Arab pishlogʻi () — Jibne Arabiya nomi bilan ham tanilgan, butun Yaqin Sharqda keng tarqalgan yumshoq oq pishloq. Bu ayniqsa Misr va Fors koʻrfazi davlatlarida mashhur. Pishloq fetaga oʻxshash yumshoq taʼmga ega, ammo shoʻrligi past. Kelib chiqishi Isroil va Yaqin Sharqqa taqaladi. Badaviylar uni birinchi boʻlib echki yoki qoʻy sutidan tayyorlashgan, hozir sigir sutidan ham foydalaniladi.

Turlari Birlashgan Arab Amirliklarida jibne arabiye — sigir sutidan tayyorlangan yarim qattiq pishloqdir. Pishloq qattiq, ochiq tuzilishga ega va uning taʼmi juda mayin. U oʻzi ham, turli sabzavotlar va tuzlangan zaytun bilan birgalikda ham isteʼmol qilinadi. Jibne Arabiyaga, koʻpincha, tuxum qoʻshib tovada qovuriladi.

Taom sifatida qoʻllanishi Jibne arabiye ovqat pishirishda yoki oddiygina oshxona pishlogʻi sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari, knafe kabi pishloq solinadigan pishiriqlarning tarkibiy qismidir.

Yana qarang

Shanklish Feta Nabulsiy

Manbalar

Turkum:Pishloq Turkum:Sut mahsulotlari Turkum:sigir sutidan pishloq Turkum:qo'y suti pishloqlari Turkum:echki suti pishloqlari Turkum: yumshoq pishloqlar Turkum: Suriya oshxonasi Turkum: Arab oshxonasi Turkum: Levantian oshxonasi