"Narimanovets" – Xorazm viloyatida joylashgan Bogʻot tumani futbol klubi. Sovet ittifoqi va oʻzbek futbol klubi. Jamoa 1968-yilda tashkil etilgan.

Nomlari

1968—1969 – „Narimonov Kolxozi“ 1970—1976 – „Narimanovets Bogʻot“ 1975—1978 – „Xorazm Bogʻoti“ (Narimanovets nomidagi kolxoz) 1979—1985 – „Narimanovets Bogʻot“ (Narimonovchi)

Tarix Narimanovets futbol klubi 1968-yilda Xorazm viloyati Bogʻot shahrida tashkil etilgan boʻlib, mahalliy „Narimanov kolxozi“ vakili edi.

1968-yilda u SSSR chempionati Ikkinchi ligasi Markaziy Osiyo guruhining „B“ toifasida debyut qilgan. 1970-yilda klub Narimanovets Bogʻotga oʻzgartirilgan. Mavsum oxirida jamoa yuqori 4-oʻrinni egalladi, ammo SSSRda futbol ligalarining navbatdagi qayta tashkil etilishi tufayli klub havaskorlar musobaqalari darajasiga tushib ketgan. Keyinchalik klub oʻz ishtirokini Oʻzbekiston SSR chempionatida davom ettirgan. 1978-yilda klub oʻz nomini Xorazm Bogʻotiga oʻzgartirdi va oʻsha yili Oʻzbekiston SSR chempionligi va kubogini qoʻlga kiritgan. Keyingi yili yana Narimanovets Bogʻot nomiga qaytdi va yana „B“ toifasida chiqish huquqini qoʻlga kiritgan. SSSR chempionati Ikkinchi ligasining Markaziy Osiyo guruhida 1979-yildan 1985-yilgacha oʻynagan. 1985-yil mavsum oxirida klub faoliyati toʻxtatilgan va tarqatib yuborilgan.

Stadion Klub oʻz uy uchrashuvlarini Bogʻotdagi 1000 tomoshabinga moʻljallangan „Markaziy“ stadionida oʻtkazgan.

Turnir natijalari

SSSR chempionati MavsumLigaNomlanishiOʻGʻDMUGOʻGOOʻrin (Ishtirokchilar soni)Bosh murabbiyEng yaxshi toʻpurar (gollar)1968"B" toifa „Markaziy Osiyo“ zonasiNarimonov kolxozi42892542742520 (22)1969"B" toifa „Markaziy Osiyo“ zonasiNarimonov kolxozi4614112136523918 (24)1970"B" toifa „Markaziy Osiyo“ zonasiNarimanovets3219854624464 (18)Valeriy MuxinN. Komarov (14)1979Ikkinchi liga, 5-zonaNarimanovets461782149644217 (24)Gennadiy MixaylutsaN. Nikulnikov (12)1980Ikkinchi liga, 6-zonaNarimanovets361541737433411 (19)A. Javoronkov (8)1981Ikkinchi liga, 6-zonaNarimanovets401591660473914 (21)E. Solovyov (17)1982Ikkinchi liga, 7-zonaNarimanovets3613121142483811 (19)Viktor PshenichnikovS.Usenko (7)1983Ikkinchi liga, 7-zonaNarimanovets40198135850467 (21)Viktor PshenichnikovG. Roʻziyev (19)1984Ikkinchi liga, 7-zonaNarimanovets381561742563610 (20)Yevgeniy ValitskiyM. Ruban (12)1985Ikkinchi liga, 7-zonaNarimanovets32681827542017 (17)Viktor PshenichnikovM. Ruban (12)

Yutuqlari

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston SSR chempionati chempioni – 1978

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston SSR kubogi sohibi – 1976, 1978. SSSR Ikkinchi ligasi zona bahslari 7-oʻrin sohibi – 1983.

Mashhur futbolchilar

Sergey Zirchenko / Aleksandr Ivankov / Vadim Abramov Sergey Zirchenko Dmitriy Kuzmichyov

Mashhur murabbiylar

1968: Nikolay Fedorchenko 1968—1977: Valeriy Muxin

…

1979: Gennadiy Mixaylutsa 1979—1980: Aleksandr Ivankov 1982—1983: Viktor Pshenichnikov 1984: Yevgeniy Valitskiy 1985: Viktor Pshenichnikov

…

Yana qarang

Xorazm (futbol klubi) Xiva (futbol klubi)

Manbalar

Havolalar

Narimanovets (futbol klubi) Footballfactsru saytida Narimanovets (futbol klubi) Klub oʻyinlari Wildstat maʼlumotlar bazasida Narimanovets (futbol klubi) Futbol klublari tarixi

Turkum:Oʻzbekiston futbol klublari Turkum:Oʻzbekiston SSR futbol klublari Turkum:Xorazm viloyati futbol klublari Turkum:Oʻzbekistonda faoliyati tugatilgan futbol klublari Turkum:1968-yilda tashkil etilgan futbol klublari Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari