Fábio Leandro Freitas Guveia Carvalho (2002-yil 30-avgustda tugʻilgan) — portugaliyalik professional futbolchi, Premer-liganing „Liverpul“ klubida qanot himoyachisi yoki hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Portugaliyani xalqaro miqyosda 21 yoshgacha boʻlganlar darajasida himoya qiladi.
Yoshligi Carvalho Portugaliyaning Lissabon okrugidagi Torres Vedras shahrida tugʻilgan. U yoshligida Benfika futbol akademiyasida oʻynagan, 2013-yilda oilasi bilan Angliyaga London shahriga koʻchib oʻtgan.
Klub faoliyati
Fulxem 2020-yilning may oyida Carvalho oʻzining „Fulxem“ jamoasi bilan ikki yillik professional shartnomasini imzoladi. 23-sentyabr kuni u asosiy jamoadagi debyutini EFL kubogi doirasidagi „Sheffild Uensdey“ jamoasiga qarshi oʻtkazdi va jamoa bilan oʻyinda 2:0 hisobida gʻalaba qozondi.
U 2021-22-yilgi mavsumni ajoyib boshladi va oʻzining dastlabki beshta oʻyinida uchta gol urdi. Natijada, 2021-yil avgust oyining eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.
Liverpul U 2022-yilning may oyida 5 funt sterling evaziga Premer-liganing „Liverpul“ klubi bilan shartnoma imzolashga rozi boʻldi, shartnoma boʻyicha potentsial ravishda 7,7 funt sterlingga koʻtariladi qoʻshimchalar bilan 1-iyul kuni transfer rasmiylashtirildi va ikki kundan keyin uni rasman klub tarkibida ekani eʼlon qilindi.
Xalqaro faoliyati U Angliya terma jamoasini 18 yoshgacha boʻlgan terma jamoasini himoya qilgan.
U keyinchlik 2022-yil 17-mart kuni Islandiyaga qarshi Yevropa chempionati saralash oʻyinlari oldidan Portugaliyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga chaqirilgan.
Faoliyat statistikasi +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar Klub Mavsum Liga Angliya kubogi EFL kubogi Yevropa Boshqa Jami Boʻlim Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Fulxem U23 2018-19 — — — — 1 0 1 0 2019-20 — — — — 3 0 3 0 2020-21 — — — — 2 0 2 0 Jami — — — — 6 0 6 0 Fulxem 2020-21 Premer-liga 4 1 1 0 1 0 — — 6 1 2021-22 Chempionat 36 10 2 1 0 0 — — 38 11 Jami 40 11 3 1 1 0 — — 44 12 Liverpul 2022-23 Premer-liga 0 0 0 0 0 0 0 0 1 0 1 0 Karyera jami 40 11 3 1 1 0 0 0 7 0 51 12
Mukofatlar Fulxem
EFL chempionati: 2021-22-yillar.
Liverpul
FA hamjamiyat qalqoni: 2022-yil.
Individual
EFL oyining eng yaxshi yosh futbolchisi: 2021-yil avgust. Yilning PFA jamoasi: 2021-22-yilgi chempionati.
Manbalar
Havolalar
Liverpul FC veb-saytidagi profil Portugaliya futbol federatsiyasi veb-saytidagi profil
Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2002-yilda tugʻilganlar Turkum:Erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:Fulham F.C. futbolchilari Turkum:Liverpool F.C. futbolchilari Turkum:RB Leipzig futbolchilari Turkum:Hull City A.F.C. futbolchilari Turkum:Brentford F.C. futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar