„Pechal“ (, yaʼni „Qaygʻu“) — „Kino“ sovet rok musiqa guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1989-yil eʼlon qilingan ayni nomli studiyaviy albomiga sakkizinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Shuningdek, qoʻshiq Fransiyada yozib olingan „Posledniy geroy“ albomiga ham kiritilgan.
„Pechal“ qoʻshigʻi guruh faoliyatining soʻnggi yillaridagi konsertlarda tez-tez ijro etilgan. Tarona Valeriy Leontyevga tegishli studiyada yozib olingan. „Posledniy geroy“ albomiga kirgan versiya esa Fransiyada yozib olingan.
Qoʻshiq yozilishi tarixi haqida produser va yozuvchi Oleg Kovriga xotiralaridan maʼlum. Kovriga 1980-yillarda kvartiralarda konsertlarni uyushtirgan. 1985-yilning yanvarida Kovriga Aleksandr Nesmelov uyida „Kino“ guruhi solisti Viktor Soy va Mayk Naumenkoning konsertini uyushtirgan.
1989-yilda „Pechal“ qoʻshigʻi uchun klip suratga olingan. „Zvezda po imeni Solnse“, „Stuk“ va „Pachka sigaret“ qoʻshiqlari videolari singari „Pechal“ qoʻshigʻi klipi ham „Vzglyad“ dasturi guruhi tomonidan ishlangan. Bundan tashqari, qoʻshiq jonli ijrosining bir nechta yuqori sifatli videoyozuvi mavjud. Bu kadrlar asosan 1990-yilga tegishli.
„Pechal“ qoʻshigʻini bir necha xonanda hamda musiqiy guruh kaver qilgan. Xususan, „Yu-Piter“ guruhi ashulani oʻz konsertlari davomida ijro etgan. „Kukriniksi“ guruhi esa Soy xotirasiga bagʻishlangan „KINOprobi“ (2000) albomi uchun qoʻshiqni kaver qilgan. Shuningdek, „Pechal“ qoʻshigʻini rus xonandasi „Zemfira“ ham ijro etgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Kino qoʻshiqlari Turkum:1989-yil qoʻshiqlari Turkum:Rus tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar