„Gʻijduvon“ – Oʻzbek futbol klubi, Buxoro viloyati, Gʻijduvon shahri.

1991-yilda „Zarangar“ nomi bilan jamoa faoliyati boshlangan. 1993-yildan boshlab Gʻijduvon nomi bilan atalib keladi. 2013-yildan klub professional jamoa sifatida qayta jonlangan.

Tarixi 1992-yili Oʻzbekiston chempionatining Birinchi ligasida oʻynay boshlagan va soʻnggi 16-oʻrinni egallab (17 oʻyindan soʻng musobaqani tark etgan) Ikkinchi liga tarkibiga qoʻshilgan.

Keyingi yillarda Buxoro viloyati chempionati va Oʻzbekiston Ikkinchi ligasida ishtirok etgan. Klub bir muddat vaqtincha faoliyatini toʻxtatgan, biroq 2013-yilda qayta tiklangan.

2014-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Birinchi ligasida toʻp surgan. Final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmagan klub, soʻnggi bosqichda Gʻarbiy guruhda 12 jamoa orasida 11-oʻrinni qayd etgan.

2015-yilda Birinchi liga bahslarida ham ishtirok etadi. Dastlabki bosqich natijalariga koʻra Gʻarbiy guruhda 8-oʻrinni qayd etib, final bosqichida qatnashish huquqini qoʻlga kiritgan va musoboqada soʻnggi, 16-oʻrindan joy olgan.

2016-yilgi mavsumda Birinchi ligada 18 ta jamoa orasida 15-oʻrinni egallagan. Klub 2017-yilgi mavsumni Buxoro viloyati chempionati va Ikkinchi liga bahslarida oʻtkazgan. 2018-yilgi mavsumdan boshlab „Gʻijduvon“ yana Oʻzbekiston Pro ligasi (2017-yilgacha Birinchi liga deb atalgan, mamlakat futbol olamida saviyasi va ahamiyati boʻyicha 2-oʻrin) aʼzosiga aylangan.

2024-yilgi mavsum oldidan jamoa tarkibi bir necha tajribali futbolchilar hisobiga kuchaytirildi va tajribali murabbiy, tojikistonlik Hakim Fuzaylov jamoa bosh murabbiyi sifatida ish boshlagani maʼlum qilingan. 2024-yil 5-fevralda jamoaning rasmiy logosi ham oʻzgargani eʼlon qilingan. Gʻijduvon mavsum oldi yigʻinlardagi oʻrtoqlik oʻyinlarida ham yaxshi natijalar qayd etgan. Keyinchalik OʻzPFL Gʻijduvon jamoasini qarzdorliklarni oʻz vaqtida bartaraf etmagani va liga litsenziyalash talablariga javob bermagani uchun Oʻzbekiston Pro ligasida ishtirok etmasligini maʼlum qilgan. 2024-yil 14-martda Gʻijduvon 2024-yilgi mavsumda professional va yarim professional turnirlarda moliyaviy muammolar sababli ishtirok eta olmasligi maʼlum qilingan.

Mahalliy musoboqalar tarixi MavsumLigaOʻzbekiston KubogiEng koʻp gol urganMurabbiyDiv.OʻrinOʻ.YuD.M.U.GOʻGONomiLiga199221630052512565QatnashmaganMaʼlumotlar mavjud emasMaʼlumotlar mavjud emas20133144001031220142112243152147152015320162153295185193322017320183332186859446020193420857293429202034177193229221/8 final2021322013345624421/8 final202226th1834112130131/8 final Gennadiy Kochnev2023210204412215220Guruh bosqichi Hakim Fuzaylov2024Professional faoliyati toʻxtatilgan

Jamoa tarkibi

Hozirgi tarkibi

U21 jamoasi

U19 jamoasi

Murabbiylar shtabi LavozimiMurabbiyBosh murabbiy Hakim FuzaylovYordamchi murabbiy Rahmatullo FuzaylovYordamchi murabbiy Akmal XolmatovYordamchi murabbiy Suhrob QobilovYordamchi murabbiy Roʻzimboy AhmedovDarvozabonlar murabbiyi Aleksandr Kit

Murabbiylar +MurabbiyYillari Sherzod Sattorov Umidjon Qudratov2022 Bahodir Shaymardanov Gennadiy Kochnev2022—2023 Hakim Fuzaylov2024— U19

U21

Manbalar

Havolalar Zarangar klubi footballfacts.ru maʼlumotlar bazasida Gʻijduvon klubi footballfacts.ru maʼlumotlar bazasida Gʻijduvon klubi teams.by bazasida

Turkum:Oʻzbekiston futbol klublari Turkum:Buxoro viloyati futbol klublari Turkum:Buxoro viloyatida sport Turkum:Gʻijduvon Turkum:1991-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari