EgyptAir – aviakompaniya, Misr avia tashuvchisi va Star Alliance aʼzosi. Aviakompaniyaning asosiy markazi Qohira xalqaro aeroporti hisoblanadi. Aviakompaniya toʻliq Misr hukumatiga tegishli boʻlib , Yevropa, Afrika, Yaqin va Uzoq Sharq, Amerika Qoʻshma Shtatlari va Kanadadagi 70 dan ortiq aeroportlarga rejali yoʻlovchi va yuk tashish xizmatlarini koʻrsatadi va ichki aviasayohat bozorida faol ishtirok etadi.
EgyptAir Afrikadagi ikkinchi yirik aviakompaniyadir. Aviakompaniya 2008-yil 11-iyulda Star Alliancega qoʻshiladi va alyansning Yaqin Sharqdagi birinchi aʼzosiga aylanadi.
Aviakompaniyaning emblemasi Misr mifologiyasida osmon xudosi Gorning tasviri boʻlib, odatda lochin yoki lochin boshli odam sifatida tasvirlangan. Manbalar
Havolalar
Rasmiy sayt
Turkum:Misr aviakompaniyalari