fakulteti Baliqchilik fakulteti
Sakamoto kampusi
Tibbiyot maktabi Stomatologiya maktabi
Katafuchi kampusi
Iqtisodiyot fakulteti
Oliy maktablar
Oliy taʼlim maktabi (faqat magistratura kurslari) Oliy iqtisodiyot maktabi Fan va texnologiya oliy maktabi Biotibbiyot fanlari oliy maktabi Xalqaro sogʻliqni saqlashni rivojlantirish oliy maktabi (faqat magistratura kurslari uchun) Global gumanitar va ijtimoiy fanlar oliy maktabi
Tadqiqot institutlari
Atom bombasi kasalliklari instituti, Nagasaki universiteti biotibbiyot fanlari oliy maktabi
Xorijiy universitet va institutlar bilan hamkorlik va memorandum
Islom universiteti, Bangladesh (Memorandum)
Munozara 2019-yil aprel oyida Nagasaki universiteti oʻz kampusida chekishni taqiqlagani uchun tanqid ostiga olinadi. Bu oʻqituvchilarni ishga olinishiga toʻsqinlik qiladi. Koʻplab chekuvchilar va chekmaydiganlarga nisbatan qoʻllangan bu chora ularning shaxsiy hayotiga aralashish deb hisoblandi. Koʻpchilik insonlar, chekish ularning ish faoliyati bilan bogʻliq emasligini taʼkidlaydi.
Bir necha kishi kamsitilgani uchun universitet ustidan sudga murojaat qilgan. Biroq, hozircha hech qanday daʼvo hal qilinmagan.
Taniqli bitiruvchilar
Takashi Nagai, radiologiyaga ixtisoslashgan shifokor, A-bomba qurboni. Osamu Shimomura, organik kimyogar va dengiz biologi, 2008-yilda ikki amerikalik kimyogar bilan yashil floresan oqsilni kashf etgani va ishlab chiqqani uchun kimyo boʻyicha Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.
Yana qarang
JSSV Yaponiya Yaponiyada taʼlim Nagasaki
Manbalar
Havolalar
Nagasaki universiteti Turkum:Yaponiyadagi universitetlar Turkum:Nagasaki