Anvar Ro‘zievich Jabborov (; 1963-yil 20-iyul, Buxoro) — o‘zbek futbolchisi va murabbiyi, darvozabon sifatida o‘ynagan.

Futboldagi faoliyati Jamoalardagi faoliyati Buxoroda tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyatini 1981-yilda SSSR Ikkinchi ligasidagi „Qarshistroy“ klubi tarkibida boshlagan va klub safida 7 ta o‘yin o‘tkazgan. 1983-yilda ikkinchi liganing boshqa bir o‘zbek klubi „Zarafshon“ga o‘tib, to‘rt mavsum to‘p surgan. 1987-yilda „Kosonsoy“ tarkibiga kelib qo‘shilgan. 1989-1990-yillarda „Yoshlik“, „Nurafshon“ va „Paxtakor“ klublarini himoya qilgan. 1991-yili „Navbahor“ jamoasiga o‘tadi va SSSR Birinchi ligasidagi debyutini 6 aprel kuni safarda Kamishinning „Tekstilshchik“ jamoasiga qarshi birinchi davra uchrashuvida o‘tkazib, minimal hisobda mag‘lub bo‘ladi. Ushbu uchrashuvda Anvar Ro‘zievich asosiy tarkibda maydonga tushib, butun uchrashuvni o‘tkazadi. Futbolchi „Navbahor“ tarkibida 24 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urishga erishgan.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, poytaxtning „Paxtakor“ klubi safiga kelib qo‘shilgan va mamlakat chempionati Oliy ligasining birinchi qur’a (30 ta o‘yin) ishtirokchisiga aylangan. 1992/93-yilgi mavsumdagi qishki tanaffusda u „Krivbas“ga o‘tadi va 1993-yil 20-iyunda Premyer liganing 30-turida „Ternopil Niva“ga qarshi safarda o‘yin o‘tkazib 0:2 hisobda mag‘lub bo‘ladi. Bu uchrashuvda Jabborov 46-daqiqada Valeriy Vorobyov o‘rniga maydonga tushib bitta gol o‘tkazib yuboradi. Keyingi mavsumni ham „Krivbas“da boshlagan bo‘lsa-da, mavsumning birinchi qismida „Navbahor“ jamoasiga o‘tadi.

Jabborov 1994—1999-yillarda tez-tez klubini almashtirgan. Bu yillarda futbolchi „Navro‘z“, „Kushon“, „Navbahor“, „So‘g‘diyona“, MHSK, Bekobodning „Metallurg“ va „Xorazm“ klublarida to‘p surgan. 1999/2000-yilgi mavsumda Jabborov Hindistonning Goa shahri klubi „Vasko“ jamoasi darvozasini himoya qilgan. 2000-yilda O‘zbekistonga qaytib, mavsumning qolgan qismini „Qizilqum“da o‘tkazadi. U jamoaning asosiy darvozaboni bo‘lgan. Futbolchilik faoliyatini 2002-yilda „Surxon“ tarkibida yakunlagan. Jabborov ushbu jamoa libosi ostida to‘rtta o‘yin o‘tkazgan.

Jamoaviy faoliyati Jabborov 1992-yil 17-iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirilib debyut o‘yinda Tojikiston bilan mehmonda 2:2 hisobda durang natija qayd etgan. Bu o‘yinda Jabborov asosiy tarkibda maydonga tushib uchrashuvni to‘liq o‘tkazgan. 1992-yilning iyun-iyul oylarida terma jamoa libosida uchta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazgan. Keyinchalik terma jamoa safida o‘ynamagan.

Murabbiylik faoliyati Futbolchi sifatidagi faoliyati yakunlangach, murabbiylik faoliyatini boshlagan. Dastlab Toshkentning „Bunyodkor“ futbol maktabida darvozabonlar murabbiyi bo‘lib ishlagan. 2009-yilda Qozog‘istonning „Taraz“ klubi darvozabonlariga murabbiylik qilgan.

Manbalar

Havolalar Anvar Jabborov Ukr-footbal saytida Anvar Jabborov Upl saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkaklar futbolidagi darvozabonlar Turkum:Qarshistroy futbolchilari Turkum:Zarafshon Navoiy futbolchilari Turkum:Kosonsoy klubi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:MHSK klubi futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Xorazm futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Surxon klubi futbolchilari Turkum:Vasco SC futbolchilari Turkum:FC Kryvbas Kryvyi Rih futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Hindistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ukrainadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:SSSR birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi murabbiylari