Thomas More (ruschadan kirib kelgan talaffuzi Tomas Mor; 1478-yil 7-fevral — 1535-yil 6-iyul), katolik cherkovida Avliyo Thomas More nomi bilan hurmatga sazovor boʻlganHomily at the Canonization of St. Thomas More at The Center for Thomas More Studies at the University of Dallas, 2010, citing text „Recorded in The Tablet, June 1, 1935, pp. 694-695“ ingliz huquqshunosi, sudya, ijtimoiy faylasuf, yozuvchi, davlat arbobi va Uygʻonish davrining taniqli gumanisti. U, Henri VIII davrida 1529-yil oktabrdan 1532-yil maygacha Angliyaning Oliy Lord Kansleri lavozimida ishlaganLinder, Douglas O. The Trial of Sir Thomas More: A Chronology at University Of Missouri-Kansas City (UMKC) School Of Law U 1516-yilda nashr etilganJubilee of parliament and government members, proclamation of Saint Thomas More as patron of statesmen vatican.va " Utopia " asarini yozgan, asarda xayoliy orol davlatining siyosiy tizimi tasvirlangan.

U Martin Luther, Huldrich Tswingli, Jhon Calvin va William Tyndale ilohiyotiga qarshi polemikalarni yoʻnaltirib, protestant islohotiga koʻproq qarshi chiqadi. Bundan tashqari, Henri VIII ning katolik cherkovdan ajralishiga qarshi boʻlib, Henrini Angliya cherkovining oliy rahbari sifatida tan olishdan bosh tortadi va uning Aragonlik Catherine bilan nikohini bekor qiladi. Rahbarlik Qasamyodini qabul qilishdan bosh tortgach, u xiyonatda ayblanib, qatl etiladi. Qatl paytida u : „Men shohning yaxshi xizmatkori va Xudoning birinchi xizmatkori sifatida oʻlaman“ degan edi.

Papa Pius XI Moreni 1935-yilda shahid sifatida kanonizatsiya qildi. Rim papasi Ioann Pavel II uni 2000-yilda davlat va siyosat arboblarining avliyosi deb eʼlon qildiApostolic letter issued motu proprio proclaiming Saint Thomas More Patron of Statesmen and Politicians, 31 October 2000 Vatican.va.

Yoshlik davr

1478-yil 7-fevralda London shahridagi Milk koʻchasida tugʻilgan Thomas More muvaffaqiyatli advokat va keyinchalik sudya boʻlgan John MoreJokinen, A. (13 June 2009). va uning rafiqasi Agnesning oʻgʻli edi. U olti farzandning ikkinchisi edi. More Londonning eng yaxshi maktablaridan biri hisoblangan Avliyo Entoni maktabida tahsil olgan. Soʻng, 1490-yildan 1492-yilgacha Kanterberi arxiyepiskopi va Angliya lord kansleri John Mortonga uy paji sifatida xizmat qildi.

Yosh More haqida yuqori fikrda boʻlgan Morton " Yangi oʻrganish " ni (keyinchalik „gumanizm“ yoki „London gumanizmi“ deb nomlanuvchi stipendiya) ishtiyoq bilan qoʻllab-quvvatladi. Morening katta salohiyatga ega ekanligiga ishongan Morton uni Oksford universitetida oʻqishga nomzod qilib koʻrsatdi

More 1492-yilda Oksfordda oʻqishni boshladi va klassik taʼlim oldi. Tohmas Linacre va William Grocynning qoʻl ostida tahsil olib, lotin va yunon tillarini yaxshi oʻrgandi. More otasining talabi bilan Londondagi Nyu-Inn, Kantselyariya mehmonxonalaridan birida yuridik taʼlimni boshlash uchun .. Oksfordda atigi ikki yil oʻqib soʻng uni tark etdi.1496-yilda More Court mehmonhonalaridan biri boʻlgan Linkolnʼs Inn da talaba boʻldi.

Diniy hayoti Uning doʻsti, Rotterdamlik ilohiyotshunos Desiderius Erasmusning soʻzlariga koʻra, More bir vaqtlar rohib boʻlish uchun yuridik karyerasini tark etishni jiddiy oʻylagan. 1503-1504-yillarda More London devorlari tashqarisidagi Kartezan monastiri yaqinida yashab, rohiblarning diniy faoliyatlarida qatnashgan. Garchi u ularning taqvodorligiga qoyil qolgan boʻlsa-da, More oxir-oqibat oldingi holatiga qaytishga qaror qildi va 1504-yilda parlamentga saylandi va keyingi yili oila qurdi

Umrining qolgan qismida koʻproq zohidlik amaliyotlari bilan davom ettirdi Avliyo Frensisning Uchinchi Ordeni anʼanasi Moreni avliyolar taqvimida ushbu ordenning aʼzosi sifatida sharaflaydi...

Oilaviy hayoti thumb|Rouland Lockey Kichik Hans Holbeindan keyin , Sir Thomas Morening oilasi, c. 1594 More 1505-yilda Jane Coltga uylandi. Oʻsha yili u London, Sent-Stiven Uolbruk cherkovi, Baklersberidagi Old Barj deb nomlanuvchi uyning bir qismini ijaraga oldi. Sakkiz yil oʻtgach, u uyning qolgan qismini egalladi va 1525-yilda „Chelsi“ga koʻchib oʻtgunga qadar u yerda deyarli 20 yil yashadi Erasmusning xabar berishicha, More yosh xotiniga xotini uyda ilgari olganidan koʻra yaxshiroq taʼlim berishni xohlagan va unga musiqa va adabiyotdan dars bergan Er-xotinning toʻrt farzandi bor edi: Margaret, Elizabeth, Cicely va John. Jane 1511-yilda vafot etdi

30 kun ichida „doʻstlarning maslahatlariga qaramasdan“ More oʻzining keng doirasidagi doʻstlari orasida munosib ayollardan biriga uylandi.. U beva qolgan Alice Middletonni roʻzgʻorga boshchilik qilish va kichik bolalariga gʻamxoʻrlik qilish uchun tanladi. Nikohning tezligi shunchalik gʻayrioddiy ediki, More nikohni taqiqlash qoidalaridan voz kechishga majbur boʻldi yaʼni More jamoatchilikdagi obroʻsi tufayli nikohga osonlik bilan erishdi

Morening ikkinchi nikohidan farzandlari yoʻq edi, garchi u Elisning oldingi turmushidan boʻlgan qizini oʻzidek tarbiyalagan boʻlsa-da. More ikki yosh qizning vasiysi boʻldi: Ann Kresakr oxir-oqibat oʻgʻli Jon Morega uylanadi;. va Margaret Giggz (keyinchalik Klement) uning oʻlimga guvoh boʻlgan yagona oila aʼzosi edi (u qatlning 35 yilligida vafot etdi va uning qizi Morening jiyani Uilyam Rastellga uylandi). Mehribon ota boʻlgan More qonuniy yoki davlat ishlarida boʻlganida farzandlariga xat yozar va ularni unga tez-tez yozishga undagan .

Koʻproq qizlariga oʻgʻliga bergan kabi klassik taʼlim berishni afzal koʻrdi, bu esa oʻsha paytdagi gʻayrioddiy munosabat edi Uning katta qizi Margaret oʻzining bilimdonligi, ayniqsa yunon va lotin tillarini yaxshi bilishi bilan koʻpchilikni hayratga soldi. Morening oʻz qizlariga taʼlim berish qarori boshqa zodagon oilalarga oʻrnak boʻldi. Hatto Erasmus ham ularning yutuqlariga guvoh boʻlgach, bunday yutuqlarni oqladi

More va uning oilasi, Sir Thomas More va oilasining portreti Holbein tomonidan chizilgan; ammo, u XVIII asrda yongʻinda yoʻqolgan. Morening nabirasi saqlanib qolgan rasmning ikkita versiyasi asosida portret nusxasini buyurtma qildirgan.

Ilk siyosiy karyerasi thumb|Thomas More oilasining portretini oʻrganish, c. 1527-yil, Kichik Hans Holbein tomonidan chizilgan 1504-yilda More Buyuk Yarmut vakili sifatida parlamentga saylandi va 1510-yilda London vakili boʻldi...

1510-yildan boshlab More London shahrining ikkita yordamchisidan biri boʻlib xizmat qildi, bu katta mas’uliyatli lavozimda u halol va samarali davlat xizmatchisi sifatida obroʻ qozondi. More 1514-yilda soʻrovlar ustasi boʻldi,Magnusson (ed. oʻsha yili u shaxsiy maslahatchi sifatida tayinlandiRebhorn, W. A. (ed.) p. xviii. Muqaddas Rim imperatori Kardinal V huzurida diplomatik missiyani amalga oshirgandan soʻng, York kardinal arxiyepiskopi Thomas Wolsey bilan Kale va Bryuggega joʻnab ketgan More ritsar unvoniga sazovor boʻldi va 1521-yilda Moliya vazirligining gʻaznachisi etib tayinlandi

Qirol Genrix VIII ning kotibi va shaxsiy maslahatchisi sifatida More borgan sari xorijiy diplomatlarni kutib olish, rasmiy hujjatlarni ishlab chiqish va Qirol va Lord Chancellor Wolsey oʻrtasida bogʻlovchi boʻlib xizmat qilish taʼsiri kuchayib bord. Keyinchalik Oksford va Kembrij universitetlarida Oliy Styuard boʻlib ish yutitdi.

1523-yilda More Midlseks shtatining ritsari sifatida saylandi va Wolsey tavsiyasiga koʻra, Jamoatlar Palatasi Moreni oʻz spikeri etib sayladi. 1525-yilda More Shimoliy Angliyaning katta qismi ustidan ijroiya va sud mas’uliyati bilan Lankaster Gersogligining Kansleri boʻldi

Kanslerlik Wolsey vafotidan soʻng, More 1529-yilda Lord Kansler lavozimini egalladi. U ishlarni misli koʻrilmagan tezlik bilan bajardi.

Protestant islohotiga qarshilik thumb|Sir Thomas More XIX asr London,Karey koʻchasi oxiridagi Sir Thomas More uyida, , Qirollik sudining roʻparasida haykal bilan esga olinadi. More katolik cherkovni qoʻllab-quvvatladi va protestant islohotini bid’at kabi koʻrdi buni ham cherkov, ham jamiyat birligiga tahdid deb bildi. More cherkovning ilohiyotshunosliligiga, argumentatsiyasiga va cherkov qonunlariga ishongan va „Lyuterning katolik cherkovini yoʻq qilishga chaqiruvini huddi urushga chaqirish sifatida qabul qilgan“Gerard B. Wegemer, Portrait of Courage, p. 136...

Uning protestant islohotiga qarshi dastlabki harakatlari Angliyaga Lyuteran kitoblarining olib kirilishining oldini olishda Wolseyga yordam berish, protestantantlarga gumon qilish, ayniqsa noshirlar ustidan josuslik va tergov qilish, shuningdek, Injil va boshqa materiallarni olib yurish va boshqa protestant materiallarini tarqatishda ayblab hibsga olishdan iborat edi.. Bundan tashqari, Tindalning Yangi Ahdning ingliz tilidagi tarjimasini yoʻq qilish ishlari yanada kuchliroq edi.

Tindal Injil koʻproq bid’at va fitna deb hisoblangan va More bundagi baʼzi soʻzlarning bahsli tarjimalaridan foydalangan; Masalan, u yunoncha " " uchun „ruhoniy“ emas, „katta“ va „oqsoqol“ soʻzlarini ishlatgan. ", va cherkov oʻrniga jamoat atamasini ishlatgan; u shuningdek, baʼzi marginal jilolar katolik taʼlimotiga qarshi ekanligini taʼkidlardi. Aynan shu davrda uning adabiy polemikalarining aksariyati paydo boʻldi.

Morening hayoti davomida va keyin Lord Kansler boʻlgan davrida protestant „bid’atchilar“ ning taʼqib qilinishi haqida koʻplab maʼlumotlar tarqaldi. XVI asrdagi mashhur ingliz protestant tarixchisi John Foxe oʻzining "Shaxidlar kitobi" da Moreni qiynoqlar boʻyicha ayblovlarini eʼlon qilishda muhim rol oʻynagan yaʼni More bid’atchilarni soʻroq qilishda koʻpincha zoʻravonlik yoki qiynoqlardan foydalanganligini taʼkidlagan. Keyinchalik Brian Moynahan va Michael Farris kabi mualliflar bu daʼvolarni takrorlashda Foksdan iqtibos keltiradilar, Garchi Diarmaid MacCulloch Morening „bid’atchilarni yoqishdan zavqlanishini“ tan olgan holda, uning bevosita ishtirok etganligi haqida hech qanday dalil topmaydiMacCulloch (2018) p. 160: "[More]…turned to waging implacable war on enemies of the Church whom he could crush without inhibition.. More kanslerligi davrida olti kishi bid’at uchun olovda yoqib yuborilgan; ular Thomas Hitton, Thomas Bilney, Richard Bayfiled, Jhon Tewkesbury, Thomas Dusgate va James Bainham edi Moynahanning taʼkidlashicha, More Tindalni yoqib yuborishda taʼsiri boʻlgan, chunki Morening agentlari Tindalni oʻlimidan bir yil oʻtib ham, uni uzoq vaqt taʼqib qilishgan.

Buning oʻrniga koʻproq oʻzining „Uzr soʻrash“ asarida (1533) taʼkidlaganidek, u faqat ikkita bid’atchiga nisbatan jismoniy jazo qoʻllagan: Evxaristiya bilan bogʻliq bid’at uchun oilasi oldida qamishlangan bola va buzgʻunchilik uchun qamchilangan „zaif“ odam. ibodatlarMarius, Richard (1999)...

Isteʼfo Papalik va Qirol oʻrtasidagi ustunlik boʻyicha ziddiyat avjiga chiqqanida, More Angliya qiroli ustidan Pyotrning vorisi sifatida Rim papasining ustunligini qoʻllab-quvvatlashda sobit boʻlishda davom etdi. Parlament 1529-yilda preemunire ayblovini qayta tiklashi, Qiroldan tashqari har qanday hokimiyatni (masalan, papalik) Qiroldan yuridik ustuvorlikka ega boʻlish daʼvosini davlat yoki idorada qoʻllab-quvvatlashini jinoyatga aylantirdi.

1530-yilda More yetakchi ingliz cherkov aʼzolari va aristokratlari tomonidan Papa Clement VII dan Henrining Aragonlik Catherine bilan nikohini bekor qilishni soʻrab xatni imzolashdan bosh tortdi, shuningdek, Genrix VIII bilan bid’at qonunlari tufayli janjallashdi. 1531-yilda qirollik farmoni ruhoniylardan qirolni Angliya cherkovining oliy rahbari deb tan olish toʻgʻrisida qasamyod qilishlarini talab qildi. 1532-yilda Kanterberi chaqiruvida yepiskoplar qasamyodni „Masihning qonuni imkon qadar“ soʻzlari qoʻshilganidan keyin va faqat preemunir tahdidi ostida imzolashga rozi boʻlishdi.