Oliy Hokimiyat ordeni hisoblanib, Muhammadiya yoki Muhammad ordeni deb aytiladi (arab. Vissam al-Muhammadiy ) — Marokash Qirolligining oliy davlat mukofoti boʻlib, hukmdorlar, davlat rahbarlari, qirollik oilasi aʼzolarini taqdirlash uchun moʻljallangan.
Ta'sis etilishi Bu orden Marokashning birinchi qiroli Muhammad V tomonidan 1955 -yil 16-noyabrda mamlakatning Fransiya qaramligidan ozod bo'lib, o'z mustaqilligi va hokimiyatiga erishganligi munosabati bilan taʼsis etilgan.
Hozirda ordenning qay tartibda berilish nizomi qirollikning mukofot tizimini tartibga soluvchi 1386 yil 1 Ramazon ( 14 -dekabr 1966-yil )dagi 199-66-sonli Qirollik Dahiri (qonuni) bilan belgilanadi.
Darajalar Orden bezatilish uslubiga ko'ra uch darajaga bo'linadi:
Maxsus daraja - zanjiri olmos va yoqutlar bilan bezatilgan oltin ko'krak nishoni, hukmdorlar, davlat rahbarlarini taqdirlash uchun. Birinchi daraja -yulduz shaklida qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan oltin ko'krak nishoni. Ikkinchi daraja -yulduz ko'rinishidagi oltin ko'krak nishoni.
Tavsif Orden (koʻkrak nishoni) sharqona uslubda ishlangan boʻlib, markazida oltin medalyon va sakkiz qirrali, yashil emalli yulduz joylashgan. Ko'krak nishoni markazida Marokash Qirolligining davlat gerbi joylashgan bo'lib, uning ostida arabcha “Muhamadiyya” yozuvi bor. Ko'krak nishoni 36 ta olmos bilan o'ralgan. Yulduzning yon tomonidagi filigraga yoqut va olmoslar kiritilgan.
Orden zanjiri gullar ko'rinishida bezatilgan o'n to'qqizta oltin bog'dan iborat. Markaziy qismida Marokash Qirolligining rangli emallardan yasalgan davlat gerbi tasvirlangan.
Orden sohiblari (to'liq ro'yxat emas)
Maxsus darajadagi orden sohiblari
Akixito - Yaponiya imperatori Idris I - Liviya qiroli 1956-yil 26-may - Faysal II - Iroq qiroli 1960-yil - Albert II - Belgiya qiroli 1960-yil - Paola - Belgiya qirolichasi 1960-yil - Husayn ibn Talal - Iordaniya qiroli 1961-yil 1-aprel - Iosip Broz Tito - Yugoslaviya prezidenti 1970-yil 16-oktyabr - Hamad bin Iso Al Xalifa - Bahrayn valiahd shahzodasi 1980-yil - Yelizaveta II - Buyuk Britaniya qirolichasi 1980-yil 29-oktyabr - Filipp, Edinburg gertsogi - Buyuk Britaniya shahzodasi konsorti 1988-yil 16-sentyabr - Hassanal Bolkiah - Bruney sultoni 1989-yil 25-sentyabr - Xuan Karlos I - Ispaniya qiroli 1995-yil 20-fevral - Mario Soaresh - Portugaliya prezidenti 2000-yil 18-sentyabr - Sofiya - Ispaniya qirolichasi 2002-yil - Hamad bin Xalifa Ol Tani - Qatar amiri 2004-yil - Jobir al-Ahmed al-Jobir as-Sabah - Quvayt amiri 2014-yil 4-mart - Alpha Konde - Gvineya Prezidenti 2014-yil 31-may - Moncef Marzuki - Tunis Prezidenti 2014-yil 15-iyul - Filipp VI - Ispaniya qiroli 2014-yil 15-iyul - Letisiya - Ispaniya qirolichasi 2015-yil 31-may - Xose Mario Vas - Gvineya-Bisau prezidenti 2016-yil - Jon Magufuli - Tanzaniya prezidenti 2016-yil 21-iyun - Pol Kagame - Ruanda prezidenti 2016-yil 27-iyun - Marselo Rebelo de Sousa - Portugaliya prezidenti 2016-yil 21-noyabr - Eri Radzaunarimampianina - Madagaskar Prezidenti 2017-yil 17-fevral - Nana Akufo-Addo - Gana prezidenti
1-darajali orden sohiblari
Jeffri Bolkiah - Bruney moliya vaziri Hipolito Mejia - Dominikan Respublikasi Prezidenti. Muhammad ibn Talal — 1952—62-yillarda Iordaniya valiahd shahzodasi, Hoshimiylar sulolasidan chiqqan Iordaniya shahzodasi, qirol Talalning ikkinchi oʻgʻli. Farah - Eron imperatori 1981-yil - Hamad bin Xalifa Ol Tani - Qatar valiahd shahzodasi va mudofaa vaziri 1992-yil 6-fevral - Mario Soaresh - Portugaliya prezidenti 2015-yil 17-mart - Muhammad bin Zayed Al Nahayon - Abu Dabi valiahd shahzodasi va BAA Qurolli kuchlari Oliy qo'mondoni o'rinbosari
2-darajali orden sohiblari
Sulton ibn Abdulaziz Al Saud-Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Moza bint Nosir al Misned - Qatarning 3-amiri Shayx Hamad ibn Xalifa al-Taniyning ikkinchi xotini (uchta xotini bo'lgan), hozirgi amirning onasi.
Manbalar
1386-yil 1-Ramazondagi Архивная копия -sonli farmon (1966 yil 14 dekabr) (fransuz) 1421-yil 2-Rabiul-avvalning Архивная копия -sonli qarori (2000-yil 5-iyun) (arabcha) Muhamadiyya ordeni https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/88/Order_of_Muhammad.jpg/250px-Order_of_Muhammad.jpg Turkum:Ordenlar