thumb|278x278px| Fujeryu Fujeryu (, — paporotnik) — bri pishloqlari oilasidan yumshoq pishloq, uning oʻziga xos xususiyati pishloq boshini bezatgan paporotnik bargidir.
Tarixi Dastlab, Fujeryu pishlogʻi oʻzlari isteʼmol qilishi uchun kichik fermer xoʻjaliklarida tayyorlangan. XX-asrning boshidan boshlab ular uni sotish uchun ham ishlab chiqara boshladilar va 1960-yillarda Ruzer pishloq zavodi (Turnan-an-Bri, Sena va Marna departamenti) Fujeryu pishlogʻini ishlab chiqarish bilan shugʻullangan va hozir kunda ham bu pishloqning asosiy ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.
Xususiyatlari Fujeryu pishlogʻi xom sigir sutidan tayyorlanadi va oq mogʻor (Penicillium candidum) bilan qoplangan. Boshining diametri 16 sm, balandligi — 4 sm; yogʻ miqdori 45-50%. Pishloqning taʼmi mayin, shirin, shoʻr taʼmga ega. Fujeryuni boshqa bri pishloqlaridan ajratib turadigan mashhur paporotnik bargi pishish jarayonida qoʻllanadi va ham gastronomik (pishloqqa qoʻshimcha xushboʻylik beradi), ham estetik maqsadlarda xizmat qiladi.
Oq sharob, shampan, Burgundiya vinolari va Bordo bilan uygʻunlashadi.
Manbalar
Adabiyotlar Масуи К., Ямада Т. Французские сыры: иллюстрированная энциклопедия = [French Cheeses] / Казуко Масуи, Томоко Ямада ; вступ. сл. Ж. Робюшон ; пер. с англ.: С. Сапронов ; фото Й. Маруяма. — СПб: Изд. дом «Нева», 2003. — С. 60. — (A Dorling Kindersley Book). — ISBN 5-7654-2333-7. Havolalar
Turkum:Il-de-Frans Turkum:Mogʻorli pishloqlar Turkum:Sigir sutidan pishloq Turkum:Fransuz pishlogʻi