right|thumb|150x150px| thumb| „Shirin kashtan tusli sochlar“ — 1947-yilgi labboʻyoq (Gruziya) Pomada () — sochni parvarish qilish uchun kosmetik mahsulot. XX-asrning oʻrtalarida u taomildan chiqdi. Zamonaviy tilda „pomada“ soʻzi lab boʻyogʻini bildiradi.
„Pomada“ soʻzi roman tillarida ildizlarga ega ( — olma): qadimgi Rimda „pomada“ olma eti va yogʻdan tayyorlangan davolovchi malham edi. Rus tiliga pomada soʻzi XVII-asrda fransuz tilidan () yoki nemis () tilidan kelgan. Dastlab, ruschada „pomada“ soʻzi diri maʼnosini anglatadi, ammo XIX-asrga yaqinlashgan sari soʻz dekorativ kosmetika vositasi sifatida tushunila boshlandi. XIX va XX-asr boshlarida pomada sochni parvarish qiladigan malham koʻrinishidagi mahsulot boʻlib, u sochni yaltiratar va turmakni yaxshiroq tutib turardi. Pomada ishlab chiqarishda asosiy tarkibiy qism aromatik moddalar va choʻchqa, qoramol yoki boshqa hayvonlardan olingan yogʻ edi.
Pomada XIX-asrning ikkinchi yarmida va XX-asrning birinchi yarmida ayollar va erkaklar orasida mashhur edi. Valentino va boshqa ovozsiz film qirollari sochlarini pomada bilan moylashgan. Pomadaning raqobatchisi soch mumi edi: mumlangan sochlar unchalik yaltiramagan va namlangandek koʻrinmagan. Keyinchalik, lak va soch geli paydo boʻlishi bilan, kosmetika sifatida pomada eskirgan va „pomada“ deganda labboʻyoq tushuniladigan boʻlgan.
Manbalar
Adabiyotlar Личная помада // Товарный словарь / И. А. Пугачёв (главный редактор). — М.: Государственное издательство торговой литературы, 1958. — Т. V. — Стб. 87 — 588 с. Turkum:Kosmetika Turkum: kosmetika tarixi Turkum:soch mahsulotlari Turkum: yillik kosmetika