Oʻzbekiston amputantlar milliy futbol terma jamoasi — amputantlar oʻrtasidagi xalqaro turnirlarda va futbol oʻyinlarida Oʻzbekiston sharafini himoya qiladigan amputant nogironlar oʻrtasidagi milliy futbol jamoasi. Milliy terma jamoani nazorat qiluvchi va boshqaradigan tashkilot Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hisoblanadi. Oʻzbekiston terma jamoasi XAFFga kiritilgan va dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi. Uch karra Jahon kubogi gʻolibi.

Tarixi 1988-yil oktabr oyida amerikalik Bill Barri Amerikaning Sietl shahri bilan qardosh Toshkentga keldi va Afgʻonistonda jang qilgan yigitlarni oʻzining „Futbol nogironlar uchun“ dasturi bilan tanishtirish uchun oʻzi bilan 22 juft yengil hassa tayoq olib keldi. „Matonat“ klubi va uning negizida Oʻzbekiston terma jamoasi tashkil etildiSafarov V. A. Ensiklopediya futbola v Uzbekistane 1912—2012. – T. 2014. – S. 332.. Ayni paytda jamoa koʻplab xalqaro va respublika turnirlarining gʻolib va sovrindori hisoblanadi.

2019-yil Rossiya oʻtkazilgan xalqaro turnirda terma jamoa vakillari umumiy 5 ta uchrashuvda qatnashib 42 ta gol urishda va turnir chempioniga aylanishdi.

jahon chempionatlari 2022-yilgi Amputantlar oʻrtasidagi jahon kubogiga Oʻzbekiston terma jamoasi Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi rahbarligida astoydil tayorgarlik koʻrdi. Bir qator oʻrtoqlik uchrashuvlari oʻtkazildi. Jamoa tarkibiga Yevropada top suradigan futbolchilar ham jalb etildi. Terma jamoa yarim final bosqichigacha yetib bordi.

Yutuqlari

Jahon kubogi (3): 2007, 2010, 2012 Jahon chempionati (1): 2010 Mehribonlik kubogi (3): 1989, 1990, 1991 „Rojdestvo“ mukofoti (3): 1995, 1996, 1997 „Trud“ gazetasining mukofoti: 1991 „Gʻalaba kuni“ turniri: 1992 Spartak kubogi (Moskva): 1993 Askarlar-internatsionalistlar mukofoti (Moskva): 1993 Nogironlar futbol assotsiatsiyasi kubogi: 1993 Rossiya ochiq chempionati: 1996 Gruziya nogironlar federatsiyasi mukofoti: 1998 Xalqaro nogironlar festivali: 1999 Rossiya nogironlar ittifoqi kubogi: 2006 MDH kubogi: 2007 Jahon chempionati: 1998, Jahon chempionati: 2002 Yevropa ochiq chempionati: 1999 Rossiya ochiq chempionati: 2006

Yana qarang

Amputantlar oʻrtasidagi jahon kubogi

Manbalar

Havolalar

Istoriya futbola sredi amputantov

Turkum:Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi