Panjikent devoriy suratlari – Tojikistonning qadimgi Soʻgʻdiyonaning Panjakent shahrida islomgacha boʻlgan davrning eng mashhur devoriy surati. thumb|250px|right|Sankt-Peterburgning Ermitaj muzeyidagi Panjikent devoriy surati Mazkur hududdan koʻplab devoriy suratlar topilgan va ularning aksariyati hozirda Sankt-Peterburgdagi Ermitaj muzeyida va Dushanbedagi Tojikiston Milliy asarlar muzeyida saqlanadi. Devoriy rasmlarda Panjikentdagi soʻgʻd va turkiy elitasi, ularning kelib chiqishi boshqa xorijiy savdogar bilan savdo aloqalarini koʻrish mumkinThe Sogdians: Influencers on the Silk Roads, The City of Panjikent and Sogdian Town-Planning by Alexander Brey. Smithsonian Institution.. Suratlarda qadimgi turkiy liboslar, qurol-yarogʻ buyumlari, marosim kosalari bilan sezilarli oʻxshashlik qiyosiy tadqiqotlar natijasida qayd etilgan. Panjikent devoriy suratlari eramizning V asr oxiri VI asr boshlarigacha boʻlgan eng qadimgi soʻgʻd suratlari boʻlib, undan oldin Bolaliktepa Toxaristonning eftalit devoriy suratlari mavjud boʻlib, ular ikonografik va uslubiy taʼsirga ega boʻlgan. Bundan tashqari, mahalliy zardushtiylik, nasroniylik, buddaviylik va hind kultlari bilan bir qatorda yunon bezak uslublarining ellinistik taʼsirini ko’rish mumkin. Ushbu suratlar 722-yilda Abbosiylar xalifaligining bostirib kirishi bilan yaʼni musulmonlar tomonidan Movarounnahrni bosib olishi bilan koʻplab sanʼat asarlari shikastlangan va yoʻq qilingan.

Manbalar

Turkum:Soʻgʻdlar Turkum:Tasviriy sanʼat