Thompson pistolet-pulemyoti () — 1918-yilda Jon Tagliaferro Thompson tomonidan ixtiro qilingan amerika pistolet-pulemyoti. Ushbu qurol AQSHdagi „quruq qonun“ davrida oʻzining mashhurligini qozonib, nafaqat politsiya xodimlari, balki Amerikaning turli jinoiy guruhlari aʼzolari orasida ham eng keng tarqalgan va sevimli qurolga aylangan. U bir qator taxalluslar tufayli mashhur boʻldi — „Tommy-gun“ (), „Yoʻq qiluvchi“ (), „Chikago yozuv mashinkasi“ (), „Chikago pianinosi“ (), „Chikago Stayl“ (), „Chikago organ maydalagichi“ (), „Xandaq supurgisi“ (), „Xandaq tozalovchisi“ (), „Chopper“ () va oddiygina „Tompson“ () taxallusi bilan.
Tompson harbiylar, politsiya, Federal tekshirishlar byurosi va uyushgan jinoiy guruhlar tomonidan .45 ACP patroni, aniqligi va otish tezligi balandligi kabi yaxshi tomonlari uchun qadirlangan. Qurol kolleksionerlari orasida u oʻzining tarixiy ahamiyati tufayli mashhurlikka erishdi: bu qurol Qoʻshma Shtatlardagi „quruq qonun“ davrida yoki Ikkinchi Jahon urushi davrida yaratilgan mashhur madaniyat asarlarida mashhur boʻldi, shuningdek, dunyodagi eng mashhur oʻqotar qurollaridan biriga aylandi. Hozirgi vaqtda Tompsonning faqat samozaryad versiyalari Auto-Ordnance kompaniyasi tomonidan fuqoro aholilar uchun ishlab chiqariladi, ularning modifikatsiyalari .
Manbalar
Adabiyotlar
Ingliz tilida
Boshqa tillarda