„Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi“ (English: *Excellence in Healthcare of the Republic of Uzbekistan*) — bu sogʻliqni saqlash xodimlariga beriladigan faxriy koʻkrak nishoni.
koʻkrak nishoni bilan sogʻliqni saqlash xodimlari hamda aholi sogʻligʻini mustahkamlash ishida oʻzini koʻrsatgan, yetarlicha ish tajribasiga va kasb malakasiga ega boʻlgan, oʻz faoliyatida yuqori natijalarga erishgan shaxslar mukofotlanadi.„Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi“ koʻkrak nishoni taʼsis etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 05.10.2006-yildagi 209-son. Tavsifi „Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi“ koʻkrak nishoni sariq rangdagi jezdan tayyorlanadi va 34 mm diametrli doiradan iborat boʻladi. Nishonning qalinligi 2 mm. Koʻkrak nishonining old tomonida markazda orqadan taralayotgan quyosh nurlarida tibbiyot xodimlarining ramzi — ilon chirmashgan jom tasvirlangan, qoʻyi cheti boʻylab — „SOGʻLIQNI SAQLASH AʼLOCHISI“ yozuvi bitilgan lenta bor. Soʻl va oʻng yon tomonlarda — dafna novdasi joylashgan. Yuqori qismida, uchida sakkiz burchakli yulduz joylashgan. Koʻkrak nishonining orqa tomonida markazda nishon uning yordamida qaytarma yoqaga mahkamlanadigan toʻgʻnagʻich bor. Tasvir va yozuv — qabariq. Manbalar
Havolalar Professor A.M. Shamsiev birinchi darajali „Mehnat faxriysi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi Shavkat Mirziyoyevning sogʻliqni saqlash sohasi vakillari bilan ochiq muloqoti — suratlarda Turkiya sogʻliqni saqlash vaziri „Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi Hamshiralar tibbiyotning yetakchi kuchi
Turkum:Oʻzbekiston koʻkrak nishonlari