Sparta obiyovgʻoni, shuningdek, qora qonli obiyovgʻon sifatida ham tanilgan — spartaliklarning taomlaridan biri, choʻchqa oyoqlari va yasmiq, sirka va tuz qoʻshilgan qonli yovgʻon shoʻrva. Baʼzi gastrosoflar spartaliklarning harbiy muvaffaqiyatlarini, bunday oddiy va mazasiz shoʻrvani isteʼmol qilmaslik uchun ular jangda oʻlishni afzal koʻrganliklari bilan izohladilar.
Qora obiyovgʻon haqida hikoya Koʻpgina mualliflar spartaliklarning „qora obiyovgʻon“ haqidagi hikoyasini turli yoʻllar bilan aytib berishadi.
Fors shohi Yunonistonda boʻlganida, asirga olingan spartalikni unga shunday pishiriq pishirishga majbur qildi, tatib koʻrgach shunday dedi: „Endi men spartaliklar nega jasorat bilan oʻlimga borishlarini tushundim: ular bunday taomdan koʻra oʻlimni afzal koʻrishar ekan“.
Plutarx shunday yozadi:
"Keksalar goʻshtdan voz kechib, oʻz ulushlarini yoshlarga berishdi va oʻzlariga obiyovgʻon quyishdi. Aytishlaricha, bir Pontik qirol hatto oʻziga spartalik oshpazni faqat „qora obiyovgʻon“ tayyorlash uchun sotib olgan, lekin u buni tatib koʻrganida, uni nafrat bilan tupurib yuborgan va qattiq gʻazablangan. „Qirolim, — dedi oshpaz, — bu obiyovgʻonni isteʼmol qilishdan oldin, Evrotada choʻmilish kerak!“Spartanskiy eksperiment http://www.vokrugsveta.ru/vs/article/1985/.
„Gulliverning sayohatlari“ning uchinchi qismida hikoya qiluvchining iltimosiga binoan tarixiy shaxslarning ruhlari chaqiriladi, Gulliver shunday deydi: „Bir Agesilay bizga sparta obiyovgʻonini pishirdi, lekin uni tatib koʻrganimdan soʻng, men ikkinchi qoshiqni yuta olmadim“.
Qondan tayyorlanadigan shoʻrvalar Qora obiyovgʻon retsepti saqlanib qolmagan, ammo qondan tayyorlangan shoʻrvalar hali ham dunyoning turli mamlakatlarida isteʼmol qilinadi.
Yana qarang
Qonli kolbasa Masai — vatussi buqalarining qonini sutga aralashtirib yeydigan qabila Svartsoppa — shved gʻozi qoni taomi (Skåne) Czernina — oʻrdak qoniga asoslangan polsha shoʻrvasi Dinuguan — filippinlik taom, qovurilgan choʻchqa goʻshti, choʻchqa qoni, chili qalampiri va sirka
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar A Greek Blood Soup which may have resembled the Spartan recipe Turkum:Alifbo boʻyicha taomlar Turkum:Qondan tayyorlangan taomlar Turkum:Sparta Turkum:Gretsiya shoʻrvalari Turkum:Gretsiya oshxonasi