Kulrang boshli albatrosБёме Р. Л., Флинт В. Е. Пятиязычный словарь названий животных. Птицы. Латинский, русский, английский, немецкий, французский / Под общ. ред. акад. В. Е. Соколова. — М.: Русский язык, РУССО, 1994. — С. 15. — 2030 экз. — ISBN 5-200-00643-0. () — albatrossimonlar oilasiga mansub yirik dengiz qushi. Aylana qutbda tarqalgan va Janubiy okeandagi alohida orollarda koʻpadi. U yuqori kengliklardagi dengizda oziqlanadi, boshqa albatroslarga qaraganda janub tomonga uzoqroq boradi. U oʻz nomini bosh va boʻyinning kulrang rangidan olgan.

Etimologiya Kulrang boshli albatros oʻzining ilmiy oʻziga xos nomini „xrizostoma“ („xrusos“ — „oltin“ va „stoma“ — „ogʻiz“)dan sariq tumshugʻi uchun olganGotch, A. F. (1995).

Tashqi koʻrinish Oʻrtacha, kulrang boshli albatros uzunligi 81 sm gacha oʻsadi. Uning boshi va boʻyni toʻq kulrang. Qanotlarning yuqori tomonlari, koʻkrak, orqa va dum qismi deyarli qora rangda. Qanot, qorin, qanotlarning pastki qismlari oq, koʻzlarining orqasida oq yarim doira shakli mavjud. Tumshugʻi qora, ammo tumshugʻining oʻta yuqori va pastki qismi ochiq sariq, uchi toʻq sariq-pushti rangda. Qanotlarning pastki tomonlari oq rangda, oldingi chetida keng qora chiziq bor. Qanotning orqa chetida qora chiziq bor. Yosh qushlarning tumshugʻi va boshi qora, koʻz orqasidagi yarim oylar noaniq, qanotining pastki qismi deyarli butunlay to'q rangliBirdLife International (2008)(a).

Parvoz Kulrang boshli albatros eng tez gorizontal parvozga ega qush sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan (). 2004-yilda bunday parvozning tezligi 127 km/soat qayd etilgan boʻlib, albatros ushbu tezlikni 8 soatdan koʻproq vaxt ushlab turgan va Antarktika boʻroni paytida Janubiy Jorjiya orolidagi uyasiga qaytganFastest bird — level flight — Explore Records — Guinness World Records.

Areal va yashash joyi left|thumb thumb Kulrang boshli albatros Janubiy okeandagi bir nechta orollarda katta koloniyalarda koʻpayadi. Janubiy Jorjiya orolida katta ularning naslchilik koloniyasi mavjud. Kichikroq koloniyalar Hind okeanidagi Diego Ramires, Kergelen, Krozet, Shahzoda Eduard orollarida, Yangi Zelandiya janubidagi Kempbell va Makkuari orollarida hamda Chili qirgʻoqlari yaqinidagi qator orollarda joylashgan. Ular joʻjalarni boqish uchun ozuqa izlab janubga Antarktika kamariga qadar boradiPrince, et al. (1998)Phillips, et al. (2004). Shahzoda Eduard arxipelagidagi Marion orolida uya qurgan albatroslar ham ozuqa izlab subtropik suvlarga boradilarNel, et al. (2001).

Yosh yoki kasal boʻlgan qushlar Janubiy okeanBirdLife International (2008) boʻylab bemalol koʻchib, shimolga 35 gradus janubiy kenglikgacha boradiNel, et al. (2001).

Oziqlanish left|thumb|Kulrang boshli albatros joʻjasi Kulrang boshli albatroslar, boshqa albatroslardan farqli oʻlaroq, qitʼa shelflariga qaraganda ochiq okeanda koʻproq vaqt oʻtkazadilar. Ochiq dengizda ular asosan kalmarni ovlaydilar, lekin boshqa boshoyoqli mollyuskalar, baliqlar, qisqichbaqasimonlar va shuningdek, oʻlaksalar hamda minogalarPrince (1980)Cherel, et al. (2002)Xavier, et al. (2003)Arata, et al. (2004) ni ham iste'mol qiladilar. Antarktika krilli ushbu turning ratsionida kichikroq joyni egallaydi, aniqrogʻi, ochiq dengizda qirgʻoq yaqiniga qaraganda kamroq krilllar bor. Kulrang boshli albatroslar oʻlja uchun 7 metr chuqurlikka shoʻngʻiydilar, ammo ular buni juda kamdan-kam holarda amalga oshiradilar.

Koʻpayish thumb Ular oʻtdan tik yon bagʻirlarda yoki qoyalarda katta uyalar quradilar. Faqat bitta tuxum qoʻyadi, inkubatsiya jarayoni 72 kun davom etadi. Qushlar orolida (Janubiy Jorjiya qirgʻoqlari yaqinida) oʻtkazilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, ota-onalar qushalar joʻjaga har 1,2 kunda oʻrtacha 616 gramm ovqat olib kelishadi, joʻjaning maksimal vazni taxminan 4,9 kg ni tashkil qiladi. Joʻjalar uchishdan oldin vazn yoʻqotishga moyil. Ular tuxumdan chiqqanidan keyin 141 kun oʻtgach, koloniyani tark etishadi va 6-7 yildan keyin qaytib kelishadi. Oʻzining tugʻilgan oroliga qaytganidan bir necha yil oʻtgach, yosh albatroslar koʻpaya boshlaydi. Shu bilan birga, joʻjani muvaffaqiyatli tarbiyalab, juftlik keyingi yil dam oladi. Koʻp yillar davomida koloniyadan tashqarida boʻlgan yosh albatroslar juda katta masofalarni bosib oʻtadi, ular koʻpincha Yerni bir necha marta aylanib chiqadi.

Naslchilik populyatsiyalari va ularning rivojlanish tendentsiyalarithumb Uya qurish joyi Qushlar soni Sana Rivojlanish tendentsiyasi Janubiy Jorjiya oroli 48 000 juft 2006-yil Pasayish Marion oroli 6200 juft 2003-yil Barqaror Shahzoda Eduvard oroli 3000 juft 2003-yil Kempbell oroli 7800 juft 2004-yil Pasayish Makquari oroli 84 juftlik 1998-yil Krozet oroli 7905 juft 1998-yil Kergelen oroli 16 408 juft 2002-yil Diego Ramires orollari 5940 juft 1998-yil JAMI 250 000 2004-yil Pasayish

Turlarni himoya qilish left|thumb|1849-yil, Jorj Robert Grey thumb IUCN kulrang boshli albatrosni zaif deb tasniflaydi va ushbu turni tez kamayib borayotganini taʻkidlaydia b BirdLife International (2008). Bu tur 79 000 000 kvadrat kilometr suv maydonida joylashgan boʻlib, koʻpayish maydoni atigi 1 800 kvadrat kilometrni tashkil etadi va 2004-yilda ularning soni 250 000 ga yaqin ediCroxall & Gales (1998)Brooke, (2004). Shu bilan birga, Janubiy Jorjiya orolidaPoncet, et al. (2006), Marion orolida Shahzoda Eduard arxipelagida 6200 juftCrawford, et al. (2003), Shahzoda Eduard orolida - 3000 juftMoore (2004)Ryan, et al. (2003), Kempbell orolida 7800 juft, Chili qirgʻoqlarida 16408 juftArata & Morena (2002), Makquari orolida 84 juft, Krozet va Kerguelen orollarida mos ravishda 5940 juft va 7905 jufta b Gales (1998) naslchilik qushlari aniqlangan. left|thumb Koʻplab tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, kulrang boshli albatros populyatsiyasi kamayib bormoqda. Soʻnggi 30 yil ichida Ptichye oroli da qushlar soni 20-30% ga kamaydiCroxall et al. (1998). Marion orolida 1992-yilgacha yiliga 1,75% ga kamaydi, ammo hozir u barqaror koʻrinadiNel et al. (2002). Kempbell orolida 1940-yillardan beri kulrang boshli albatroslar soni 79-87% ga kamaydiTaylor, (2000). Umuman olganda, bu turning soni soʻnggi 90 yil ichida (3 avlod) 30-40% ga kamaydi. 1997- va 1998-yillarda Hind okeanida qush patlarini (Dissostichus eleginoides) noqonuniy va tartibsiz yig‘ish natijasida 10-20 000 albatroslar, asosan kulrang boshlilar nobud bo‘lganCCAMLR (1997)CCAMLR (1998)Nel et al. (2002)(a). Kulrang boshli albatroslar baliq ovlash toʻrlarida ushlangana b Gales (1998). Bundan tashqari, ushbu turga global isish tufayli oziq-ovqat taʻminotining maʻlum miqdorda qisqarishi taʻsir qilishi mumkin.

Kulrang boshli albatros koʻpgina orollarida oʻrganiladi. Bundan tashqari, Shahzoda Eduard oroli qoʻriqxona hisoblanadi, Kempbell va Makkuari orollari esa YuNESKOning Butunjahon merosi ob'ektlari sifatida tan olinganArata, J.; Moreno, C. A. (2002). «Progress report of Chilean research on albatross ecology and conservation». Convention for the Conservation of Antarctic Marine Living Resources Working Group on Fish Stock Assessment..

Manbalar

Adabiyotlar

Arata, J.; Robertson, G.; Valencia, J.; Xavier, J. C.; Moreno, C. A. (2004). «Diet of Grey-headed Albatrosses at Diego Ramirez Islands, Chile: ecological implications». Antarctic Science (16): 263—275. BirdLife International (2008). Thalassarche chrysostoma. In: IUCN 2008. IUCN Red List of Threatened Species. Downloaded on 22 Feb 2009. BirdLife International (2008(a)). «Grey-headed Albatross — BirdLife Species Factsheet». Data Zone. Retrieved 22 Feb 2009. Brands, Sheila (14 Aug 2008). «Systema Naturae 2000 / Classification — Diomedea subg. Thalassogeron -». Project: The Taxonomicon. Retrieved 22 Feb 2009. Brooke, M. (2004). «Procellariidae». Albatrosses And Petrels Across The World. Oxford, UK: Oxford University Press. ISBN 0-19-850125-0. CCAMLR (1998). Report of the XVII meeting of the Scientific Committee. Hobart (Hobart, Australia: Committee for the Conservation of Antarctic Marine Living Resources). CCAMLR (1997). Report of the XVI meeting of the Scientific Committee. Hobart (Hobart, Australia: Committee for the Conservation of Antarctic Marine Living Resources). Cherel, Y.; Weimerskirch, H.; Trouve, C. (2002). «Dietary evidence for spatial foraging segregation in sympatric albatrosses (Diomedea spp.) rearing chicks at Iles Nuageuses, Kerguelen». Marine Biology (141): 1117—1129. Clements, James (2007). The Clements Checklist of the Birds of the World(6 ed.). Ithaca, NY: Cornell University Press. ISBN 978-0-8014-4501-9. Crawford, R. J. M.; Cooper, J.; Dyer, B. M.; Greyling, M.; Klages, N. T. W.; Ryan, P. G.; Petersen, S.; Underhill, L. G. et al.; others (2003). «Populations of surface nesting seabirds at Marion Island, 1994/95-2002/03». African Journal of Marine Science (25): 427—440. Croxall, J. P.; Gales, R. (1998). «Assessment of the conservation status of albatrosses». In Robertson, G.; Gales, R.. Albatross biology and conservation. Chipping Norton, Australia: Surrey Beatty & Sons. Croxall, J. P.; Prince, P. A.; Rothery, P.; Wood, A. G. (1998). «Population changes in albatrosses at South Georgia». In Robertson, G.; Gales, R..Albatross biology and conservation. Chipping Norton, Australia: Surrey Beatty & Sons. pp. 69–83. Croxall, J. P., Silk, J.R.D., Phillips, R.A., Afanasyev, V., Briggs, D.R., (2005) «Global Circumnavigations: Tracking year-round ranges of nonbreeding Albatrosses» Science 307 249—250. del Hoyo, Josep, Elliott, Andrew & Sargatal, Jordi (1992). Handbook of Birds of the World Vol 1. Barcelona:Lynx Edicions, ISBN 84-87334-10-5 Double, M. C. (2003). «Procellariiformes (Tubenosed Seabirds)». In Hutchins, Michael; Jackson, Jerome A.; Bock, Walter J. et al.. Grzimek’s Animal Life Encyclopedia. 8. Birds I Tinamous and Ratites to Hoatzins. Joseph E. Trumpey, Chief Scientific Illustrator (2 ed.). Farmington Hills, MI: Gale Group. pp. 107–111. ISBN 0-7876-5784-0. Ehrlich, Paul R.; Dobkin, David, S.; Wheye, Darryl (1988). The Birders Handbook (First ed.). New York, NY: Simon & Schuster. pp. 29–31. ISBN 0-671-65989-8. Gales, R. (1998) «Albatross populations: status and threats» in Robertson, G.; Gales, R. Albatross biology and conservation Chipping Norton, Australia: Surrey Beatty & Sons Gotch, A. F. (1995) . «Albatrosses, Fulmars, Shearwaters, and Petrels». Latin Names Explained A Guide to the Scientific Classifications of Reptiles, Birds & Mammals. New York, NY: Facts on File. p. 191. ISBN 0-8160-3377-3. Moore, P. J. (2004). «Abundance and population trends of mollymawks on Campbell Island». Science for Conservation (Wellington, NZ: Department of Conservation) (242). Nel, D. C.; Lutjeharms, J. R. E.; Pakhomov, E. A.; Ansorge, I. J.; Ryan, P. G.; Klages, N. T. W. (2001). «Exploitation of mesoscale oceanographic features by Grey-headed Albatross Thalassarche chrysostoma in the southern Indian Ocean». Marine Ecology Progress Series (217): 15-26. Nel, D. C.; Ryan, P. G.; Crawford, R. J. M.; Cooper, J.; Huyser, O. (2002). «Population trends of albatrosses and petrels at sub-Antarctic Marion Island».Polar Biology (25): 81-89. Nel, D. C.; Ryan, P. G.; Watkins, B. P. (2002(a)). «Seabird mortality in the Patagonian Toothfish longline fishery around the Prince Edward Islands».Antarctic Science (14): 151—161. Phillips, R. A.; Silk, J. R. D.; Phalan, B.; Catry, P.; Croxall, J. P. (2004). «Seasonal sexual segregation of two Thalassarche albatross species: competitive exclusion, reproductive role specialization or foraging niche divergence?». Proc. R. Soc. Lond. Ser. B (271): 1283—1291. Poncet, S.; Robertson, G.; Phillips, R. A.; Lawton, K.; Phalan, B.; Trathan, P. N.; Croxall, J. P. (2006). «Status and distribution of wandering Black-browed and Grey-headed Albatrosses breeding at South Georgia». Polar Biology (29): 772—781. Prince, P. A. (1980). «The food and feeding ecology of Grey-headed Albatross Diomedea chrysostoma and Black-rowed Albatross D. melanophris». Ibis(122): 476—488.