Ad hominem (lotincha: "shaxsga qarshi") jumlasi qisqartma sifatida qoʻllaniluvchi argumentum ad hominem (lotincha: „shaxsga qarshi bahs“) bir necha turdagi argument (sabab)larga ishora qiluvchi, keltirilgan sabablarning barchasi notoʻgʻri boʻlgan falsafiy-mantiqiy munozaralarning bir turidir. Odatda, ushbu ritorik strategiyadan, biror mavzu yuzasidan kelib chiqqan munozaralarda, maʼruzachi uning fikriga nisbatan keltirilgan argumentni chetga surgan holda, u bilan bahs yuritayotgan shaxsning xarakteriga, motiviga yoki boshqa atributiga hujum qilish uchun quroli sifatida foydalanadi. Ad hominemning eng keng tarqalgan shakli: "A shaxs x fikrga daʼvo qiladi. B shaxs esa A kishi shaxsiyatida „nomaqbul xususiyat mavjud“, deya daʼvo qiladi. Ushbu sabab yuzasidan B shaxs x fikr haqida keltirilgan barcha argumentlar notoʻgʻri degan xulosaga keladi".
Ad hominem — lotincha ibora boʻlib, mantiqiy xatoning bir turi hisoblanadi. Unda argument uchun obyektiv va mantiqiy fikrlarni keltirish oʻrniga, argument keltirayotgan kishi xarakteri, motivi yoki boshqa atributlariga eʼtibor qaratilib, shu kishining ijobiy/salbiy tomonlarini koʻrsatish orqali isbot keltiriladi.
Yanglish ad hominem mulohazalari argumentning toʻgʻriligi deduksiya yoki sillogizmga emas, balki ushbu argumentni ilgari surayotgan kishining shaxsiyatiga aloqador sababga asoslangan holda yuzaga keladi.
Asosli ad hominem argumentlari norasmiy mantiqda yuzaga keladi va bunda argument keltirgan shaxs guvohlik, ekspertiza yoki oʻzlari ilgari surayotgan pozitsiyani tasdiqlovchi maʼlumotlarni nufuzli dalillarga suyangan holda keltiradi. Bunday holatda, daʼvo qiluvchining noxolis niyatdaligi, tajribasi kamligi (yoʻqligi) yoki manfaatlar toʻqnashuvi mavjudligi haqida qarama-qarshi dalillar keltirilishi mumkin. Ad hominemning yana bir turida faqat biror bir sohaga ixtisoslashgan falsafiy taʼlimotlarda uchraydigan nishonga taalluqli eʼtiqodlar va dalillarni uning oʻziga qarshi ishlatishning dialektik strategiyasidan foydalaniladi. Lekin, eʼtiqod borasida argument keltirgan shaxs dalillarning asosli hamda toʻgʻri ekanligini inkor etadi.
Ad hominem boʻyicha tadqiqotlar ilk marta qadimgi Yunonistonda olib borilgan. John Locke () XVII asrda ad hominem boʻyicha tadqiqotlar olib borish tizimini qayta tikladi.
Tarixi thumb|Arastu (miloddan avvalgi 384-322) tezisga qarshi yoki boshqa shaxslarga hujum qiluvchi dalillarni ajratgan birinchi faylasuf edi. Ad hominem argumentlari gʻarb falsafiy taʼlimotida qadimgi yunonlar davridan beri maʼlumdir. Arastu oʻzining Sophistical Refutations (tarj. Sofistik raddiyalar) asarida argumentni emas, balki savol beruvchining shaxsiyatini nishonga olish notoʻgʻri ekanligini batafsil bayon qiladi. Qadimzamon tadqiqotlari orasida yanglish ad hominem argumentlarining koʻplab misollari pirronist faylasuf Sextus Empiricus asarlarida saqlanib qolgan. Ushbu argumentlardan raqiblar bir birining tushuncha va taxminlarining asossiz ekanligini oʻz dalillari hamda farazlari orqali koʻrsatish maqsadida bahslashuvchi tomonga qarshi dialektik strategiyaning bir qismi sifatida foydalanishadi. Shu tarzda, argumentlar shaxsga qaratilgan holda (ad hominem), lekin dalillar keltiruvchi kishining shaxsiyatiga bogʻliq xususiyatlariga hujum qilmasdan amalga oshirilganida oʻz asosligini saqlab qoladi.
Italiyalik polimat Galileo Galilei va ingliz faylasufi John Locklar argumentni ad hominemning bir shakli boʻlgan majburiyatdan kelib chiqqan holda koʻrib chiqishni afzal bilishgan. Yaʼni, keltirilgan argument raqibning tamoyillariga toʻgʻri keladimi yoki yoʻqligi asosida tekshirish zarurdir. XIX asrning oʻrtalarida ingliz mantiqshunos faylasufi Richard Whatley () tomonidan keltirilgan keng koʻlamli taʼrif orqali ad hominem atamasining zamonaviy tushunchasi shakllana boshlaydi. Whatelyga koʻra, ad hominem dalillari „shaxsning oʻziga xos holatlari, xarakteri, ochiq fikrlari yoki oʻtmishdagi xatti-harakatlariga qaratilgan“ boʻlishi kerak.
Ad hominem argumentlari haqidagi qadimiy tushuncha zamonaviy aristotel falsafa maktabi davomchilari orasida XIX asr va hatto XX asrlarda ham saqlanib qolgan. Misol uchun, Dominikanlik rohib va kardinal Tommaso Maria Zigliara, shubhasiz, aristotel maktabining qadimiy taʼlimoti munozaralariga tayangan holda, mutlaq va nisbiy namoyishlarni ajratib koʻrsatdi. Shu bilan birga u: "Mutlaq" dalil " — bizning haqiqatni tan olishimiz va qabul qilishimiz. Bunga qoʻshimcha sifatida, biz Xudoning mavjudligini yaratilishning tasodifiy tabiati va shunga oʻxshash boshqa dalillar asosida isbotlaganimiz kabi mutlaq olganda, toʻlaqonli va ishonchli xulosa qilishimiz mumkinligi, degan oʻziga xos nazariyani aristotel taʼlimotining qadimiy yoʻnalishidan zamonaviy maktabiga olib kirgan. Biroq, nisbiy ad hominem biz bahslashayotgan shaxs tomonidan qamrab olingan isbot va dalillar va ularning tan olingan hamda biz rad etadigan prinsiplardan kelib chiqishi, bunday prinsiplarning haqiqati haqidagi savolni chetga surib qoʻygan holda yuzaga qalqishi mumkin. Agar kimdir materialistlar yoki ratsionalistlar tomonidan tan olingan tamoyillarni oʻz taʼlimotlari yolgʻon ekanligiga ishontirish, deya qabul qilsa, biz yuqorida taʼkidlagan nisbiyat oʻzini namoyon etadi.
Vaqt oʻtishi bilan mazkur atama boshqa maʼnoga ega boʻlishni boshlaydi. Ushbu holatga XX asrning boshlariga kelib, bir mantiqiy xato bilan bogʻliqlik sabab boʻladi. Bahslashuvchi argumentni rad etish oʻrniga, raqibiga hujum qilishni boshlaydi. Ushbu yondashuv XX asrning oʻrtalarida falsafiy darsliklarda ham ommalashgan hamda unga mazkur asrning ikkinchi yarmida avstraliyalik faylasuf Charles Leonard Hamblin tomonidan eʼtiroz bildirilgan. Batafsil yondashuv davomida u shaxsga qarshi bayonotni kiritish u keltirgan argumentni notoʻgʻri dalilga aylantirmasligini taklif qiladi. Chunki bu ibora xulosasiga olib keladigan aniq asos emas. Hablinning tanqidi koʻpchilik tomonidan eʼtirozlarga sabab boʻlgan. Kanadalik faylasuf Douglas N. Walton () esa ad hominem argumentining notoʻgʻriligini yanada chuqurroq tekshirishga kirishadi. Hozirgi kunda, maxsus falsafiy qoʻllanishlar doirasidan tashqarida, ad hominem atamasidan foydalanish, ularning dalillarini rad etish uchun shaxsning xarakteri va axloqiga toʻgʻridan-toʻgʻri hujum qilishni anglatadi.
Terminologiyasi Lotincha argumentum ad hominem iborasi „shaxsga qarshi bahs“ degan maʼnoni anglatadi. „Ad“ „qarshi“ soʻziga mos kelishi, yokida „ga“ yoki „ga qarshi“ degan maʼnoni ham anglatishi mumkin.
Ad mulierem va ad feminam atamalari, tanqidga uchragan kishi ayol jinsiga mansub boʻlganida qoʻllanadi.
Argument turlari
Yanglish turlar thumb|440x440px| Xavfli Ad hominem Grahamning kelishmovchiliklar ierarxiyasining pastki qismida joylashgan Yanglish ad hominemda fikrlash ahamiyatsiz boʻlgan notoʻgʻri tushunchalar sifatida tasniflanadi. Ad hominemda xatolikning bir necha turlari mavjud. Bularning barchasi umumiy sxema boʻyicha boʻlib, suhbatdosh birovga tegishli argumentning mohiyati bilan shugʻullanish yoki uni rad etishga urinish oʻrniga, argument tarafdorining xarakteriga hujum qiladi.
Vaziyatga bogʻliqlik Circustanal ad hominem — manbaning xolis ekanligini inkor etishga asoslangan hujum turi. Bu shuni koʻrsatadiki, biror bir shaxs maʼlum bir pozitsiyani egallashga moyil boʻlib, xolislik chegarasini kesib oʻtgan vaziyatda boʻlishi mumkin. (masalan, ishi, boyligi, mulki yoki munosabatlari). Oddiy misol sifatida ota oʻz qiziga chekishni boshlamasligini, chunki bu uning sogʻligʻiga zarar yetkazishi hamda agar, qizi chekishni boshlasa, u koʻchadagi chekuvchi ayollarga oʻxshab qolishi mumkinligini hamda u ham bir paytlar chekuvchi boʻlganini va hozirda buni tashlaganini taʼkidlaydi. Chekish turli kasalliklarga olib kelishi mumkinligini ushbu vaziyatni oʻzgartirmaydi. Otasining nomuvofiqligi uning daʼvosini rad etish uchun asosli sabab boʻla olmaydi.
Ushbu sharoitdagi ad hominem dalillari har doim ham yanglish boʻlishi shart emas. Ular notoʻgʻri boʻlishi mumkin, chunki maʼlum bir dalil keltirishga moyillik argumentni inkor qilmaydi (bu genetik notoʻgʻri — daʼvoning manbasiga koʻra notoʻgʻri ekanligi haqidagi dalil bilan mos keladi). Agar tarafkashlik holati ochiqlansa hamda qarama-qarshilik argumentga tegishli boʻlsa, ular ishonchli dalillar boʻlishi mumkin. Agar kimdir (A shaxs) boshqa kimdirning (B shaxs) shaxsiyatiga hujum qilsa hamda A shaxsga qarshi argument keltirsa, B shaxs oʻzining argumentiga tegishli boʻlgan holatida yanglish ad hominem yuzaga chiqadi.
Motivga murojaat Motivga murojaat qilish — ushbu ad hominem shartli argumentning alohida holati boʻlib, unda argument taklif qiluvchining motivlarini shubha ostiga qoʻyish orqali eʼtiroz bildiriladi.
Ergo decedo Ergo decedo, lotincha „shuning uchun tark et“ yoki „keyin ket“ degan maʼnoni anglatadi. Argumentum ergo decedo soʻzining qisqartirmasi boʻlmish ushbu jumla, shuningdek, xoin tanqidchi xatosi iborasini ifodalash maʼnosida ham qoʻllaniiladi. Tanqidchining tanqidiga javob berishni bildirib, tanqidning oʻziga javob berish oʻrniga, oshkor etilmagan qulaylik yoki tashqi guruhga aloqadorlik kabi ayblovlar yuzasidan bahs olib boriladi. Yanglish jihatdan, tanqidchi tanqid qilingan guruhning anʼana va urf-odatlarini qadrlamaydi yoki uni xoin deya eʼlon qiladi. Shuning uchun tanqidchi odatda tanqid qilingan guruhni tark etish orqali savol yoki mavzudan butunlay qochishni maqsad qilib oladi. Ushbu jarayonda tanqidchi magʻlub boʻlayotkanini sezgani holda mavzuni burishga urinish, raqibni xoin yoki til biriktirishda ayblash orqali oʻzini himoya qilishga urinishi ham mumkin.
Uyushganlik boʻyicha ayblov Ushuyganlik boʻyicha ayblovlar, yaʼni bahslashuvchi obroʻsizlangan shaxs yoki guruh bilan aloqadorlikda ayblash. Ushbu holat, baʼzida, kimningdir argument keltirayotgani hamda unga raqib boʻlgan shaxsning qarashlari oʻrtasidagi oʻxshashlik tufayli argumentning boshqa tarafdorlari tomonidan manbaga hujum qilingan holatlarda ad hominem xatoliklarining bir turi boʻlishi mumkin.
Argumentning ushbu shakli quyidagicha ifodalanadi:
S shaxs C daʼvosini bildiradi. S shaxs, shuningdek, obroʻsizlangan G guruh bilan aloqaga ega Shuning sababdan S shaxs va uning qarashlari shubhali.
Akademik Leigh Kolb 2008-yilda AQSh vitse-prezidentligiga nomzod boʻlgan Sarah Palin Barack Obama shaxsiyatiga hujum qilgani sababini, Obama bir paytlar, 1960-yillarda Weather Underground terror guruhida yetakchi boʻlgan Bill Ayers bilan birga ishlaganii yuzasidan boʻlgani tufayli deb biladi. Obama har qanday terrorchilik harakatini qoralaganiga qaramay, raqiblari uni terrorizm bilan bogʻlashadi.
Birlashma tomonidan aybdorlik koʻpincha ijtimoiy va siyosiy munozaralarda uchrab turadi. Shuningdek, maʼlum bir guruh bilan bogʻliq boʻlgan yirik voqealardan (masalan, janjal va terrorizm) keyin paydo boʻladi. 11-sentabr xurujlaridan keyin AQShda musulmonlarga qarshi hujumlar avjiga chiqqani Leigh Kolb tomonidan keltirilgan misoldir.
Tu quoque Ad hominem tu quoque (soʻzma-soʻz: „Sen ham shundaysan“) — bu shaxsiy hujumga (yoki ad hominem argumentiga) javob.
Tu quoque quyidagicha tavsiflanadi:
A shaxs z argumentni daʼvo qiladi. B shaxs esa A shaxsning xarakteriga yomon tafsifda boʻlgan x xususiyatga ega ekanligini taʼkidlab hujum qiladi. A shaxs B shaxsga qarshi hujum qilgan holda oʻzini himoya qiladi va sen ham xuddi shu x xususiyatga egasan deya ayblov qoʻyadi.