Top Gun: Maverick 2022-yilda ekranlarga chiqarilgan jangari-drama filmdir. Film rejissori — Joseph Kosinski. Ssenariy mualliflari — Ehren Kruger, Eric Warren Singer va Christopher McQuarrie. Film 1989-yilda ishlangan Top Gun filmi davomi hisoblanadi. Bosh rollarda, Tom Cruise (kapitan Pete „Maverick“ Mitchell rolida), Miles Teller, Jennifer Connelly, Jon Hamm, Glen Powell, Lewis Pullman, Ed Harris va Val Kilmer.
Top Gun: Maverick boʻyicha loyiha 2010-yilda Paramount Pictures tomonidan eʼlon qilingan. Cruise va Kilmerga dastlabki asl rollarini qaytarish uchun produser sifatida Jerry Bruckheimer va rejissor Tony Scott murojaat qilishdi. 2012-yil oʻrtalarida ssenariy loyihasi tayyor boʻldi. Biroq, Scott oʻz joniga qasd qildi va filmni dastlabki suratga olish jarayoni toʻxtatildi. Film Scott xotirasiga bagʻishlandi. 2017-yil iyun oyida Kosinski ishga qabul qilindi va ssenariyning yangi loyihasini yozdi. Asosiy suratga olish 2018-yilning mayidan 2019-yilning apreligacha Kaliforniya, Vashington, Kolumbiya okrugi va Merilendda boʻlib oʻtdi. Film IMAX sertifikatiga ega 6K toʻliq kadrli kameralar yordamida suratga olindi. Uning chiqishi dastlab 2019-yil 12-iyulga rejalashtirilgan edi, biroq avvaliga bir nechta murakkab harakatlar ketma-ketliklarini suratga olish jarayonlari, keyin esa kino sanoatiga taʼsir koʻrsatgan COVID-19 pandemiyasi va rejalashtirishdagi mojarolar tufayli kechiktirildi.
Top Gun: Maverick premyerasi AQShda 2022-yil 27-mayda boʻldi. Kinoteatrlarda IMAX, 4DX, ScreenX, va Dolby Cinema formatlarida namoyish etildi. Kinotanqidchilar filmi juda ijobiy baholashdi. Film umumjahon boʻylab $1.48 milliard jamgʻardi va 2022-yilning eng kassabop filmiga aylandi.
Syujeti
Rollarda Rol Aktyor (aktrisa) kapitan Pete „Maverick“ Mitchell Tom Cruise leytenant Bradley „Rooster“ Bradshaw Miles Teller Penelope „Penny“ Benjamin Jennifer Connelly kommandor Beau „Cyclone“ Simpson Jon Hamm kommandor Solomon „Warlock“ Bates Charles Parnell Bernie „Hondo“ Coleman Bashir Salahuddin leytenant Jake „Hangman“ Seresin Glen Powell leytenant Natasha „Phoenix“ Trace Monica Barbaro leytenant Robert „Bob“ Floyd Lewis Pullman leytenant Mickey „Fanboy“ Garcia Danny Ramirez leytenant Reuben „Payback“ Fitch Jay Ellis leytenant Javy „Coyote“ Machado Greg Tarzan Davis admiral Tom „Iceman“ Kazanski Val Kilmer kommandor Chester „Hammer“ Cain Ed Harris Amelia Benjamin Lyliana Wray Sarah Kazansky Jean Louisa Kelly leytenant Logan „Yale“ Lee Raymond Lee leytenant Brigham „Harvard“ Lennox Jake Picking
Musiqasi
Manbalar
Havolalar
Turkum:IMAX filmlari Turkum:COVID-19 pandemiyasi sababli premyerasi qoldirilgan filmlar Turkum:AQSh filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:2022-yil filmlari Turkum:AQSh jangari filmlari Turkum:Paramount Pictures filmlari Turkum:Dramatik filmlar Turkum:AQSh dramatik filmlari Turkum:4DX-filmlar Turkum:Joseph Kosinski filmlari