Kimberly Jean Brown — amerikalik aktrisa boʻlib, tomoshabinlarga Debbie Reynolds bilan birga rol oʻynagan Halloweentown filmlarida oʻsmir jodugar Marnie Piper obrazi bilan tanilgan. Marnie rolini ijro etishdan oldin Brown oʻzining „Guiding Light“ filmidagi Marah Lewis roli bilan hsm mashhur boʻlgan. Bu rolni oʻz zimmasiga olgan uchinchi aktrisa va Stephen King tomonidan yozilgan original miniserial — „Rose Red“ Annie Wheaton roli. U, shuningdek, mashhur „Tumbleweeds“ filmida ham rol ijro etgan.

Faoliyati Brownning karyerasi u juda yosh boʻlgan paytlarda boshlangan. Brown 11 yoshga toʻlganida, allaqachon Ford Models bilan bolakay model sifatida muvaffaqiyat qozongan. Bir nechta Broadway shoularida ishtirok etgan va „Guiding Light“ pyessasida ijro etgan Marah Lewis obrazi uchun Emmy nominatsiyasiga sazovor boʻlgan. U shuningdek, dublyaj aktrisasi sifatida ish ham topadi. Brown oʻz ovozini reklama roliklariga, "A Bugʻs Life" va Vampire Princess Miyuning inglizcha dubliga beradi.

2021-yil may oyida u General Hospital serialining aktyorlar tarkibiga qoʻshilganligi eʼlon qilinadi.

Boshqa tashabbuslari Brown va doʻsti Etsy CraftilyCreative doʻkonini boshqarishadi. U turli xil narsalarni, jumladan Halloweentown mavzusiga oid mahsulotlarni sotadi.

2016-yilda Brown hammuallif Diane Yslas bilan birga Halloween bayramiga bagʻishlangan „Poppinʼs Pumpkin Patch Parade“ nomli bolalar kitobini nashr etadi.

Shaxsiy hayoti 2016-yilda u Halloweentown II: Kalabar's Revenge filmidagi hamkasbi Deniel Kountz bilan Brownning YouTube kanali uchun Halloweentown mavzusida yangi loyiha boshlash maqsadida qayta aloqaga chiqadi va ular tez orada uchrasha boshlaydilar. 2022-yil iyun oyida Brown Daniel Kountz bilan unashtirilganliklarini eʼlon qiladi.

Filmografiyasi

Filmlarda YilSarlavhaRolIzohlar1994Princess CarabooEnglish imposter of Princess Carabooankredited 1999TumbleweedsAva Walker2001The Little Polar BearLonaInglizcha dublyaj2003Bringing Down the HouseSarah Sanderson2005Be CoolTiffany2006Big Bad WolfSam Marche2010Friendship!Dorothee

Televizion rollari YilSarlavhaRolIzohlar1990The Baby-Sitters ClubAmanda DelaneyEpizod: „The Baby-Sitters Remember“1993-1998, 2006Guiding LightMarah Lewis1997Vampire Princess MiyuMiyu YamanoDublyaj (inglizcha), 7ta epizod1997Ellen FosterDoraTelevizion film1998Unhappily Ever AfterHelena, Girl #13ta epizod1998HalloweentownMarnie PiperDisney Channelning original filmi1998-1999Two of a KindNicole2ta epizod1999Touched by an AngelAmy LumpkinEpizod: „The Last Day of the Rest of Your Life“2000QuintsJamie GroverDisney Channelning original filmi2001Halloweentown II: Kalabar’s RevengeMarnie PiperDisney Channelning original filmi2002My Sister’s KeeperYoung Christine ChapmanHallmark Channelning original filmi2002Rose RedAnnie WheatonKichik qismli serial2003Law & Order: Special Victims UnitJessica Morse / Margory MaddoxEpizod: „Perfect“2004Halloweentown HighMarnie PiperDisney Channelning original filmi2013Low Winter SunShana Taylor5 epizod2018MondaysOlder KellyEpizod: „That Time When I Met My Future Self“2019Crossword Mysteries: Proposing MurderAngelaTelevizion film2021General HospitalChloe Jennings

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Amerikalik bola aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar