thumb| Nano-shesternya Nanorobotlar yoki nanobotlar — oʻlchami molekulalarga teng keladigan (100 nm dan kam), harakatlanish, ahborotni qayta ishlash va uzatish, dasturlarni bajarish funksiyasiga ega boʻlgan robotlar.
Oʻz nusxalarini yaratishga, yaʼni oʻz-oʻzini koʻpaytirishga qodir nanorobotlar replikatorlar deb ataladiE. Dreksler. Mashini sozidaniya: gryaduщaya era nanotexnologii, 1986.Djon Robert Marlou: voyna s replikatorami | Nanotexnologii Nanonewsnet. Bunday nanomashinlar Richard Feynmanning 1959-yili chiqqan „Pastda joy toʻlib toshib yotibdi“ asarida asoslab beilgan 1986-yilda Erik Dreksler oʻzining „ Yaratish mashinalari: Nanotexnologiyaning yaqinlashib kelayotgan davri“ kitobida ularni yaratish imkoniyatlarini koʻrib chiqib, „nanobot“ atamasini fanga kiritdi.
Boshqa taʼriflar nanorobotni nano oʻlchamdagi obyektlarga bevosita taʼsir oʻtkaza oladigan yoki nano oʻlchamdagi obyektlarni boshqarishga qodir boʻlgan mashina sifatida tasvirlaydi. Natijada, atom-kuchi mikroskopi kabi yirik qurilmalarni ham nanorobotlar deb hisoblash mumkin, chunki u nano oʻlchamdagi obyektlarni boshqara oladi. Bundan tashqari, hatto nano oʻlchamdagi aniqlik bilan harakatlana oladigan oddiy robotlarni ham nanorobotlar deb hisoblash mumkin.
„Nanorobot“ soʻzidan tashqari, „nanit“ va „nanogen“ iboralari ham qoʻllanadi, ammo birinchi variant hali ham jiddiy muhandislik tadqiqotlari kontekstida texnik jihatdan toʻgʻri atama boʻlib qolmoqda.
Nanorobotlar nazariyasi Nanorobotlar mikroskopik hajmga ega boʻlgani sababli, ularning koʻpchiligi mikroskopik va makroskopik muammolarni hal qilishda birgalikda ishlashga muhtoj boʻlishi mumkin. Nazariya replikatsiya qilishga qodir boʻlmagan nanorobotlar toʻdalarini (yaʼni „Utilitar tuman“) va atrof-muhitda oʻz-oʻzini koʻpaytirishga qodir boʻlgan (" kulrang shilliq " va boshqa variantlar) nanorobotlarni koʻrib chiqadi.
Baʼzi nanorobotlar tarafdorlari kulrang shilliq ssenariysiga javoban, nanorobotlar faqat cheklangan miqdorda va nanofabrikaning maʼlum bir maydonida replikatsiya qilish qobiliyatiga ega degan fikrda. Bundan tashqari, ushbu nanotexnologiyani havfsiz qiladigan oʻz-oʻzini replikatsiya qilish jarayoni hali ishlab chiqilmagan. Bundan tashqari, robotlarning oʻz-oʻzini erkin replikatsiya qilishi gipotetik jarayon boʻlib, hozirgi ilmiy tadqiqot rejalarida k’rib chiqilmaydi ham.
Shu bilan birga, bemorga inyektsiya qilinadigan va nano miqyosda simsiz aloqa rolini bajaradigan tibbiy nanorobotlarni yaratish rejalashtirilmoqda. Bunday nanorobotlarni oʻz-oʻzidan nusxa koʻchirish yoʻli bilan ishlab chiqarish mumkin emas, chunki bunda nusxa koʻchirishda xatolik kelib chiqib, nanoqurilmaning ishonchliligini pasaytirishi va tibbiy vazifalarning bajarilishini oʻzgartirishi mumkin. Buning oʻrniga nanorobotlarni ixtisoslashtirilgan tibbiy nanofabrikalarda ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.
Nanorobotlar konstruksiyasi thumb| molekulyar propeller Nanorobotlarni ilmiy tadqiq qilish yoʻnalishining rivojlanishi munosabati bilan ularning oʻziga xos dizayni masalalari hozirda eng dolzarb hisoblanadi. Ushbu muammoni hal qilish boʻyicha tashabbuslardan biri 2000-yilda Robert Fraytas va Ralf Merkle tomonidan asos solingan Nanofabrikalarni rivojlantirish boʻyicha hamkorlikMolecularAssembler.com/Nanofactory Nanofactory boʻlib, u amaliy tadqiqot dasturiniMolecularAssembler.com/Nanofactory/Challenges.htm Positional Diamondoid Molecular Manufacturing ishlab chiqishga qaratilgan, bunda ish boshqariladigan olmos mexanosintetik nanofabrikasini yaratishga qaratiladi. Natijada olmos birikmalari asosida tibbiy nanorobotlar ishlab chiqariladi.
Buning uchun zondlash, molekulalar oʻrtasidagi kuch bogʻlanishlarini boshqarish va navigatsiya texnologiyalari ishlab chiqilmoqda. Manipulyatsiya asboblari, harakatlantiruvchi apparatlar (molekulyar motorlar) va „bort kompyuteri“ loyihalari va prototiplari yaratilmoqda.
Harakat apparati thumb| molekulyar motor Molekulyar dvigatel — nano oʻlchamli mashinalar boʻlib, ularga energiya bilan taʼsir etilganda aylanishga qodir. Molekulyar motorlarning asosiy xususiyati energiya qoʻllanilganda sodir boʻladigan takrorlanuvchi bir tomonlama aylanish harakatidir. Energiyani taʼminlash uchun kimyoviy, yorugʻlik va elektron tunnel usullari qoʻllanadi.
Molekulyar dvigatellar bilan bir qatorda dizayni boʻyicha makroskopik analoglarga oʻxshash nanoelektr dvigatellar ham yaratilmoqdaRotational actuators based on carbon nanotubes : Article : Nature, ishlash printsipi kvant effektlaridan foydalanishga asoslangan dvigatellar ishlab chiqilmoqdaElementi — novosti nauki: Predlojena model atomnogo kvantovogo dvigatelya. Suvda ishlaydigan nanodvigatellar ham yaratilmoqda.
Nanomobil Nanomobil birmembrana.ru 21.10.2005 Postroen ezdyaщiy odnomolekulyarniy avtomobil yoki bir nechta molekulalardanmembrana.ru 20.01.2010 Ximiki izgotovili gonochniy nanomobil tashkil topgan, mustaqil harakatlana oladigan eng oddiy nanorobotdir. Energiya manbai vazifasini tashqaridan taʼminlangan elektr toki bajaradiNauka XXI vek. Sozdan nanomobil na elektricheskoy tyage . Tarixdagi birinchi nanomobillar poygasi 2017-yilda boʻlib oʻtdi.
Yaratish usullari
3D bosib chiqarish 3D bosib chiqarish — bu 3D raqamli modeldan qatlam-qatlam jismoniy obyektni yaratish usuli. Nano oʻlchamdagi 3D bosib chiqarish aslida bir xil, ammo ancha kichikroq miqyosda 5-400 mikrometr masshtabdagi konstruksiyani chop etish uchun bugungi 3D printerlarning aniqligi ancha yaxshilanishi kerak.
3D bosib chiqarish va lazerli oʻyma (gravirovka) Birinchi marta Janubiy Koreyaning Seul shahrida ishlab chiqilgan texnika ikki bosqichli 3D bosib chiqarish jarayonidan foydalandi: haqiqiy 3D bosib chiqarish va plitalarning lazerli oʻymakorligidan. Nano oʻlchovda aniqroq boʻlish uchun 3D bosib chiqarish jarayonida lazerli oʻyma mashinasi ishlatiladi. Ushbu texnika juda koʻp afzalliklarga ega. Birinchidan, bosib chiqarish jarayonining umumiy aniqligini yaxshilaydi. Ikkinchidan, texnika potentsial nanorobot segmentlarini yaratishga imkon beradi.
Ikki fotonli litografiya 3D printer fokuslangan lazer nurlari bilan toʻgʻri joylarda qotib qolgan suyuq qatrondan foydalanadi. Lazer nurlarining markazlashtirilgan nuqtasi harakatlanuvchi nometall yordamida qatron orqali yoʻnaltiriladi va kengligi bir necha yuz nanometr boʻlgan qattiq polimer chizigʻini qoldiradi. Ushbu usul qum donasi oʻlchamidagi haykallarni yaratishga imkon beradi. Ushbu texnika 3D nanoprinting standartlari boʻyicha yetarlicha tez hisoblanadi.
Potensial qoʻllash sferasi Nanomashinlarning birinchi foydali qoʻllanishi, agar ular paydo boʻlsa, tibbiy texnologiyada rejalashtirilgan boʻlib, ular saraton hujayralarini aniqlash va yoʻq qilish uchun ishlatilishi mumkin. Shuningdek, ular atrof-muhitdagi zaharli kimyoviy moddalarni aniqlashlari va ularning darajasini oʻlchashlari mumkin.
Saratonni erta aniqlash va saraton hujayralariga maqsadga qratilgan dori yetkazib berishNanotexnologii o rakeTexnologiya borbi s rakomDostavka lekarstv Biotibbiy asboblarProektirovanie meditsinskix ustroystv JarrohlikNeurosurgery Farmakokinetika Qandli diabet bilan kasallangan bemorlarni kuzatishNanoroboti v terapii diabetaNanorobotics for DiabetesWellness Engineering, Nanorobots, Diabetes Uning chizmalariga muvofiq individual molekulalardan qurilmani nanorobotlar yordamida molekulyar yigʻish orqali ishlab chiqarish Kuzatuv va josuslik vositasi sifatida harbiy foydalanish, shuningdek, qurol sifatida ham. Nanorobotlardan qurol sifatida foydalanish imkoniyatlari baʼzi ilmiy-fantastik asarlarda („Terminator 2: Qiyomat kuni“, „Terminator: Genezis“, „Yer tik turgan kun“, „Kobra hamlasi“, „Ustunlik“) namoyish etilgan. Kosmik tadqiqotlar va ishlanmalar (masalan, fon Neyman zondlari)
Texnologiyaning rivojlanish darajasi 2016-yil holatiga koʻra nanorobotlar yaratishning hali ilmiy-tadqiqot bosqichida hisoblanadi. Baʼzi olimlarning taʼkidlashicha, nanorobotlarning ayrim komponentlari allaqachon yaratilgan. Bir qator xalqaro ilmiy konferensiyalar nanoqurilma komponentlarini ishlab chiqishga va bevosita nanorobotlarga bagʻishlangan.
Molekulyar mashinalarning baʼzi ibtidoiy prototiplari allaqachon yaratilgan. Misol uchun, kimyoviy namunalardagi individual molekulalarni sanashga qodir, taxminan 1,5 nm kalitga ega boʻlgan sensor. Yaqinda Rays universiteti zamonaviy avtomobillarda kimyoviy jarayonlarni tartibga solishda foydalanish uchun nanoqurilmalarni namoyish etdi.
Eng murakkab nanorobot prototiplaridan biri 2008-yil oxirida Yorgen Kyems boshchiligidagi xalqaro guruh tomonidan yaratilgan „DNK box“dir. Qurilma muhitga maxsus DNK fragmentlarini qoʻshish orqali boshqariladigan harakatlanuvchi qismga ega. Kyemsning fikricha, qurilma " DNK kompyuteri " sifatida ishlashi mumkin, chunki uning asosida mantiqiy yechimlarni amalga oshirish mumkin. Qurilmaning muhim xususiyati bu DNK origami deb ataladigan yigʻish usulidir, buning yordamida qurilma avtomatik ravishda yigʻiladi.
2010 yilda makonda harakatlana oladigan DNK asosidagi nanorobotlar birinchi marta namoyish etildi.
2016-yilning yozida Drexel universiteti olimlari tomirlar orqali dori vositalarini tez yetkazib berish uchun kerak boʻladigan nanobotlarni yaratishga muvaffaq boʻldi. Elektromagnit maydon yordamida mutaxassislar eng kichik robotlarda yuqori tezlikni ishlab chiqishga muvaffaq boʻlishdi. Yangi ishlanma dori vositalarini organizmning qon tomirlari orqali yuborishni osonlashtiradi. Ularning xulosalari va ixtiro tafsilotlari Scientific Reports tomonidan chop etilgan maqolada aks ettirilgan. Elektromagnit maydon robotlarga taʼsir qilib, ularning aylanishiga sabab boʻladi. Zanjirga ulangan 13 ta nanobot soniyasiga 17,85 mikrometrgacha tezlikka erishadi. Kuzatishlar davomida olimlar maksimal tezlikka erishilganda kichikroq zanjirlarga boʻlinish qobiliyati mavjudligini aniqladilar. Nanobotlar hatto magnit maydon yoʻnalishini oʻzgartirib, turli yoʻnalishlarga ham yoʻnaltirilishi mumkin.
Sanʼatda
Kinoda
Agent Kodi Banks (2003) Kobra hamlasi (2009) Transsendensiya (film) (2014) Oʻlishga vaqt yoʻq (2021) Bloodshot (film) (2020)
Shuningdek koʻring
Kvant roboti Molekulyar kompyuter Kvant kompyuteri Kiberpank Aqlli chang Nanoputlar Kulrang shilimshiq
Manbalar
Adabiyotlar
V. Yu. Popov, DNK Nanomexanik robotlar va hisoblash qurilmalari, 2008-yil (mavjud havola) Efremenko D. V. Siyosiy oʻlchovdagi texnologiya: megamashinalardan nanorobotlarga va aksincha // POLITEKS (Siyosiy ekspertiza), 2012-yil, № 4. — s. 46-63.
Havolalar
Amerikalik olimlar dunyodagi birinchi nanorobotni yaratishdi Nanorobotlar — kelajakdagi gʻalabami yoki insoniyat uchun fojiami? Yaponiya nanorobotlar uchun birinchi „nanomiya“ni yaratdi Olimlar nanorobotga yurish va DNK bilan ishlashni oʻrgatishdi Nanorobotlar bir necha yil ichida dunyoni oʻzgartiradi, Membrana, 2002-yil 4-yanvar Popov V. YU. DNK nanomexanik robotlari va hisoblash qurilmalari Nanorobotlar ) Olimlar DNK dan nanobotlar yaratadilar Rossiyada va dunyoda nanotexnologiyalar — birinchi rus ixtisoslashtirilgan portali; 2004-yildan beri Turkum:Kvazibiologik paradigma Turkum:Robotlar Turkum:Kiberpank Turkum:Nanotexnologiya Turkum:Pages with unreviewed translations