Lina Mona Andréa Hurtig (1995-yil 5-sentyabrda tugʻilgan) — shved futbolchisi, A Seriyaning Juventus klubi va Shvetsiya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Jamoalardagi faoliyati 15 yoshga toʻlganidan soʻng, Avestadan boʻlgan Hurtig 2011-yilgi mavsumni Norrettanda Gustafs GoIF jamoasida futbol oʻynab oʻtkazdi. U 20 ta oʻyinda 14 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Musobaqa oxirida unga Damallsvenskan klublari LdB FC Malmö va Umeå IK dan takliflar boʻldi. U qisqa mashgʻulotdan soʻng i Umeå IK safiga borib qoʻshildi.

2016-yilgi mavsumdan soʻng Umea quyi ligaga tushib ketdi soʻng, Hurtig ikki yillik shartnoma asosida liga chempioni Linköpings klubiga oʻtdi.

2020-yil 31-avgustda Hurtig Juventusga oʻtdi.

Xalqaro karyera 19 yoshgacha boʻlgan Shvetsiya terma jamoasi safida Hurtig 2012-yilgi U-19 Yevropa chempionatida ishtirok etgan. U gʻalaba qozongan Shvetsiya jamoasining finalda Ispaniyaga qarshi qoʻshimcha taymda 1:0 hisobidagi gʻalabali oʻyinini boshlab bergan.

2012-yil dekabr oyida milliy terma jamoa bosh murabbiyi Pia Sundxage Hurtigni Bosondagi yigʻinga chaqirdi. Hurtig 2013-yil 19-iyun kuni Braziliya bilan oʻrtoqlik oʻyinida 1:1 hisobida durang oʻynagan kattalar tarkibiga ham kiritilgan U mezbonlarning UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2013 uchun yakuniy tarkibidan joy olishga umid qilgan, ammo chaqiruv olmagan.

Hurtigni 2013-yil may oyida Norvegiyaga qarshi turnirdan oldingi soʻnggi oʻrtoqlik oʻyinida maydondagi harakatidan soʻng, Sundxage uni jahon darajasidagi potentsial futbolchi sifatida ta’rifladi.

Hurtig 2014-yil noyabrida Kanada bilan 1:1 hisobidagi durang oʻyinda zaxiradan maydoga tushdu bu uning birinchi marta katta jamoa bilan maydonga tushishi edi.

Hurtig 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati uchun Fransiyaga borgan Shvetsiya terma jamoasi tarkibiga kiritilgan. U turnirdagi ilk golini Tailandga qarshi oʻyinda (5:1) kiritdi. 2021-yil iyul oyida u 2020-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun Shvetsiya terma jamoasiga tanlab olindi. 21-iyul kuni Shvetsiya terma jamoasi AQSH ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Shaxsiy hayoti 2019-yil 16-avgustda Lina Hurtig Linköpings FCdagi jamoadoshi Liza Lants bilan oila qurganini eʼlon qildi. 2021-yil 11-iyun kuni Hurtigning qizi dunyoga keldi.

Karyera statistikasi

thumb|200px

thumb|200px

thumb|200px|Lina_Hurtig,_Malin_Diaz,_Amanda_Ilestedt Xalqaro +Lina Xurtig tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati Raq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2015-yil 22-sentyabr Gamla Ullevi, Gothenburg, ShvetsiyaPolsha 1–0 3–0 UEFA Yevro-2017 saralashi 2 2017-yil 19-sentyabr Stadion Varteks, Varaždin, Xorvatiya Xorvatiya 2–0 2019 FIFA Jahon chempionati saralashi 3 2017-yil 24-oktyabr Borås Arena, Borås, ShvetsiyaVengriya 5–0 4 2019-yil 16-iyun Allianz Riviera, Nitsa, Fransiya Tailand 4–0 5–1 2019 FIFA Jahon chempionati 5 2019-yil 8-oktyabr Gamla Ullevi, Gothenburg, ShvetsiyaSlovakiya 2–0 7–0 UEFA Yevro-2022 saralashi 7 2020-yil 17-sentyabrVengriya 1–0 8–0 8 5–0 9 22-oktyabr 2020-yil Latviya 1–0 7–0 10 2021-yil 19-fevral Hibernians stadioni, Paola, MaltaAvstriya 3–1 6–1Oʻrtoqlik 12 2021-yil 13-aprel Stadion Miejski Vidzewa, Lodz, PolshaPolsha 4–2 13 2021-yil 21-iyul Ajinomoto stadioni, Chofu, Yaponiya AQSH 3–0 2020-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari 14 2021-yil 24-iyul Saitama stadioni 2002, Saitama, YaponiyaAvstraliya 2–2 4–2 15 2021-yil 25-noyabr Gamla Ullevi, Gothenburg, ShvetsiyaFinlandiya 2–1 2023 FIFA Jahon chempionati saralashi 16 2021-yil 30-noyabr Stadion, Malmö, ShvetsiyaSlovakiya 1–0 3–0

Yutuqlar

thumb|200px Linköpings FK

Damalsvenskan : 2017-yil

Juventus

A Seriya : 2020–21, 2021–22 Italiya kubogi : 2021-22 Italiya Superkubogi : 2020–21, 2021–22

Shvetsiya

19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionati : 2012-yil

Manbalar

Havolalar Umeo jamoasi rasmiy sayti

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shvetsiyalik ayol futbolchilar