Shodiya Abduqodirova (Toʻxtayeva) — O‘zbek milliy akademik teatri aktrisasi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist. Hayoti Abdukadirova Shodiya Dilshatovna 1983-yilda Toshkentda tugʻilgan.Oʻzbekistonning teatr hamda kino aktrisasi.2014-yil „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻsatgan artist“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan.Milliy teatrda 2007-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Sh.Toʻxtaeva jamoat ishlarida ham faol qatnashib, oldiga qoʻyilgan har bir vazifaga jiddiy yondashadi. U kelajagi porloq, isteʼdodli va serqirra aktyorlardan biri. 2012-yil „Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni bilan tadirlangan. U respublikamiz miqyosida keng nishonlanib kelinayotgan Mustaqillik va Navroʻz umumxal bayramlari va bosha koʻplab madaniy tadbirlarda boshlovchi va aktyor sifatida faol ishtirok etib kelmoqda. Faoliyati + Suratga tushgan filmlariYil Film nomi ObrazIzoh 2017 Nazira 2015 Mehmonxona 2013 Tutash taqdirlar 2013 Soy qoʻshigʻi 2012 Tubanlik 2012 Zirapcha 2012 Hay hay qizaloq 2012 Dilor, Dilor, Dil va Or 2011 Fidoiylar 2011 Yorim-bezorim 2009 Uqubat 2008 Oʻyin 2007 Vijdon Qahramonning rafiqasi, Dilfuzaning kelinopasi 2006 Chashma 2005 Kelgindi kuyov 2003Qaytar DunyoIkkinchi xotin

Manbalar

Turkum:Kino