„Paxtakor-2“ – Oʻzbekistonning professional futbol klubi boʻlib, poytaxt Toshkentda joylashgan. Hozir Oʻzbekiston Birinchi ligasida ishtirok etadi. Jamoa „Paxtakor“ klubining farm jamoasi hisoblanadi.

Tarix "Paxtakor-2" jamoasi „Paxtakor“ klubining futbol yetkazib beruvchi farm jamoasi hisoblanadi. 2012-yilda „Paxtakor-2“ Birinchi liga va Oʻzbekiston kubogida oʻzining professional ishtirokini boshlagan. 2012-yil 3-aprelda klub nomi „Paxtakor-2 Chilonzor“ nomiga oʻzgartirilgan„Paxtakor-2“ teper budet imenovatsya „Paxtakor-2-Chilanzar“. pfl.uz, 03.04.2012..

2012-yilning 24-iyul kuni klub bosh murabbiyi Noʻmon Xasanov oʻz lavozimini tark etdi va „Paxtakor“ yoshlar jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan. „Paxtakor-2“ jamoasiga avval „NBU Osiyo“ klubida bosh murabbiy boʻlib ishlagan Ilhom Moʻminjonov yangi bosh murabbiy boʻldi. 2014-yildan klub eski nomi Paxtakor-2 deb oʻzgartirilgan.

2012—2016-yilgi mavsumlarda Oʻzbekiston Birinchi ligasida (2018-yildan Oʻzbekiston Pro ligasi deb nomlangan) oʻynagan. 2016-yilgi mavsum ligada „Paxtakor-2“ jamoasi soʻnggi, 17-oʻrinni egallagan edi.

Futbolchilar

Hozirgi tarkib

Bosh murabbiylar Noʻmon Hasanov (2012) Ilhom Moʻminjonov  (2012—2013) Shuhrat Rahmonqulov (2013) Dilshod Nuraliyev (2014) Jasur Abduraimov (2015) Artyom Petrosyan (2015—2016) Artyom Petrosyan (2020) Shuhrat Boʻriyev (2024) Bobur Abdurahmonov (2025—hozirgacha)

Manbalar

Havolalar Rasmiy veb-sayti

Farm klub Turkum:Oʻzbekiston futbol klublari Turkum:Toshkent futbol klublari Turkum:2012-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari