Shohei Ono (; tugʻ. 1992-yil 3-fevral, Yamaguchi, Yaponiya) — yaponiyalik dzudochi, 73 kg gacha vazn toifasida, Yaponiya terma jamoasi aʼzosi. Ikki karra Yozgi Olimpiada oʻyinlari chempioni, olti karra Jahon chempioni, Osiyo chempionat gʻolibi, ikki karra Yaponiya chempioni, Yozgi Osiyo oʻyinlari chempioni.

Faoliyati U yetti yoshida mahalliy yoshlar klubida murabbiylik qilgan otasi izidan Yamaguchi shahridagi Matsumi skaut klubida dzudo bilan shugʻullana boshlagan. Shohei Ono boshlangʻich maktabni tugatgandan soʻng, oila Tokioga koʻchib oʻtdi va u yerda oʻqishni davom ettirdi「柔道全日本強化選手名鑑 2022」近代柔道 ベースボールマガジン社、2022年4月号 / スタッフ・選手紹介 / 柔道部.

2010-yilda u Lionda (Fransiya) 20 yoshgacha (U20) ishtirokchilar oʻrtasida oʻtkazilgan xalqaro turnirda gʻolib chiqdi, Tokiodagi „Katta dubulgʻa“ bosqichida esa beshinchi boʻldi. 2011-yilda Jahon chempioni (U20), 19 yoshida esa kattalar oʻrtasidagi Jahon chempionatida gʻolib chiqdi. 2012-yilda Osiyo chempionati va Yaponiya chempionati kumush medallarini qoʻlga kiritgan, Tokiodagi „Katta dubulgʻa“ turkumiga kiruvchi turnirda gʻolib chiqqan va Kodokan kubogini qoʻlga kiritganhttps://www.judo-ch.jp/interview/oono/.

2013-yilda u Parijdagi (Fransiya) „Katta dubulgʻa“ turnirida va Yaponiya chempionatida uchinchi oʻrinni egalladi, keyin esa yakkalik bahslarida Jahon chempioni, jamoada esa bronza medalini qoʻlga kiritdi. 2014-yilda u Yaponiya chempioni boʻldi va shaxsiy chempionatda gʻoliblar qatoridan pastda qoldi va Chelyabinskda (Rossiya) jamoa tarkibida Jahon chempioni boʻldi. Oʻsha yili Tokioda „Katta dubulgʻa“ turnirida ham ikkinchi oʻrinni egalladihttps://www.ijf.org/judoka/4018.

2015-yilda u Dusseldorfda (Germaniya) Gran-prisini qoʻlga kiritdi,https://www.sponichi.co.jp/sports/news/2015/02/22/kiji/K20150222009854880.html milliy chempionatda uchinchi boʻldi va shaxsiy chempionatda ikkinchi, jamoada esa ikkinchi marta Jahon chempioni unvonini qoʻlga kiritdi. 2016-yilda u yana Dusseldorfda (Germaniya) Gran-prisini qoʻlga kiritdi va ikki karra Yaponiya chempioni boʻldi. Olimpiada oʻyinlariga u mutlaq favorit sifatida bordimhttp://www.judoinside.com/news/1539/Rio2016_Olympic_Judo_Preview_Men_U73kg.

U 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari 73 kg gacha boʻlgan vazn toifasida ishtirok etgan. Sportchilar 4 guruhga boʻlingan boʻlib, chorak final natijalarig koʻra toʻrt nafar dzudochi yarim finalga yoʻl oldi. Chorak finalda magʻlub boʻlganlar „tasalli“ bahslarida, keyin esa yarim finalda magʻlub boʻlganlar bilan toʻqnash kelishdi va shu natijalarga koʻra bronza medal sohiblari aniqlandi. Shohei Ono barcha janglarda gʻalaba qozonib, Olimpiada oʻyinlarining oltin medalini qoʻlga kiritdihttps://judoinside.com/news/1573/Shohei_Ono_earns_respect_with_Olympic_gold_in_style.

2019-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Olimpiada oldidan Jahon chempionatida u 73 kg gacha vazn toifasida gʻalaba qozondi va Jahon chempioni boʻldi. Finalda ozarbayjonlik sportchi Rustam Orujov sindi. Aralash jamoa tarkibida u Jahon chempioniga aylandi. 2021-yilda Tokioda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida sportchi 73 kg vazn toifasidagi final jangida gruziyalik Laza Shavdatuashvilini magʻlub etib, yana oltin medalni qoʻlga kiritdihttps://www.olympedia.org/athletes/134777.

Manbalar

Turkum:3-fevralda tugʻilganlar Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi dzyudochilar Turkum:2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi dzyudochilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar