Franklin instituti () Pensilvaniya shtatining Filadelfiya shahridagi ilmiy muzey, ilmiy taʼlim va tadqiqot markazidir. U Benjamin Franklin nomi bilan atalgan va unda joylashgan.
Tarixi Institut Filadelfiyada 1824-yil 5-fevralda va tomonidan mexanik sanʼatlarni (lat. artes mechanicae) tadqiq qilish va rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.
Franklin instituti XIX-asr davomida bugʻ dvigatellari va gidroenergetika boʻyicha dastlabki tadqiqotlardan boshlab, Amerika fan va texnologiyasini professionallashtirishda muhim bosqich boʻldi. Shuningdek, u maktablarni boshqarish, Franklin institutining nufuzli jurnalini nashr etish, koʻrgazmalarga homiylik qilish hamda ilmiy yutuqlar va ixtirolarni medallar va mukofotlar bilan taqdirlash orqali tadqiqot va taʼlimni targib qildiMorris, Stephanie A. «The Dynamics of Change: The Franklin Institute and the Making of Industrial America.» The Franklin Institute and the Making of Industrial America. Guide to the Microfiche Collection . Bethesda, MD: CIS Academic Editions, 1987, pp. 1-12..
XX-asrda institutning ilmiy-tadqiqot roli oʻz oʻrnini muzey orqali keng jamoatchilikni tarbiyalashga boʻshatib berdi. 1924-yilda fizika fanlari boʻyicha tadqiqotlar olib borish uchun tashkil etilgan The Bartol Research Foundation fondi esa hozir Delaver universiteti tarkibiga kiradi va Bartol tadqiqot instituti deb ataladiRowland-Perry, Sherry L. «The Bartol Research Institute: A Brief History.» Retrieved Jan 30, 2015..
1884-yil 2-sentabrdan 11-oktabrgacha Franklin institutida boʻlib oʻtdi bu Qoʻshma Shtatlardagi birinchi yirik elektr koʻrgazmasi boʻldi. Bu yerda 1934-yil 25-avgustda elektron televideniye tizimining dunyodagi birinchi ommaviy namoyishi boʻlib oʻtdi. Franklin institutining birinchi ayol aʼzosi 1833-yilda Elizabet Skinner boʻldi.
Franklin instituti ilmiy markazining eng taniqli qismi bu Franklin instituti ilmiy muzeyi boʻlib, unda aka-uka Raytlar ustaxonasidan olingan eng katta artefaktlar toʻplami saqlanadi.
Manbalar
Havolalar
Официальный сайт The Franklin Institute
Turkum:Ilmiy-tadqiqot instituti Turkum: AQSh tashkilotlari