Yuan sulolasi (1271—1368) — Xitoyning moʻgʻul Borjigin urugʻi boshqargan sulolasi. Moʻgʻullar imperiyasining davomchilaridan biri Xubilayxon tomonidan asos solingan.
Tarixi
Xubilayxonning yuksalishi thumb| Sancai sirlangan xitoy sopol tutatqisi, Yuan sulolasi Chingizxon dashtlardagi moʻgʻul va turkiy qabilalarni birlashtirib, 1206-yilda Buyuk xon boʻldi. U va uning vorislari Moʻgʻullar imperiyasini butun Osiyo boʻylab kengaytirdilar. Chingizning uchinchi oʻgʻli Oʻqtoyxon davrida moʻgʻullar 1234-yilda zaiflashgan Jin sulolasini yoʻq qilib, Shimoliy Xitoyning katta qismini bosib oldilar. Oʻqtoy jiyani Xubilayga Xingjoudagi (Xebey) lavozimni taklif qildi. Xubilay xitoy tilini bilmas edi, lekin uning onasi Sorgʻagʻtanining qoʻli ostida unga bir qancha xan (xitoy) oʻqituvchilari biriktiriladi. U xitoylik buddist va konfutsiy maslahatchilaridan maslahat soʻradi. Munke Xon 1251-yilda Oʻqtoyning oʻgʻli Guyukning oʻrniga Buyuk xon boʻldi. U akasi Xubilayga Xitoydagi moʻgʻullar tasarrufidagi hududlarni nazorat qilishni berdi. Xubilay konfutsiy olimlari uchun maktablar qurdi, qogʻoz pullar chiqardi, xitoylik marosimlarni qoʻlladi va qishloq xoʻjaligi va savdo oʻsishini ragʻbatlantirish siyosatini olib bordi. U Ichki Moʻgʻulistondagi Kayping shahriga asos soldi, keyinchalik uning nomi Shangdu deb oʻzgartirildi.
Koʻpgina xan xitoylari va xitanlar jinlarga qarshi kurashish uchun moʻgʻullar tomoniga oʻtib ketishdi. Ikki xan yetakchisi, Shi Tianze, Liu , Liu Ni),Collectif 2002, p. 147. va xitan Syao Jala moʻgʻul qoʻshinidagi 3 tumanga qoʻmondonlik qildilar. Liu Xeyma va Shi Tianze Oʻqtoy Xonga xizmat qilishgan.Schram 1987, p. 130. Liu Xeyma va Shi Tianxiang moʻgʻullarning gʻarbiy Syaga qarshi qoʻshinlarini boshqargan.eds. Seaman, Marks 1991, p. 175. Har bir tuman 10 000 askardan iborat boʻlgan. 4 ta xan tumanboshisi va 3 ta xitan tumanboshisi boʻlgan.
Shi Tianze Tszin sulolasida (1115-1234) yashagan xan xitoyi edi. Xan va Jurchen oʻrtasidagi millatlararo nikoh bu vaqtda keng tarqalgan. Uning otasi Shi Bingji (, Shih Ping-chih) edi. Shi Bingji jurchen ayoliga (familiyasi Na-ho) va xan ayoliga (familiyasi Chang) uylangan edi. Ularning qaysi biri Shi Tianzening onasi ekanligi nomaʼlum.ed. de Rachewiltz 1993, p. 41. Shi Tianze ikkita jurchen ayoliga, xan ayoliga va koreys ayoliga uylangan va uning oʻgʻli Shi Gang jurchen xotinlarining biridan tugʻilgan.Kinoshita 2013, p. 47. Uning Jurchen xotinining familiyalari Mo-nien va Na-ho, koreys xotinining familiyasi Li va Xan xitoylik xotinining familiyasi Shi edi. Shi Tyanze Moʻgʻul imperiyasi qoʻshinlari Jin sulolasiga bostirib kirgandan soʻng moʻgʻullar tomoniga oʻtadi. Uning oʻgʻli Shi Gang Kerait ayoliga uylangan, Keraitlar moʻgʻullashgan turkiy xalq boʻlib, "moʻgʻul millati" tarkibiga kirgan.Kinoshita 2013, p. 47.
Yuan sulolasi "Yangi boʻysundiruvchi armiya" deb ataladigan "Xan armiyasi"ni yaratdi.Hucker 1985, p.66.
Munke Xon janubiy Xitoyda Xitoy Song sulolasiga qarshi harbiy yurish boshladi. Janubiy Xitoyga bostirib kirgan moʻgʻul qoʻshinlari 1256-yilda Yaqin Sharqqa bostirib kirish uchun yuborilgan qoʻshindan ancha koʻp ediSmith, Jr. 1998, p. 54. U 1259-yilda o`zidan voris qoldirmasdan vafot etdi. Xubilay 1260-yilda akasi Oriq Böke taxtga da'vogarlik qilayotganini bilgach, Song sulolasiga qarshi kurashdan qaytdi. Xubilay Xitoyning Kaypin shahrida qurultoy chaqirib, o`zini Buyuk xon deb e'lon qildi. Moʻgʻulistondagi qurultoy Ariq Bökeni Buyuk Xon deb eʼlon qilishi natijasida fuqarolar urushi boshlanib ketdi. Xubilayxon oʻz qoʻshini katta resurslarga ega boʻlishini taʼminlash uchun xitoylik fuqarolar bilan hamkorlik qilishga e'tibor berdi. U oʻz hukumatini an'anaviy xitoy sulolalari byurokratiyasiga tenglashtirish va Xitoy sulolalari davridagi Chjongtong nomini qabul qilish orqali oʻz fuqarolari orasida obroʻsini oshirdi. Ariq Böke yetarli darajada taʼminlanmaganligi tufayli qarshilik koʻrsata olmadi va 1264-yilda taslim boʻldi. Gʻarbdagi uchta xonlikning barchasi (Oltin Oʻrda, Chigʻatoy xonligi va Xolokular davlati) funksional jihatdan mustaqil boʻldi, biroq faqat Xuloku davlati Xubilayni Buyuk Xon sifatida tan oldi. Toj-u taxt uchun kurashlar Moʻgʻullar imperiyasini mutlaq ravishda boʻlib yubordi.
Xubilayxon va Kaydu boshchiligida Oʻrta Osiyo xonliklari oʻrtasidagi toʻqnashuvlar bir necha oʻn yillar, yaʼni XIV asr boshlarida ularning ikkalasi ham vafot etgunga qadar davom etdi. Xubilayxonning yana bir ukasi Xuloku oʻz Ilxonligini boshqargan va Buyuk Xonga hurmat bajo keltirgan, lekin aslida mustaqil xonlikni tashkil qilgan va 1295-yilda Ilxon Gʻazon taxtga oʻtirgandan soʻng Xubilayxon vorisi imperator Chengzong unga yorliq yuborgan. Garchi Yuan sulolasining nominal ustunligini qolgan uchta xonlik tan olgan boʻlsa-da, toʻrtta asosiy voris xonliklar hech qachon bir hukmronlik ostida birlashmadi va ular oʻrtasida chegara toʻqnashuvlari ham tez-tez sodir boʻlib turdi.H.H.Howorth-History of the Mongols, vol.II p.288 thumb| 1302-yilda Rim papasi Bonifats VIIIga yozilgan maktubdagi Ilxon gʻazanning muhri.
Sulolaning tashkil topishi left|thumb| Xubilayxon. Chingizxonning nabirasi va Yuan sulolasining asoschisi Beqarorlik Xubilayxon hukmronligining dastlabki yillari sezilib turdi. Kuchli amaldorning kuyovi Li Tan 1262-yilda moʻgʻullar hukmronligiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtardi. Qoʻzgʻolonni muvaffaqiyatli bostirgandan soʻng, Xubilay oʻz saroyida xitoylik xan maslahatchilarning taʼsirini cheklash choralarini koʻrdi. Xitoylik amaldorlarga qaramligi uni kelajakdagi qoʻzgʻolonlarga qarshi himoyasiz qilib qoʻyishidan qoʻrqardi. 1262-yildan keyin Xubilay hukumati Xitoydagi moʻgʻul manfaatlarini saqlab qolish va xitoylik fuqarolarning talablarini qondirish borasida murosaga keldi. U oʻzining xitoylik maslahatchilari tomonidan byurokratiyani markazlashtirish, qogʻoz pullar muomalasini kengaytirish, tuz va temir boʻyicha anʼanaviy monopoliyalarni saqlab qolish orqali taklif qilingan islohotlarni qabul qildi, ammo Konfutsiycha imperatorlik tekshiruvlarini jonlantirish rejalarini rad etdi.
1264-yilda u oʻz qarorgohini sobiq Jin poytaxti Chjongdu shimoli-sharqidagi Daning saroyiga koʻchirdi. 1266-yilda u oʻzining yangi poytaxtini Tayye koʻli atrofida qurishni buyurdi va hozirgi Pekinning tarixiy asosini yaratdi. Shahar turklar va moʻgʻullar uchun Xonbaliq ("Xonlar shahri") va Daidu, xitoyliklar uchun Dadu (, "Buyuk poytaxt") nomi bilan mashhur boʻlgan. 1264-yildayoq Xubilay davr nomini Chjungtong () dan Chjiyuanga () oʻzgartirishga qaror qildi. Butun Xitoyni boshqarish istagi bilan Xubilay Xon 1271-yilda anʼanaviy xitoy uslubida yangi Yuan sulolasini eʼlon qilib, rasmiy ravishda Osmon mandatiga daʼvo qildi. Bu butun Xitoyni toʻliq boshqargan birinchi Xan sulolasi boʻldi.
Sulolaning rasmiy nomi Da Yuan (, “Buyuk yuan”) “Oʻzgarishlar klassikasiga sharhlar ” (I Ching) deb nomlangan Xitoy klassik matnidan kelib chiqqan. Yuan oʻzining rasmiy unvonida Da (, “Buyuk”) soʻzini, shuningdek, Xitoydagi qadimgi mintaqa yoki oliyjanob unvonga toʻgʻri kelmaydigan unvonni ishlatgan birinchi xitoy sulolasi edi. 1271-yilda Xonbaliq rasman Yuan sulolasining poytaxti boʻldi.
1270-yillarning boshlarida Xubilay janubiy Xitoyda Janubiy Song sulolasiga qarshi ommaviy yurish boshladi. 1273-yilga kelib, Xubilay oʻz dengiz floti bilan Yanszi daryosini toʻsib qoʻydi va Syanyanni qamal qildi. Bu shahar boy Yanszi daryosi havzasini egallash yoʻlidagi oxirgi toʻsiq edi. 1275-yilda kansler Jia Sidao boshchiligidagi 130000 qoʻshindan iborat Song qoʻshinlari Yuan kuchlari tomonidan magʻlubiyatga uchratildi. 1276-yilga kelib, Janubiy Song hududining katta qismi Yuan kuchlari tomonidan bosib olindi. 1279-yilda xitoylik general Chjan Xongfan boshchiligidagi Yuan qoʻshini Yamen jangida soʻnggi Song qarshiligini magʻlub etdi. Bu hodisa Janubiy Songning tugashini va Yuan ostida birlashgan Xitoy tarixining boshlanishini belgiladi. Yuan sulolasi anʼanaviy ravishda Tang sulolasi qulaganidan keyin bir necha yuz yillik parchalanishdan soʻng Xitoyni qayta birlashtirgani uchun eʼtirof etiladi.
Sulolaga asos solingandan soʻng, Xubilayxon oʻzining koʻplab maslahatchilari maslahati bilan anʼanaviy Sinosentrik vassal tizimi orqali yuanning taʼsir doirasini yanada kengaytirish choralarini koʻrdi. Biroq, bunday vassal munosabatlarini oʻrnatishga boʻlgan urinishlar rad etildi. Yaponiyaga (ikki marta), Dai Vyetga (Xubilay hukmronligi davrida ikki marta ) va Javaga harbiy ekspeditsiyalar kamroq muvaffaqiyatga erishdi. Xubilay Myanmada qoʻgʻirchoq davlatni oʻrnatdi, bu mazkur hududda anarxiyaga sabab boʻldi va Pagan qirolligi bir-biri bilan urushayotgan koʻplab mintaqalarga boʻlinib ketdi. Moʻgʻullar bilan qon toʻkilishi va toʻqnashuvlarning oldini olish uchun Annam va Champa keyinchalik Yuan sulolasi bilan nominal vassal munosabatlarini oʻrnatdilar.
Xubilayxon hukmronligi Xubilay Xon Xitoy va uning boshqaruv institutlarini isloh qilgan jangovar imperator sifatida maydonga chiqdi. Masalan, u Xitoy hukumatini markazlashtirib, oʻz hukmronligini mustahkamladi — oʻzini (oʻzidan oldingilaridan farqli oʻlaroq) mutlaq monarxga aylantirdi. U oʻz imperiyasini Filial Kotibiyatlariga .), yoki oddiygina provinsiyalar (), Chjongshu Sheng yoki Pagan va Tibet ishlari byurosi tomonidan boshqariladigan hududlarga boʻldi. Har bir viloyat taxminan ikki yoki uchta zamonaviy Xitoy provinsiyalarining hududlarini boshqargan. Bunaqa viloyat darajasidagi hukumat tuzilmasi keyingi Min va Sin sulolalari uchun namuna boʻldi. Xubilayxon boshqa koʻplab davlat va xoʻjalik institutlarini, xususan soliq tizimini isloh qildi. Xubilayxon Xitoyni anʼanaviy institutlar orqali boshqarishga intildi, shuningdek, garchi u hech qachon xitoylik maslahatchilarga toʻliq tayanmagan boʻlsa ham Xitoyni boshqarish uchun xitoylik xan maslahatchilar va amaldorlarni ishga olishi kerakligini tan oldi. Shunga qaramay, Xanlar siyosiy jihatdan kamsitildi. Deyarli barcha muhim markaziy lavozimlar moʻgʻullar tomonidan monopollashtirilgan edi. Ular xanlarni moʻgʻullar ishlamaydigan lavozimalrda ishlatishni afzal koʻrdilar. Xanlar koʻproq imperiyaning Xitoy boʻlmagan hududlarida ishlagan. Mohiyatan jamiyat imtiyozlar tartibiga koʻra toʻrt tabaqaga boʻlingan: moʻgʻullar, semu (“turli xil”, masalan: oʻrta osiyoliklar), shimolliklar va janubiylar. Xubilayxon oʻz hayoti davomida hozirgi Pekin oʻrnida Yuanning poytaxti Xonbaliqni qurdirdi va Shangduni (, “Yuqori poytaxt”, Marko Polo asarida Xanadu nomi bilan mashhur) yozgi poytaxt qildi. U, shuningdek, Xitoy qishloq xoʻjaligini yaxshiladi, Buyuk kanalni, magistrallarni va jamoat omborlarini kengaytirdi. Xubilayxon qoʻl ostida amaldor sifatida xizmat qilgan venetsiyalik savdogar Marko Polo oʻzini hukmdorga xayrixoh deb ta’riflagan: ogʻir paytlarda aholini soliqlardan ozod qilingan; kasalxonalar va mehribonlik uylari qurilgan; qashshoqlar orasida oziq-ovqat tarqatilgan.