Freya Allan (6-sentabr, 2001-yil, Oxford, Birlashgan Qirollikda tugʻilgan) — buyuk britaniyalik aktrisa. Allan Netflix suratga olgan serial — The Witcherda Cintra saltanati taxt vosirisi malika Cirilla roli bilan mashhur. U, shuningdek, 2021-yilgi Gunpowder Milkshake filmida yosh Sam sifatida va AMC telekanali efirga uzatgan Into the Badlands filmida yosh beva ayol sifatida paydo boʻladi.
Biografiyasi Freya Allan 2001-yilning 6-sentyabr sanasida Angliyaning Oksford shahrida tug‘ilgan va ushbu shahardagi Headington maktabida tahsil olgan. Allan oʻzining sanʼatkorlik taʼlimini Buckinghamshireda joylashgan Beaconsfielddagi National Film and Television School (Mahalliy film va televedeniye maktabi)da davom ettiradi.
U yerda aktyorlik faoliyati doirasida ikkita qisqa metrajli filmlar— Bluebird and The Christmas Tree filmlarida rol oʻynaydi. Allan Bournemouth san'at universitetida oʻqishni davom ettiradi va u yerda Captain Fierce qisqa metrajli filmida Linda rolini ijro etadi.
Faoliyati Allan 2019-yilgi BBC telekanali efirga uzatgan dramatik britaniya televizion seriali — "The War of the Worldsning birinchi epizodida kichik rol oʻynagan.
Oʻsha yili u Schön! jurnali oʻzlarining 10 yilligini nishonlayotgan paytda, jurnalning birinchi muqovasida paydo boʻldi.
Allan Netflix original seriali The Witcherda Ciri rolidagi Anya Chalotra hamda Henry Cavill bilan birga rol oʻynaydi. Bu serial polshalik yozuvchi Andrzej Sapkowskining The Witcher kitoblari seriyasidan Lauren Schmidt Hissrich tomonidan moslashtirilgan fantastik dramadir.
U dastlab birinchi epizodda kichik rolga tayinlangan, ammo keyinchalik Ciri obrazida, asosiy rol sifatida qayta ishlaganHarp, Justin; Opie, David (19 December 2019). "The Witcher star says casting was „a really bizarre, confusing experience“". Digital Spy. Retrieved 9 March 2020.. Allan sakkiz oy davomida Vengriyaning Budapesht shahrida yashaydi va ushbu davr mobaynida serialning birinchi mavsumi suratga olinadi. Aktrisa 2020-yil boshida Londonda ishlab chiqarilgan va 2021-yilda Netflix-da chiqarilgan "The Witcher" filmining ikkinchi mavsumida ham rol o‘ynagan.
Allan 2021-yilgi Saturn mukofoti uchun teleserialdagi yosh aktyor tomonidan eng yaxshi ijro nominatsiyasiga nomzod boʻladi. saturnawards.org. 2021. Archived from the original on 14 August 2021.. Allan qahramoni Ciri 2-mavsumda Witcher bilan birga jangchi boʻlish uchun mashgʻulotlarda paydo boʻladi.
2021-yilda Allan Ruby Barker bilan birga boʻlajak Baghead qoʻrqinchli filmida bosh rolga tayinlangan. Film rejissyori Alberto Corredor boʻlgan.
Filmografiyasi
Filmlarda YilSarlavhaRolIzohlar2017BluebirdCaitlinQisqa metrajli filmThe Christmas TreeChristmas tree girlCaptain FierceLinda2021Gunpowder MilkshakeYoung SamTBABaghead
Televizion rollari YilSarlavhaRolIzohlar2018Into the BadlandsYoung Minerva1ta epizod2019The War of the WorldsMary1ta epizod2019-presentThe WitcherCirilla „Ciri“Bosh rol2020The Third DayKaliMiniserial; 5ta epizod
Mukofotlar va nominatsiyalari YilMukofotKategoriyaNomzod serial/filmNatija2021Saturn AwardsBest Performance by a Younger Actor on a TV SeriesThe Witcher
Manbalar
Havolalar
Turkum:Angliyalik televideniye aktrisalari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2001-yilda tugʻilganlar Turkum:Angliyalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar